К содержанию
РецензированоUZ2025

FE’L SO’Z TURKUMINI O‘QITISHGA DOIR METODIK TAVSIYALAR

Asila Xudoyberdiyeva

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

This article provides methodological recommendations for teaching the verb word class. The article emphasizes effective approaches, exercises, and games to help students develop the skills necessary to use verbs correctly. The development of both written and spoken language skills through the use of verbs is also highlighted. Keywords: verb, word class, grammar, tenses, teaching methodology, exercises, spoken language, written language, language teaching Аннотация: В данной статье приведены методические рекомендации по обучению глагольному классу слов. Статья подчеркивает эффективные подходы, упражнения и игры, которые помогают учащимся развивать навыки правильного использования глаголов. Также рассматривается важность развития письменной и устной речи через использование глаголов. Ключевые слова: глагол, класс слов, грамматика, времена, виды, методика преподавания, упражнения, устная речь, письменная речь, обучение языку. https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 4-son May 2025 10 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Fe'l so'z turkumi o'qituvchilar va talabalar uchun grammatikaning muhim qismidir. Fe'l - faoliyat va holatlarni ifodalovchi so'z bo'lib, uning o'rgatilishi til o'qitish jarayonida alohida ahamiyatga ega. Fe'lni o'qitishda metodik yondashuvlarning samaradorligi nafaqat til o'qituvchisi, balki o'quvchilarning tilni to'g'ri va samarali ishlatish ko'nikmalarini shakllantirishga ham ta'sir ko'rsatadi. Fe'lni o'rgatishda, avvalo, uning tushunchasini aniq shaklda tushuntirish muhimdir. Fe'l - bu ish-harakatni yoki holatni ifodalovchi so'z ekanligi, uning turli shakllari (hozirgi zamon, o'tgan zamon, kelajak zamon va hokazo) bilan tanishtirish to’quvchilar uchun zarurdir. Fe'lni qanday ishlatish, uning sintaktik vazifalarini o'rgatish kerak. Shu bilan birga, turli zamonlarda fe'lning qanday o'zgarishini misollar bilan ko'rsatish talabalar uchun tushunarli bo'ladi. Fe'lni o'rganishni yanada qiziqarli qilish uchun o'quvchilarga turli mashqlar va o'yinlar orqali bilimlarini mustahkamlashni tavsiya etiladi. Masalan, "fe'lni top", "fe'l shakllarini to'ldir", "otlarni fe'lga aylantir" kabi mashqlar o'quvchilarni faol ravishda ishlashga undaydi. Shuningdek, fe'lni qo'llashni o'rganish uchun rolli o'yinlar, topshiriqlar va jamoaviy faoliyatlar samaralidir. Rolli o'yinlar orqali o'quvchilar fe'lni o'zaro suhbatda ishlatishadi, bu esa ularni tezroq o'rganishga yordam beradi. Masan, o'quvchilarga turli vaziyatlar berib, harakat fe'li yoki holat fe'lini qo'llashga undash. Bir o'quvchi "Men ishga boraman" deb aytadi, boshqasi esa "Men ishga boryapman" deb, boshqasi esa “Men ishga bordim” deb fe’llarni zamonlarini o’zgartiradi. Bu o’quvchilarda zamonlarni farqlay olish ko’nikmasini shakllantiradi. Fe'lni yozma mashqlar orqali o'rgatish. O'quvchilarga gaplar beriladi. Berilgan gaplarni qavs ichida berilgan fe’llardan foydalanib to’ldirishlari kerak. Misol uchun: “Men __ (yurmoq) ketaman.” yoki "U ishxonada ___ (ishlamoq) " Ushbu yozma mashqni fe'l shakllarini mustahkamlash va grammatikani aniq tushunishlari jarayonida qo’llash o’rinlidir. Hikoya yozish orqali o'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. O'quvchilarga qisqacha hikoya yozish sharti beriladi va unda turli fe'llarni ishlatish talab qilinadi. Masalan, "Bir kuni o'rmon ichida bir kishi _ (yurdi), https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 4-son May 2025 11 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari lekin u _ (yo'lni topdi)." O'quvchilar hikoya yaratishda fe'lni turli shakllarda qo'llashadi. Fe'l so'z turkumini o'qitishda guruhlarda ishlash o'quvchilarga fe'lni tushunishga va uning turli shakllarini amaliyotda qo'llashga yordam beradi. Bu metodika o'quvchilarga faqat nazariy ma'lumotlarni berib qo'ymasdan, ular o'rganayotgan materialni amaliyotda qo'llashga imkon yaratadi. Guruhlarda ishlash orqali o'quvchilarning faol ishtirokini ta'minlash va o'zaro muloqot orqali bilimni mustahkamlash mumkin. Jumaladan, fe'lni o'qitishda guruhlarda ishlashning quyidagi foydali jihatlarini keltirish mumkin: 1. Faol o'qish va ishtirok: Guruhlar orqali o'quvchilar o'z fikrlarini baham ko'rishadi, savollar berishadi, va fe'llarning turli shakllarini amalda qo'llashadi. 2. Tajriba almashish: O'quvchilar o'zaro fikr almashishadi, bu esa ularning tahlil qilish va o'rganish qobiliyatini oshiradi. 3. Muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish: Guruhlarda ishlash o'quvchilarga o'z fikrlarini ifodalash, boshqalarni tinglash va jamoaviy ishda faol ishtirok etish imkonini beradi. 4. Motivatsiya yaratish: Guruhda ishlash o'quvchilarni yanada faol bo'lishga undaydi, chunki ular bir-birlariga yordam berib, o'qish jarayonidan zavq olishadi. Ona tili darslarda fe’llarni o’rgatishda guruh bilan ishlash bo’yicha topshiriqlar. Fe'lni tahlil qilish. Vazifa: Guruhga bir nechta jumlalar beriladi va o'quvchilar ularda ishlatilgan fe'llarni aniqlashlari kerak. Masalan, "Ular maktabga bordilar." jumlasida "bordilar" fe'l

Доказательный фрагмент

«This article provides methodological recommendations for teaching the verb word class.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides methodological recommendations for teaching the verb word class. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
verb, word class, grammar, tenses, teaching methodology, письменная речь, устная речь, og'zaki nutq, Keywords: verb, грамматика, til o'rgatish, written language, методика преподавания, spoken language, Kalit so'zlar: fe'l, времена, yozma nutq, exercises, grammatika, класс слов, mashqlar, виды, so'z turkumi, zamonlar, Ключевые слова: глагол, o'qitish metodikasi, упражнения, language teaching, обучение языку.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники