К содержанию
РецензированоUZ2022

O‘QUVCHILARDA OG‘ZAKI NUTQ KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH

Dilnoza Narzullayeva Axror qizi

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 3 · 2022

Аннотация

Mazkur maqolada o‘quvchilarda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi yoritiladi. Unda og‘zaki nutqning ta’lim jarayonidagi o‘rni, uni rivojlantirish usullari hamda o‘qituvchining bu boradagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, samarali muloqotga o‘rgatish, fikrni ravon ifodalash va ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan metodlar ko‘rib chiqiladi. Maqola umumta’lim maktablarida ona tili darslarini samarali tashkil etishda amaliy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: nutqiy kompetensiya, og‘zaki nutq, produktiv nutq, reprodiuktiv nutq, tayyorlanmagan nutq, tayyorlangan nutq, nutquy vaziyat, tasvir, muhokama. Kompetensiya – u yoki bu soha bo‘yicha bilimonlikdir. Kompetensiya (lot. “Compete” – erishyapman, munosibman, loyiqman) – fan bo‘yicha egallangan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni kundalik hayotda duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo‘llay olishdir1. Nutqiy kompetensiya til ta’limining quyidagi 4 komponentini rivojlantirishni nazarda tutadi: 1. tinglab tushunish (eshitilgan va eshittirilgan nutqni, tinglangan matndagi asosiy axborotni, dolzarb mavzulardagi radio va teledasturlarni tushunish); 2. gapirish (monologik, dialogik ogʻzaki nutq turlarida oʻz shaxsiy qarashlari 1 Temirova K.S. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini shakllantirish. “Pedagogik mahurat// ilmiy-nazariy va metodik jurnali, N 6/2022 https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 4-son May 2025 268 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari va fikrlarini bildirish, mavzu doirasida taqdimot qila olish koʻnikmalarini rivojlantirish); 3. oʻqish: mavzuga oid materiallarni, adabiy-badiiy matnlarni, ommabop materiallarni (gazeta, hikoya, shaxsiy va elektron xatlarni) oʻqish; 4. yozish (diktant, bayon, insho yoza olish, ijodiy matnlar tuza olish, rasmiy ish qogʻozlarini yuritishni bilish)2. Bugungi kunda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri sanaladi. Zero, fikrni aniq, mantiqiy va ravon ifoda etish, erkin muloqotga kirishish qobiliyati nafaqat dars jarayonida, balki kundalik hayotda ham muhim ahamiyatga ega. Og‘zaki nutqni shakllantirishda o‘qituvchining shaxsiy namunasining ham o‘rni beqiyos. O‘qituvchining o‘zi ham to‘g‘ri, ravon, adabiy til me’yorlariga mos nutq bilan chiqish qilsa, bu o‘quvchilarda o‘rnak bo‘lish bilan birga, ularning estetik didini ham shakllantiradi. Shuningdek, mavzuga oid kichik hikoya tuzish, sahnalashtirish, voqeani qayta so‘zlab berish, o‘z fikrini dalillar bilan asoslab ifodalash kabi mashqlar o‘quvchilarning nutqiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Bu jarayonda o‘qituvchi har bir o‘quvchining individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda, ularni fikrlashga va erkin so‘zlashga undashi zarur. “Ona tili mashg'ulotlari nutq san’atini egallash va undan samarali foydalanish bilim ko‘nikma va malakalarini tarbiyalaydi. Shu jarayonda nutqiy madaniyat ham shakllanadi. Nutq madaniyati yoshlarga kundalik oddiy salomlashishdan tortib, kimga, nimaga, qachon, qayerda, qanday so‘zlashgacha bo‘lgan muomala - muloqot sirlarini o‘rgatadi. Shuningdek, sharqona odob - andisha, go‘zal qiroat san’ati qonuniyatlarini anglab borishda ham katta ahamiyat kasb etadi”3. Ta’kidlash lozimki, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarning rivojlanish 2 Qorayev S.B., Tirkashev N.I. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limning asosiy jihatlari. “Academic Research in Educational Sciences”, Volume 3/ISSUE 1/2022 3 Тo ‘xliyev B., Shamsiyeva M., T.Ziyodova.O ‘zbek tili o ‘qitish metodikasi. –Т.: Alisher Navoiy nomidagi O ‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 2010. –70b.(184) https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 4-son May 2025 269 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari ko‘rsatkichlarini ona tili mashg‘ulotlarida aniqlash mumkin. Shu jarayon ta’sirida nutq, nutqiy muomala madaniyati shakllanib boradi. Professor N.Mahmudov: “Nutqning ta’sir quvvati, tegishli axborotni tinglovchiga tugal va qulay, “yuqumli” tarzda yetkazish imkoniyati muhim kommunikativ sifatlardan bo‘lmish so‘z boyligiga bog‘liq. Nutqning boy yoki kambag‘alligi unda tilning bir biridan farq qiladigan unsurlari (so‘z ma’nolari, intonatsiya, sintaktik tuzilmalar, iboralar va sh.k.)dan qay darajada foydalanganlik bilan belgilanadi. Buning uchun esa nutq tuzuvchida til vositalarining boy va faol zahirasi mavjud bo‘lishi kerak”4- deb tafakkur qilish ayni haqiqatdir. Og‘zaki nutq murakkab, ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uning yordamida og‘zaki verbal muloqat amalga oshiriladi. Og‘zaki nutq va tinglab tushunish ko‘nikmasining qiyosiy tahlili ushbu ikki faoliyatning nafaqat chambarchas bog‘liqligini, balki ularning o‘qish va yozish ko‘nikmalari bilan o‘zaro aloqadorligini ko‘rsatadi. Yozuv yangrayotgan nutqqa aylanib, til tovushlarining grafikada aks ettirilishi, uning saqlanishi va keyinchalik ushbu axborotdan foydalanishini ko‘zda tutadi. Og‘zaki nutqni o‘stirish ona tili ta’limida alohida

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada o‘quvchilarda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada o‘quvchilarda og‘zaki nutq ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tayyorlangan nutq, produktiv nutq, tayyorlanmagan nutq, Kalit so‘zlar: nutqiy kompetensiya, muhokama., nutquy vaziyat, reprodiuktiv nutq, tasvir, og‘zaki nutq
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники