Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PNEVMONIYADAN VAFOT ETGAN CHAQALOQLARDA ENDOKRIN VA IMMUN TIZIM A’ZOLARINING POSTMORTEM MORFOLOGIK VA GISTOLOGIK O‘ZGARISHLARI
GISTOLOGIK O‘ZGARISHLARI · O’rinbayev Jumabay Tileubayevich
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 211 · 14–21 · 2021
Аннотация
Mazkur tadqiqotda pnevmoniyadan vafot etgan chaqaloqlarda immun (timus) va endokrin (buyrak usti bezi) tizimlariga oid a’zolarning postmortem o‘zgarishlari chuqur morfologik va gistologik jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot 2021–2024 yillar davomida autopsiya asosida olingan 101 nafar chaqaloq jasadi asosida olib borildi. Olingan natijalar immun va endokrin tizimlar yetilmagan holatda bo‘lganida pnevmoniya jarayonining qanday kechishi va uning o‘limga olib boruvchi mexanizmlarini aniqlashda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: pnevmoniya, chaqaloq o‘limi, buyrak usti bezi, timus, gistologik o‘zgarishlar, endokrin disfunktsiya, immun yetishmovchiligi Neonatal davr – inson hayotidagi eng nozik, fiziologik jihatdan muvozanatlanmagan, himoyaviy va moslashuv tizimlari to‘liq shakllanmagan davr hisoblanadi. Aynan shu bosqichda chaqaloq organizmi tashqi muhit sharoitlariga nisbatan eng zaif hisoblanadi. So‘nggi yillarda chaqaloqlar orasida pnevmoniyadan o‘lim darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Bu kasallikning og‘ir shakllari ko‘pincha o‘tkir immun tanqislik va endokrin tizimlar disfunktsiyasi bilan kechadi. Shu sababli, pnevmoniya oqibatida vafot etgan chaqaloqlarda timus va buyrak usti bezining morfologik o‘zgarishlarini o‘rganish nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyatga ham ega. Materiallar va metodlar Tadqiqot materiali sifatida 2021–2024 yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Patologik anatomiya byurosida autopsiya qilingan va pnevmoniyadan vafot etgan 101 nafar 0–12 oylik chaqaloq jasadi tanlab olindi. Tadqiqot ishtirokchilarining jinsiy tarkibi quyidagicha: 54 nafar o‘g‘il (53,6%) va 57 nafar qiz (56,4%) bola. Autopsiya va makroskopik tekshiruv Tana tuzilishi, teri rangi, shilliq qavatlar holati, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i organlarining joylashuvi, o‘lchami va sirt ko‘rinishi baholandi. Xususan, timus va buyrak usti bezi alohida ajratib olinib, makroskopik ko‘rinishiga, zonalar nisbatiga, qon tomirlar holatiga alohida e’tibor qaratildi. Histologik tadqiqotlar 61 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference To‘qimalar 10% neytral formalin eritmasida 72 soat davomida fiksatsiya qilindi. Parafin bloklar tayyorlanib, 4–5 mkm qalinlikdagi kesmalar gematoksilin-eozin bo‘yicha bo‘yab, mikroskop ostida o‘rganildi. Mikroskopik baholashda: Timusda korteks va medulla nisbatlari, Limfoid hujayralarning joylashuvi va soni, Buyrak usti bezida zona glomeruloza, zona fascikulata va zona retikulyarislardagi hujayra holati baholandi. Gistometrik o‘lchovlar Punktatsion metod asosida har bir struktur elementga to‘g‘ri kelgan nuqtalar soni (x) umumiy nuqtalar soniga (z) nisbatan hisoblandi: Vv = x / z Absolyut va nisbiy xatoliklar: ε = (x / z – P) × 100 ε = t √Vv (100 – Vv) / z Hisob-kitoblar SPSS 25.0 statistik dasturida, ishonchlilik darajasi p < 0.05 asosida o‘tkazildi. Natijalar Tadqiqot davomida pnevmoniyadan vafot etgan 0–12 oylik 101 nafar chaqaloqning buyrak usti bezi va timus beziga oid gistologik va morfometrik tahlillar chuqur o‘rganildi. Tahlil natijalari pnevmoniyaning og‘ir shakllarida immun va endokrin tizim organlarida izchil va murakkab morfologik o‘zgarishlar yuz berishini ko‘rsatdi. 1. Timusdagi gistologik o‘zgarishlar Timus bezi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda immun tizimining asosiy markaziy organi hisoblanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, chaqaloqlarning 83 foizida timusda quyidagi morfologik buzilishlar aniqlandi: Korteks qatlamining yupqalashuvi va medulla bilan chegaraning noaniqlashuvi; Limfoid hujayralarning kamayishi, ayrim holatlarda ularning dezintegratsiyasi; Retikuloepitelial hujayralar proliferatsiyasi (gipertrofiya holatlarida); Subkapsulyar zonada hemorragiya va nekroz o‘choqlari; Gassal tanachalarining kamayishi yoki regressiv o‘zgarishlari. Morfometrik baholashda korteks qatlami Vv ko‘rsatkichi 0.45±0.03, medulla esa 0.33±0.02 ni tashkil etdi (nazorat guruhlariga nisbatan ishonchli farq, p < 0.01). 62 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference 2. Buyrak usti bezidagi gistologik o‘zgarishlar Buyrak usti bezi organizmning stress holatlariga qarshi gormonlar ishlab chiqaruvchi markaziy endokrin a’zolardan biri hisoblanadi. Pneumoniya natijasida yuzaga kelgan umumiy organizm intoksikatsiyasi ushbu bezda quyidagi gistologik o‘zgarishlarni keltirib chiqargan: Zona glomerulozada atrofiya va to‘qima zichligining pasayishi; Zona fasciculatada hujayralarning giperplaziyasi, sitoplazmada vakuollashuv; Zona reticularisda hujayralarning destruksiyasi va granulyatsiya belgilari; Kapillyar va sinuzoidal qon tomirlar atrofida mikrohemorragiya. Buyrak usti bezi po‘stloq qatlami Vv ko‘rsatkichi 0.38±0.04, mag‘iz qatlami esa 0.29±0.03 ni tashkil etdi (p < 0.05). Gistometrik tahlillarda zona fasciculata zonasi o‘rtacha 28.7% maydonni egallaganligi aniqlandi (sog‘lom normaga nisbatan yuqoriroq). Xulosa Chaqaloqlarda pnevmoniyaning og‘ir shakllarida timus va buyrak usti bezida yuzaga keladigan mor
Доказательный фрагмент
«Mazkur tadqiqotda pnevmoniyadan vafot etgan chaqaloqlarda immun (timus) va endokrin (buyrak usti bezi) tizimlariga oid a’zolarning postmortem o‘zgarishlari chuqur morfologik va gistologik jihatdan tahlil qilindi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur tadqiqotda pnevmoniyadan vafot etgan chaqaloqlarda immun (timus) va endokrin (buyrak usti bezi) tizimlariga oid a’zolarning postmortem o‘zgarishlari chuqur morfologik va gistologik jihatdan tahlil qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- immun yetishmovchiligi, chaqaloq o‘limi, buyrak usti bezi, timus, pnevmoniya, gistologik o‘zgarishlar, endokrin disfunktsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024