Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KAPITAL QURILISH – MILLIY IQTISODIYOTNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNING MUHIM OMILI SIFATIDA
Abdunazarov Saidaxmat Abdumalikovich · Normurodov Samandar Olim o‘g‘li
Развитие и инновации в науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqoladaInnovatsion rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari, mamlakat iqtisodiyoti ijtimoiy iqtisodiy jihatdan rivojlanishni yangi bosqichi va milliy rivojlanishdagi ro‘li haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: Investitsiya dasturi, milliy iqtisodiyot, shaharsozlik, jamoatchilik, kommunikatsiya, kapital qurilish. Annotation: This article talks about the main directions of innovative development, the new stage of social and economic development of the country's economy and its role in national development. Keywords: Investment program, national economy, urban planning, public, communication, capital construction. Bugungi kunda mamlakat iqtisodiyoti ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanishning yangi bosqichiga chiqib bormoqda, chunki olib borilayotgan islohatlarning bosh maqsadi, O‘zbekiston Respublikasini har tomonlama, yani ham iqtisodiy ham ijtimoiy jihatdan barqaror rivojlanishini ta‘minlash, jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoridan joy olish hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishishda iqtisodiy islohatlar bilan bir qatorda qurilishning milliy iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiayati muhim rol o‘ynaydi. Bunda qurilish tarmog‘ini yanada takomillashtirish, arxitektura hamda qurilish organlari va muassasalarini izchil rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirish, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini ta’minlash, sohaga raqamli texnologiyalarni ilg‘or joriy etish maqsadida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi qurilish tarmog‘ini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi: - hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish va ushbu jarayonda jamoatchilikning samarali ishtirokini ta’minlash; - shaharsozlik faoliyatining sifati va xavfsizligini oshirish; - shaharsozlik faoliyati sohasidagi ma’muriy tartib-taomillarning samaradorligi, ratsionalligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, qurilish tarmog‘i tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish; - shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish, tarmoqqa zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish; - shaharsozlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish. Qurilish milliy iqtisodiyotning mustaqil alohida tarmog‘i bo‘lib, yangi asosiy fondlarni yaratish hamda faoliyat yurgizayotgan ishlab chiqarish va noishlab 44 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference chiqarish ob’yektlarini qayta qurish, kengaytirish, ta’mirlash va texnik qayta jihozlash uchun mo‘ljallangan. Qurilish tarmog‘ining ahamiyati shundaki, mamlakat milliy iqtisodiyoti rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib beradi. Qurilishning iqtisodiy jihatlarini o‘rganishning murakkabligi qurilish ishlab chiqarish jarayonining tashkiliy-iqtisodiy shakllarining xilma-xilligi, turli funksional maqsad va vazifalarga ega bo‘lgan ishtirokchilarning ko‘pligi va qurilish ishlab chiqarish jarayonining tabiiy sharoitlarga sezilarli darajada bog‘liqligidadir. 2023 yil 1-fevral holatiga qurilish tarmog’ida 45541 ta qurilish korxona va tashkilotlari faoliyat yuritmoqda, bu oldingi yilga nisbatan 1552 taga oshgan. 2023- yilning yanvar oyida, O‘zbekiston Respublikasida jami 5 011,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 65,7 % ni tashkil etdi. 2023- yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha: - binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 67,1 % ulushni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 66,5 % ni tashkil etdi; - fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 19,9 % ulushni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 70,9 % ni tashkil etdi; - ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 13,0 % ulushni va 2022- yilning mos davriga nisbatan 56,1 % ni tashkil etdi. Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 65,8 % i yoki 3 296,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa jtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan. Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 302,7 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 9,2 % ni tashkil etdi. Kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 1 988,6 mlrd. so‘m yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi 60,3 % ni tashkil etdi. Yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 1 005,4 mlrd. so‘m yoki ularning jamiga nisbatan ulushi 30,5 % ni tashkil etdi. Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 7,2 % ni tashkil etib, 2022- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,1 % punktga ko‘paydi. Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga t
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqoladaInnovatsion rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari, mamlakat iqtisodiyoti ijtimoiy iqtisodiy jihatdan rivojlanishni yangi bosqichi va milliy rivojlanishdagi ro‘li haqida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqoladaInnovatsion rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari, mamlakat iqtisodiyoti ijtimoiy iqtisodiy jihatdan rivojlanishni yangi bosqichi va milliy rivojlanishdagi ro‘li haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Investment program, national economy, urban planning, public, jamoatchilik, Investitsiya dasturi, kommunikatsiya, shaharsozlik, milliy iqtisodiyot, kapital qurilish.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014