Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DUDUQLANISHNING KЕLIB CHIQISH SABABLARI VA XUSUSIYATLARI
VA XUSUSIYATLARI · G‘aniyeva Zilola Komil qizi
Современные подходы и новые исследования в современной науке · 2026
Аннотация
This article provides a comprehensive analysis of the psychological and pedagogical aspects of stuttering. It explores the physiological and psychological causes, clinical features, speech-related muscle spasms, breathing difficulties, and phonetic-grammatical challenges associated with stuttering. Special attention is given to the psychological characteristics observed in children who stutter, such as logophobia, anxiety, self-doubt, and speech passivity. The article examines the different types, degrees, and 65 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference manifestations of stuttering and emphasizes the need for a complex, multidisciplinary approach in addressing and correcting this speech disorder. Keywords: Stuttering, Speech disorder, Muscle spasms, Logophobia, Psychological factors, Physiological causes, Corrective approach Duduqlanish psixologik-pedogogik yo‘nalish mutaxasislari tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, duduqlanishda muloqot qilishning cheklanganligi ikkilamchi ruhiy buzilishlarni keltirib chiqarishini ta’kidlashgan. (G.A.Volkova, R.E.Levina, S.A.Mironova, V.I. Seliverstov, N.A.Cheveleva, A,V,Yastrebova va boshqalar). Shuningdek, R.E.Levina duduqlanishning paydo bо‘lishini til vositalaridan foydalana olmaslik tufayli mustaqil nutqqa о‘tishning qiyinligi bilan bog‘liqligini ta’kidlaydi. Duduqlanish nutq kamchiligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun nutqni dasturlash birmuncha qiyin bо‘lib, biror bir nutqiy materialga tayanmagan holda о‘tib ketgan, о‘zlari kuzatgan va boshidan kechirgan voqealarni bayon qilishga qiynaladilar. A.V.Yastrebova bu holatni duduqlanuvchilarda til vositalarining yetarli darajada shakllanmaganligi tufayli og‘zaki muloqot jarayonida so‘zlarni о‘z о‘rnida qо‘llay olmasliklari bilan izohlaydi.1 R.E.Levinaning sо‘zlariga kо‘ra, duduqlanish nutq kamchiligidagi tortishishlar о‘quvchilarda turli xil grammatik kategoriyalardan, xususan, о‘tgan, hozirgi va kelajak zamon fe’llarining turli shakllaridan foydalangan holda, nutqidagi “kontekstli” ifoda shakllaridan foydalanish orqali qо‘zg‘atiladi, voqealarning mantiqiy ketma-ketligini, sabab-oqibat munosabatlarini о‘rnatish, tahlil qilish va umumlashtish orqali bayon qilinadi. О‘quvchi oddiy jumlalarni, oddiy grammatik tuzilmalarni, masalan, hozirgi zamon fe’l shakllarini ishlatildi.2 Bu о‘quvchilar nutqning ravonlashishini osonlashtiradi va о‘quvchilar nutqidagi tortishishlarni qо‘zg‘atmaydigan yengil omil hisoblanadi. Duduqlanuvchi bolalarning nutqi odatiy nutqdan sezilarli darajada farq qiladi. Ularning so‘zlash jarayoni notekis, bo‘g‘in yoki tovushlarning takrorlanishi, cho‘zilishi, nutqdagi to‘xtalishlar va pauzalar bilan kechadi. Ba’zan ular gapni boshlashda yoki davom ettirishda qiynalib, kerakli so‘zni topa olmay, to‘xtab qolishlari mumkin. Bu holat nafaqat fonetik darajada, balki psixologik jihatdan ham bolaning nutq faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Duduqlanuvchi bolalar ko‘pincha nutqiy vaziyatlardan qochishga intiladilar, gapirishdan oldin hayajonlanadilar, va o‘zlarini noqulay his qiladilar. Ular doimiy ravishda 1 Шевцова.Е.Е. Теоретический анализ проблемы заикания Основы коррекционной педагогики и коррекционной психологии: заикание. Издательство Юрайт 2019 (22) 2 Левина, Р. Е. Нарушения чтения и письма у детей Текст. : избранные труды / Р. Е. Левина ; ред.-сост. Г. В. Чиркина, П. Б. Шошин. М. : Аркти, 2005.-224 с.. (10,41,59,60) 66 CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference duduqlanib qolishdan xavotir olib, o‘z fikrlarini erkin ifoda etishda qiynaladilar. Bu esa ularning ijtimoiy muhitda faol ishtirok etishini cheklab, o‘ziga ishonchsizlik, uyatchanlik va nutqiy passivlikka olib keladi. Bunday bolalarda nutqiy faoliyatni rivojlantirish uchun maxsus pedagogik va logopedik yondashuv zarur bo‘ladi. Ularning nutqiy o‘ziga xosligini to‘g‘ri baholab, individual yondashuv asosida ish olib borilsa, duduqlanishni kamaytirish yoki bartaraf etish mumkin. Shu sababli duduqlanuvchi bolalar bilan ishlashda ularning emotsional holati, psixologik muammolari va kommunikativ ehtiyojlari hisobga olinishi zarur. Shunday qilib, duduqlanuvchi bolalarning nutqi nafaqat fonetik darajada, balki psixologik va emotsional jihatdan ham sezilarli farqlar bilan ajralib turadi. Bu holat bolaning shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy faoliyati hamda o‘z fikrini erkin ifoda etishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Duduqlanishning bunday murakkab ko‘rinishlari uning yuzaga kelish mexanizmlarini chuqurroq o‘rganishni talab etadi. Shuning uchun duduqlanishning qanday turlari mavjudligi va bu holatni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablarni tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda duduqlanish belgilari bir biriga bog‘liq bо‘lgan 2 ta guruhga ya’ni fiziologik va psixik guruhga ajratiladi. Fiziologik belgilarga: nutqning hosil bоʻlishida ishtirok etuvchi a’zolarning tortishishi, markaziy nerv sistema va jismoniy salomatlikning bоʻshligi, zaifligi, umumiy gavda va
Доказательный фрагмент
«This article provides a comprehensive analysis of the psychological and pedagogical aspects of stuttering.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides a comprehensive analysis of the psychological and pedagogical aspects of stuttering. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Stuttering, Speech disorder, Muscle spasms, Logophobia, Duduqlanish, mushak tortishishi, psixologik omillar, nutqiy buzilish, korreksion yondashuv, logofobiya, fiziologik sabablar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025