К содержанию
РецензированоUZ2026

MOLIYAVIY NATIJALAR AUDITINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

EDUCATION SYSTEM · Karimov Abduraxmon Dilmurod o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti

Наука и инновации в системе образования · 6 · 210–225 · 2026

Аннотация

Mazkur tezisda moliyaviy natijalar auditining zamonaviy yondashuvlari, ularning ahamiyati va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar, xususan CAATs, sun’iy intellekt va blokcheyn asosidagi yondashuvlarning auditorlik jarayoniga integratsiyalashuvi yoritiladi. Shuningdek, xalqaro audit standartlari asosida audit sifati va ishonchliligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston misolida moliyaviy natijalar auditi holati, muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Tezis auditorlik faoliyatini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan takliflarni o‘z ichiga oladi. Kalit soʻzlar: moliyaviy natijalar, auditorlik, zamonaviy yondashuvlar, CAATs, sun’iy intellekt, raqamli audit, xalqaro audit standartlari, riskka asoslangan audit, foyda va zarar auditi, audit sifati. Moliyaviy natijalar auditi korxona faoliyatining eng muhim ko‘rsatkichlarini – foyda, zarar, daromad va xarajatlarning ishonchliligini baholashga qaratilgan auditorlik jarayonidir. Bugungi raqamli iqtisodiyot sharoitida bu audit turi oddiy hujjatlarni tekshirishdan ancha keng ko‘lamli va kompleks tahlilga aylangan. Moliyaviy natijalar nafaqat investorlar, balki soliq organlari, kreditorlar va davlat nazorat organlari uchun ham qaror qabul qilishda asosiy omil hisoblanadi. An’anaviy auditorlik uslublari ko‘plab kamchiliklarga ega bo‘lib, ularning asosiylari – ma’lumotlarning ko‘pligi, insoniy xatolarga moyillik, xatoliklarni aniqlashda past samaradorlik va vaqt talabliligidir. Shu bois zamonaviy auditorlik yondashuvlar, xususan raqamlashtirish, sun’iy intellekt, CAATs texnologiyalari va riskka asoslangan audit metodikasi moliyaviy natijalar auditi sifatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Moliyaviy natijalar – har qanday korxona yoki tashkilotning moliyaviy holatini aniqlovchi asosiy ko‘rsatkichlar bo‘lib, ularga daromadlar, xarajatlar, foyda va zarar kiradi. Ushbu ko‘rsatkichlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi nafaqat ichki boshqaruv qarorlarini, balki tashqi investorlar, kreditorlar va davlat organlarining iqtisodiy qarorlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois, moliyaviy natijalar auditi korxonaning umumiy moliyaviy holatini chuqur tahlil qilish imkonini beruvchi kuchli nazorat vositasi hisoblanadi. Bugungi kunda mazkur yo‘nalishda audit jarayonlarini samarali tashkil etish, ularni avtomatlashtirish, raqamlashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirish dolzarb vazifaga aylangan. 72 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference 1-jadval Moliyaviy natijalar auditida zamonaviy yondashuvlar Yondashuv Mazmuni Afzalligi Ta’siri Riskka Xavf yuqori joyga Firibgarlikni tez asoslangan Resursni tejaydi e’tibor qaratish aniqlaydi audit Kompyuterda ma’lumotni Tez va aniq Xatoliklar to‘liq CAATs avtomatik tahlil tahlil qamrab olinadi qilish O‘z-o‘zini Sun’iy AI orqali real vaqtli Manipulyatsiyalarni o‘rgatadi, intellekt (AI) tahlil oldindan aniqlaydi ogohlantiradi Katta hajmdagi Har tomonlama Moliyaviy va tashqi Big Data ma’lumotlarni tahlil ko‘rinish beradi bog‘liqliklar ko‘rinadi qilish Tranzaksiyalarni Soxtalikning Ishonchli va shaffof Blokcheyn o‘zgarmas yozuvda oldi olinadi audit izlari yaratiladi saqlash Xalqaro audit ISA Tan olingan va Auditorlik sifati va mezonlariga rioya standartlari yagona mezon ishonchliligi ortadi qilish Manba: Muallif ishlanmasi. Zamonaviy auditorlik amaliyotida an’anaviy yondashuvlardan farqli o‘laroq, riskka asoslangan audit, CAATs texnologiyalari (Computer Assisted Audit Techniques), sun’iy intellekt (AI) va big data kabi ilg‘or yondashuvlar keng qo‘llanilmoqda. Riskka asoslangan yondashuv auditorlarga moliyaviy natijalarda xatoliklar yoki firibgarlik ehtimoli yuqori bo‘lgan segmentlarga e’tiborni jamlash imkonini beradi. Ayniqsa, ko‘plab hujjatlarni qo‘lda tahlil qilish o‘rniga CAATs texnologiyalaridan foydalanish orqali korxonaning barcha operatsiyalari tezkor va to‘liq qamrovda tekshiriladi. Sun’iy intellekt esa katta hajmdagi moliyaviy ma’lumotlar asosida xatoliklar, qonunbuzarliklar va tendensiyalarni avtomatik aniqlash imkonini beradi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, ilg‘or davlatlarda moliyaviy natijalar auditi jarayonida blokcheyn texnologiyalari orqali hujjatlar va moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha ishonchli audit izlari (audit trails) yaratilmoqda. Bu esa auditorga firibgarlik xavfisiz, har bir tranzaksiyani ishonchli tarzda kuzatish imkonini beradi. Bundan tashqari, Xalqaro audit standartlari (ISA) asosida ishlovchi auditorlar moliyaviy natijalarning ishonchliligi, shaffofligi va tahliliy asoslanganligini kafolatlaydi. Biroq bu yondashuvlarning to‘liq samaradorligi uchun auditorlarning malakasini oshirish, axborot xavfsizligi choralarini kuchaytirish va texnologik infratuzilmani kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. 73 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference O‘zbekistonda moliyaviy natijalar auditi sohasida islohotlar bosqichma- bosqich olib borilmoqda. 2020–20

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda moliyaviy natijalar auditining zamonaviy yondashuvlari, ularning ahamiyati va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda moliyaviy natijalar auditining zamonaviy yondashuvlari, ularning ahamiyati va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
riskka asoslangan audit, raqamli audit, CAATs, xalqaro audit standartlari, sun’iy intellekt, foyda va zarar auditi, audit sifati., moliyaviy natijalar, zamonaviy yondashuvlar, auditorlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники