Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISLOM DINIDA PEDAGOGIKANI O‘QITISH VA TA’LIM VA TARBIYA OLISHDA DINIMIZNING AHAMIYATI.
OLISHDA DINNING O‘RNI. · Ro‘zmuhammedov Sardor Arslon o‘g‘li
Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2026
Аннотация
Ushbu maqolamizda biz islom ta’limotida ilm olish masalalarining ifodalanishi, tasavvufiy olimlar fikri,va hozirgi zamon uchun ham din qanchalik o‘ringa egaligi hamda ta’lim-tarbiyada diniy masalalar mavzusi yoritilgan. Kalit so’zlar: talimot, saxovat, islom, din, jahon, taraqqiyot, ma’naviyat, din, madaniyat, iymon, ma’rifat, tizim, Qur’oni Karim, ilm, e’tiqod. Ta'lim — bilim berish, malaka va ko'nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lishini ta’minlash yo‘lida ko‘riladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini ta’minlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud bo‘la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o‘tadi. «Qur’on» - dunyo madaniyatining ulkan boyligi, barcha musulmonlarning muqaddas kitobi bo'lib, arab tilida «qiroat» ma'nosini anglatadi. Qur’on 114 suradan iborat. Qur’on kishilarni birodarlikka, tinch-totuv yashashga, ezgulikka undaydi. Shuning uchun ham u katta axloqiy ahamiyatga ega. «Qur’on»ning axloqiy qimmati haqida fikr yuritilar ekan, uning insonnmg ma’naviy kamolga etishida qay darajada muhim o’ringa ega ekanligiga amin bo’lamiz. Markaziy Osiyo xalqlari pedagogik fikrlari tarixiy taraqqiyotida VII asrda Arabiston yarim orolida paydo bo’lgan va VIII asrda mintaqamizga ham yoyilgan islom dini muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Chunki islom dini, uning asosiy kitobi «Qur’oni Karim» va undan keyingi asosiy manba hisoblangan hadislar Allohga, uning payg’ambari Muhammad alayhissalomga e’tiqod qilish bilan birga ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, ilmga intilish, o’zaro ahil bo’lish, mehr-oqibat, ehson, sabr-toqat, kamtarlik, vafo-sadoqatlilik, poklik, adolat, diyonat kabi insoniy sifatlar haqidagi jihatlari va yaxshi fazilatli hamda odob-axloqli bo’lishlik yo’llari bayon etilgan. Xuddi shuningdek, islom dinida millatidan, elatidan, tanasining rangidan qat’iy nazar, inson https://scientific-jl.com 2 4 5 63-son_1-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali insonligi uchun ulug’lanadi. Millatchilik, bir-birini kamsitish, talon-tarojlik, irqchilik islomda yo’q va bo’lmagan. Jahon dinlaridan, umumbashariy taiimotlardan boiib hisoblangan Islom dini insonga mohiyat, faoliyatiga maqsad va yo‘nalish bemvchi, jamiyat a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarnii muvofiqlashtirib, birlashtirib, ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotni tezlashtirish uchun xizmat qiladigan ma’naviyat, ma’rifat odob-axloq tarbiyasining barcha muammolarini o‘z ichiga qamrab oladi. Umuman olganda, islom dini yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy kamolotiga oid boigan fikrlar, qarashlar, ta’limotlarning mukammal manbai, yaxlit ilmiy-dunyoviy, diniy tizimidir. Islom dini necha-necha asrlar mobaynida odamlarni, bani bashariyatini ulug’ maqsadlar yo‘lida birlashtirishga, hamjihat bo‘lishga, tinchlik-totuvlikni mustahkamlashga, axloqiy va ma’rifiy kamolotga, halollik va poklikka, iymon va e’tiqodga mehnatsevarlik va vatanparvarlikka, ezgulik va saxovatga, bag’rikenglik va mehroqibatlilik, ezgulik maqsadlari yo‘lida qonun- qoidaga berishga, o‘zaro nizolar, qonli to‘qnashuvlarga, milliy, irqiy, diniy kamsitilishlarga yo‘l qo‘ymaslikka, umumiy uyimiz-kurrayi zaminda do‘st-birodarlar, ahil hamkor yashashga, umuminsoniy madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat boyliklaridan, jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan o‘zaro bahramand bo‘lishga da’vat etib kelmoqda. Islom dinining umumbashariy qadriyat, ilohiy, ilmiy-dunyoviy ta’limot sifatida barhayotligini ta’minlab kelayotgan asosiy manbalari Qur’oni Karim va Hadisi Shariflardir. Qur’oni Karim bilan tanishar ekanmiz, «Ilm» so’zi asosidagi «alima» (bilmoq) fe’li negiziga tayangan kalimalar turli hollarda 750 marta takrorlanganligi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan boyib, bu o‘zak faqat «Alloh», «Rabb» (Parvardigor ma’nosida), «bo‘lmoq» va «gapirmoq» kabi eng ko’p ishlatilgan o‘zak-so‘zlardan keyin beshinchi o‘rinda turar ekan. Islom – ilmu ma’rifatga yetaklovchi muqaddas din. Alloh taolo Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil qilgan ilk oyatlarida bunday amr qiladi: “O‘qing ( ey Muhammad! Butun borliqni) yaratgan zot bo‘lmish Rabbingiz ismi bilan! (U) insonni laxta qondan yaratdi. O‘qing! Rabbingiz esa karamli zotdir. U insonga qalam bilan (yozishni ham) o‘rgatdi. U insonga bilmagan narsalarini bildirdi” (Alaq surasi 1-5 oyatlar). Ushbu oyat mazmunidan bildikki, islomning ilk boshlanishi ilm olishga targ‘ib qilish bilan yuzaga kelgan. Shunday ekan, islom – ilm manbai deb aytishga xaqlimiz. Zumar surasining 9-oyatida “...Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘lurmi?!...” deb marhamat qilingan. Albatta, ularning teng bo‘lmasligi hammaga ayon. Chunki ilm insonni ma’naviy
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolamizda biz islom ta’limotida ilm olish masalalarining ifodalanishi, tasavvufiy olimlar fikri,va hozirgi zamon uchun ham din qanchalik o‘ringa egaligi hamda ta’lim-tarbiyada diniy masalalar mavzusi yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolamizda biz islom ta’limotida ilm olish masalalarining ifodalanishi, tasavvufiy olimlar fikri,va hozirgi zamon uchun ham din qanchalik o‘ringa egaligi hamda ta’lim-tarbiyada diniy masalalar mavzusi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ma’rifat., din, rivojlanish, farzand, ta’lim, shariat, millat, axloqiy, ma’naviyat, Kalit so‘zlar: tarbiya, e’tiqod
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025