Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YОSHLARNI TO’G’RI KASB TANLASHGA YO’NALTIRISH HAYOT SIFATINI OSHIRISH
HAYOT SIFATINI OSHIRISH · Javliyeva Baxtnisa Bobomuratovna
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 14 · 2026
Аннотация
Yoshlarni to’g’ri kasb tanlashlari va o’z sohasining yetuk mutaxassislari bo’lishlarida kasblarning inson oldiga qo’yadigan talablarini bilish muhimdir. Mazkur maqolada har qanday kasb egasi o’z sohasini to’g’ri tanlay olishi uchun qanday kasbiy va shaxsiy talabalarni bilishi lozimligi masalasi keng tarzda tahlil etilgan. Shuningdek, hayot sifatini oshirishda soha egasining o’zi bajarayotgan faoliyatidan qanchalik darajada qanoat hosil qilishi, o’z hayotidan mamnunlik darajasi ham muhim ekanligi asoslangan. Kalit so‘zlar: o’quvchi, faoliyat, kasb maorifi, kasbiy maslahat, kasbiy saralash, kasbiy moslashish.. KIRISH Bugungi kundagi islohotlarning asosiy maqsadi ham yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilishdan iboratdir. Shu jihatdan ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy istiklol g’oyasini o’zida mujassam etgan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimiz siyosatining ustuvor yunalishlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy taraqqiyotni ro’yobga chiqarish uchun mamlakatda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni jahon standartlari darajasiga ko’tarmoq lozim. Fan va texnikaning bugungi kun taraqqiyotiga javob berish uchun keng saviyali, bilimdon, o’z kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish orqali davlatimizda bozor iqtisodiyotiga bardosh beradigan raqobatbardosh kasb egalarini shakllantirish lozim bo’ladi. Toki ular davr talablariga og’ishmay javob beradigan, qiziqishi keng, malakasi mustahkam, xotirasi barqaror, fikr yuritishi puxta, izlanuvchan, mehnatsevar, vatatparvar, iymon-e’tiqodli insonlar bo‘lib voyaga yetishsin. O’quvchi-yoshlarlarni kasbiy faoliyatga to’g’ri yo’naltirish va https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 5-son May 2025 139 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari ta’lim samaradorligini oshirishda yuqori natijalarni beradigan uslublardan foydalanish muhim omillardan hisoblanadi. Yosh mutaxassislarga pedagogik- psixologik bilimlar, uslubiy ko’rsatmalar berish bilan birgalikda, jamiyatda mavjud bo’lgan turli kasblar haqida ham keng qamrovli bilimlar berish maqsadga muvofiqdir. Kasblar to’g’risida keng malumotlar berish va kasbiy shakllanishni ta’minlashga to’siq bo’luvchi bir qator omillarni ham o’z o‘rnida yoshlarga singdirib borish lozim: 1. Mutaxassislarga qo’yiladigan kasbiy va shaxsiy talablarning o’sib borayotganligi. 2. Kasb tanlashga sabab bo’luvchi omillarning davriy xarakterga egaligi va kasblar to’g’risidagi ijtimoiy ideallarning yagona me’yorining mavjud emasligi. 3. O’spirin kasbiy tasavvurlarining ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarga va bozor munosabatlariga hamohang o’zgarayotganligi hamda kasb-hunar va tegishli mutaxassislik yo’nalishlari o’rtasidagi tafovutning keskin ortayotganligi. 4. Yoshlarning mutaxassislik yo’nalishlarini tanlashlarida aniq tasavvurga, maqsadga, faoliyat yo’nalishiga va istiqbol rejalarini belgilash qobiliyatiga ega emasligi va boshqalar. Demakki, yoshlarni kelajakda mutaxassis sifatida o’zlarini teranroq tasavvur qilishlari va egallayotgan kasbiga xos-mos sifatlarni shakllantirishda pedagoglar va amaliyotchi psixologlarning o’rni kattadir. Yoshlarga ertangi kunda o’z faoliyatlaridan qoniqish hissini paydo qilishlari hamda o’z hayotlaridan mamnun yashashlari bugungi kundagi kasbni to’g’ri tanlay olishlariga bog’liqligini anglata olishlari lozim. Shundagina har bir inson har tomonlama sifatli hayot kechirishi va mavjud to’siqlarni osonlikcha yengib o’tishi mumkin bo’ladi. Natijada sohaning rivoji ancha tezlashadi. Bu esa jamiyat ravnaqidan dalolatdir. Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri yoshlarni chuqur bilim olishlari, iste’dodlarini ro’yobga chiqarishda har tomonlama qo’llab-quvvatlash, shu bilan birgalikda ularning mustaqil hayotga tayyorlash ko’nikmalarini ham shakllantirib borish ta’lim tizimining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Kasb tanlashga yo’naltirish davlatning chora-tadbirlari tizimidan iborat bo’lib https://scientific-jl.com/ 19-to’plam 5-son May 2025 140 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari shaxs tomonidan tanlanadi va quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: - maktabda kasbiy ma’lumotlar berish; 877 -kasb- hunar maorifi bilan shug’ullanish: - radio, televidenie, kino, matbuotda tashviqot qilish; - kasb yuzasidan maslahatlar; - kasbga saralash (qobiliyatiga binoan); - kasbga moslashish (adaptatsiyalash). Kasbning mazmunini va mohiyatini tushunmaslik o’quvchilarda tanlagan kasbiga munosabatining salbiylashishiga olib keladi. Bunday holatning oldini olish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: - O’quv materiallarini, umuman ta’limni hayot bilan bog’lash. - Ma’lumotlarni o’zlashtirishda shaxsiy faollikni shakllantirish. - O’tgan bosqichdagi faoliyatdan qoniqish va kelgusi faoliyat uchun ijobiy zamin hozirlash. - Istiqbol rejani muvofiqlashtirish va yo
Доказательный фрагмент
«Yoshlarni to’g’ri kasb tanlashlari va o’z sohasining yetuk mutaxassislari bo’lishlarida kasblarning inson oldiga qo’yadigan talablarini bilish muhimdir.»
Образец извлечения
Демо-превьюYoshlarni to’g’ri kasb tanlashlari va o’z sohasining yetuk mutaxassislari bo’lishlarida kasblarning inson oldiga qo’yadigan talablarini bilish muhimdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kasb maorifi, kasbiy maslahat, kasbiy moslashish.., faoliyat, kasbiy saralash, Kalit so‘zlar: o’quvchi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025