К содержанию
РецензированоUZ2026

RESURS TEJAMKOR TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA EKOLOGIK VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH STRATEGIYALARI

Maxmudova Dilora Ibragimovna · Omonboyeva Maftuna Hamro qizi

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

This article explores the role of resource-saving technologies in ensuring ecological and food security under global climate change. It analyzes approaches to the rational use of water and energy resources in the agro- industrial complex and discusses innovative strategies for maintaining and restoring soil fertility. Keywords: resource efficiency, ecological safety, food security, water resources, innovative technologies, agro-industry. Bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi, suv va energetik resurslarning tanqisligi, yer degradatsiyasi, ekin maydonlarining qisqarishi kabi omillar jahonda ekologik va oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda. Aholi sonining o‘sishi va resurslarga bo‘lgan talabning ortib borishi mavjud tabiiy 51 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference boyliklardan samarali, oqilona va barqaror foydalanishni taqozo qilmoqda. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligida yer, suv va energiya kabi resurslarni tejovchi, ekologik toza va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali barqarorlikni ta’minlash eng dolzarb vazifalardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi sharoitida ham suv tanqisligi, yerlarning sho‘rlanishi, agroekotizimlarning degradatsiyaga uchrashi va iqlim o‘zgarishiga sezuvchanligi sababli, resurs tejamkor agrotexnologiyalarning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Davlat siyosatida ham so‘nggi yillarda «yashil iqtisodiyot», «raqamli agrotexnologiyalar», «iqlimga moslashuvchan texnikalar» singari yondashuvlar ilgari surilmoqda. Bularning barchasi mavzuning dolzarbligini ilmiy va amaliy jihatdan tasdiqlaydi. Tadqiqotning maqsadi — iqlim o‘zgarishi sharoitida ekologik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda resurs tejamkor texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarning rolini o‘rganish, ularning samaradorligini tahlil qilish hamda ularni keng joriy qilish strategiyalarini ishlab chiqishdir. Tadqiqotning vazifalari:  global va mintaqaviy miqyosda resurs tejamkor texnologiyalarning qo‘llanilish holatini tahlil qilish;  agrosanoat majmuasida suv, yer va energiya resurslaridan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini aniqlash;  ekologik xavfsizlik va oziq-ovqat barqarorligiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni baholash;  innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish;  O‘zbekiston sharoitida resurs tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqot obyekti — agroekotizimlar va qishloq xo‘jaligi tizimlarida qo‘llanilayotgan resurs tejamkor texnologiyalar. Tadqiqot predmeti — resurs tejamkor texnologiyalarning ekologik va oziq- ovqat xavfsizligiga ta’siri, ularning samaradorlik darajasi, joriy etish mexanizmlari va natijalari. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati — ekologik xavfsizlik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda innovatsion texnologiyalarning ilmiy asoslarini chuqur tahlil qilish va mavjud ilmiy qarashlarni boyitishdan iborat. Tadqiqotning amaliy ahamiyati — qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilar, suv resurslari boshqaruvchilari, ekolog mutaxassislar hamda siyosatchilar 52 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference uchun resurs tejamkorlikni ta’minlovchi aniq yo‘nalish va strategiyalarni ishlab chiqish imkonini beradi. Metodologiya. Tadqiqotda quyidagi metodlar qo‘llanildi: Tahliliy yondashuv: O‘zbekiston va boshqa mintaqalarda resurs tejamkor texnologiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi tahlil qilindi. Taqqoslash metodi: An’anaviy va innovatsion texnologiyalar natijalari solishtirildi. Natijalar. So‘nggi o‘n yilliklarda global iqlim o‘zgarishining jadallashuvi tabiiy resurslarga bo‘lgan bosimni oshirdi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasida suv tanqisligi, tuproq degradatsiyasi va bioxilma-xillikning kamayishi oziq-ovqat xavfsizligini tahdid ostiga qo‘ymoqda [1]. Shu sababli, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy qilish ekologik xavfsizlikni ta’minlashning asosiy vositalaridan biri sifatida qaralmoqda. Ekologik barqarorlik va oziq-ovqat xavfsizligi bugungi kunda jahon hamjamiyati kun tartibidagi dolzarb masalalardan biridir. O‘zbekiston sharoitida ham suv tanqisligi va iqlimning qurg‘oqchilik tomon siljishi qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlarni joriy etishni taqozo qilmoqda [2]. Suvni tejovchi texnologiyalar. Suv resurslarining cheklanganligi va iqlim o‘zgarishi fonida suvni tejovchi texnologiyalar — agroekotizimlar barqarorligini ta’minlovchi muhim vosita hisoblanadi. An’anaviy sug‘orish usullarida suvning 40–60% gacha yo‘qotilishi bugungi kunda jiddiy ekologik va iqtisodiy muammo sifatida qaralmoqda [1]. Shu bois quyidagi ilg‘or texnologiyalar keng ommalashmoqda: Tomchilatib sug‘orish tizimi: Suv to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simlik ildiz zonasiga yetkaziladi, bu orqali bug‘lanish va sizib chiqish yo‘qotmalari kamayadi. Suv sarfi 30–50% gacha qisqaradi, hosildorlik esa o‘rtacha 20–40% ga oshadi [2]. Yomg‘irlatib sug‘orish: Asosan don va yem-xashak ekinlarida ishlatiladi. Yomg‘irga o‘xshash tarzd

Доказательный фрагмент

«This article explores the role of resource-saving technologies in ensuring ecological and food security under global climate change.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article explores the role of resource-saving technologies in ensuring ecological and food security under global climate change. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
resource efficiency, ecological safety, food security, water, oziq-ovqat xavfsizligi, suv resurslari, agrosanoat., resurs tejamkorlik, ekologik xavfsizlik, innovatsion texnologiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники