Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMi
S.R. Ahmadqulov (Guliston davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar” fakulteti o‘qituvchisi.) · N.A. Abdujalilova (1-bosqich talabalari. Guliston davlat pedagogika instituti) · O.S. G‘aniyeva (1-bosqich talabalari. Guliston davlat pedagogika instituti)
Развитие педагогических технологий в современных науках · 1980
Аннотация
Ushbu maqolada global ekologik muammolar keltirib o‘tilgan. Ushbu muammolarni yechish bo‘yicha maslahatlar berilgan.Mavjud ekologik muammolar, ularning asosiy sabablari va ularni yechish usullari jadval asosida keltirilgan. Kalit so‘zlar: ozon tuynugi, issiqxona samarasi, cho‘llanish, Xelsinki deklaratsiyasi, ftor, ultrabinafsha nurlari, texnalogik yangilanish, strategik yechim, qattiq qonun, qo‘riqlash dasturlari, ekologik ta’lim. Insonning mehnat faoliyati natijasida atrof muhitga turli chiqindilar chiqariladi. Chiqindilar ( qattiq, gazsimon va suyuq ) ning bir qismi atmosferaga, boshqasi suvga, yerga, o’simlik va hayvonot dunyosiga ta’sir etib, vaqt mobaynida to’planib boradi. Ularning yillar davomida asta-sekin to’planib borishi turli muammolarni ba’zan inson hayoti uchun o’ta xavfli muammolarni keltirib chiqarishi endilikda to’liq tasdiqlanmoqda. Insonning xo’jalik faoliyati natijasida dunyoda yirik ekologik muammolar kelib chiqmoqda. Ular quyidagilar: “issiqxona samarasi”, ozon “tuynugi”, cho’llanish. “Issiqxona samarasi”. Dunyo bo’yicha XX asrning 50- yillaridan boshlab, energiya ishlab chiqarishning keskin ortishi munosabati bilan atmosferaga katta miqdorda chiqindilar chiqarila boshlandi. Atmosferaga chiqariladigan chiqindilar miqdori yiliga 5 milliard tonnani tashkil qildi. Bu miqdor yil sayin orta boshladi. Bu esa Yerdagi o’rtacha harorat 1890-yildagi 14,5 C dan 1980- yilda 15,2 C ga, ya’ni 0,7 daraja-ga oshishiga olib keldi. Mazkur ko’rsatgich yil sayin ortib borish xususiyatiga ega. Bu esa “issiqxona samarasi” ning yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda. Olimlarning fikricha, “issiqxona samarasi” ni vujudga kelkeltiruvchi gazlarning hozirgi ortish sur’ati saqlanib qolsa, har 10 yilda harorat 0,2-0,5 darajaga ko’tarilishi natijasida Yevrosiyoda tundra, o’rmon- tundra, tayga, aralash va keng bargli o’rmonlar, o’rmon-dasht va dasht tabiat zonalarining shimolga siljishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Yevropa va Afrikada daryolarning suv oqimi ortadi. 47 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Dunyo bo’yicha havo haroratining ortishi muzliklarning erishi va okean suvlarining issiqlik ta’sirida kengayishiga olib keladi. XX asr davomida olimlarning hisobi bo’yicha okean sathi 17,5 santimetrga ko’tarilgan. Amerika olimlarining bashoratiga ko’ra 2100-yilga kelib Dunyo okeani sathi 1,4-2,2 metrga ko’tarilishi mumkin. Bu okean sohillarida joylashgan ko’pchilik davlatlarning suv ostida qolib ketishiga sabab bo’ladi. Ozon “tuynugi”. XX asrning 50-yillaridan boshlab, havoda freon gazlarining ( xlor, ftor, uglerod ) miqdori ko’payganligi kuzatila boshlandi. Bu gazlar 25 kilometr balandlikda joylashgan ozon qatlamini yemira boshladi. Ma’lumki, ozon qatlami Quyoshdan kelayotgan zararli ultrabinafsha nurlarini tutib qoladi. Ozon qatlamining yemirilishi natijasida ozon “tuynugi” hosil bo’ldi. Mazkur tuynukdan Yer yuzasiga ultrabinafsha nurlarining kirib kelishi donli ekinlar hosilini keskin kamaytirib yuborishi, odamlarning teri raki kasaliga chalinishlariga sabab bo’lishi aniqlangan. 1989-yil 81 mamlakat olimlari, mutahassislari hamda davlat arboblari qabul qilgan “Ozon qatlamini muhofaza qilish Xelsinki Deklaratsiyasi” da 2000- yilga qadar freon gazlaridan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni kamaytirib boorish tadbirlari belgilab berildi. Natijada so’nggi yillarda ozon “tuynugi” ning maydoni qisqarib bormoqda. Cho’llanish. Hozirgi kunda cho’llanish jarayoni, ya’ni hosildor yerlarning, yaylovlarning cho’lga aylanishi tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida sodir bo’lmoqda. Tabiiy onillarga asosan qurg’oqchilik kiradi. Masalan, 1968-1974-yillarda Sahroi Kabirning sohil mintaqasida falokatli qurg’oqchilik oqibatida Chad ko’li maydonining 60 foizidan ortig’i, Neger, Senegal daryolari qurib qoldi, namlik yetishmasligi natijasida yaylovlarning mahsuldorligi keskin kamaydi, cho’l 100- 150 kilometrga savannaga bostirib kirdi. Insonning yerdan noto’g’ri foydalanishi natijasida katta-katta maydonlarda hosildor yerlar cho’lga aylanmoqda. Hozirgi paytda inson faoliyati ta’sirida 9 million kvadrat kilometr maydonda cho’l hosil bo’lgan. Har yil taxminan 21 million gektar yer to’liq buzilib cho’lga aylanmoqda. Har yili sug’orilayotgan yerlarning 6 million gektar maydoni cho’lga aylanadi. Hozirgi paytda cho’llanishning oldini olish bo’yicha muntazam ilmiy va amaliy ishlar olib borilmoqda. Keniya davlatining poytaxti Nayrobida cho’llashishga qarshi kurashni muvofiqlashtiruvchi tashkilot faoliyat ko’rsatib turibdi. Ekologik Muammolar va Chora-Tadbirlar Jadvali 48 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Quyidagi jadvalda ekologik muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha asosiy choralar keltirilgan: Ekologik Asosiy Sabablari Strategik Yechimlar Muammo Energiya samaradorligi, Issiqxona gazlarining qayta tiklanadigan energiya Iqlim o'zgarishi ko'pligi, sanoat va manbalari, xalqaro transport chiqindilari kelishuvlar Ozon
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada global ekologik muammolar keltirib o‘tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada global ekologik muammolar keltirib o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qo‘riqlash dasturlari, Xelsinki deklaratsiyasi, ftor, ekologik ta’lim., texnalogik yangilanish, ultrabinafsha nurlari, strategik yechim, issiqxona samarasi, qattiq qonun, ozon tuynugi, cho‘llanish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025