Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
POLIVINILXLORIDDAN MINERAL TO‘LDIRUVCHILAR ASOSIDA OLOVBARDOSH KOMPOZITLAR OLISH TEXNOLOGIYASINI YARATISH ZARURATI
YARATISH ZARURATI · Turayev X.X. · Tojiyev P.J. · Abdirashidov D.A. – · Turayev KH.KH. · Tojiyev P.J. · Abdirashidov D.A. -TerSU.
Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025
Аннотация
This article scientifically substantiates the need to create a technology for producing refractory composites based on mineral fillers from polyvinyl chloride, and the scientific and practical significance of using melamene cyanurate as a component of mineral fillers in the production of refractory composites from polyvinyl chloride for the construction industry. Keywords: postindustrial, phenomenon, knowledge economy, polyvinyl chloride, mineral fillers, refractory, composite, materials, technology. Postindustrial iqtisodiyotda yangi fenomenlar “Bilimlar iqtisodiyoti”ga asoslanish barcha sohalarda bo‘lgani singari kimyoviy texnologiyalarda ham alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, milliy iqtisodiyotimizda qurilish 6-To’plam 4-son Iyun , 2025 329 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari tarmog‘ining shiddat bilan rivojlanishi polimerlardan iqtisodiy tejamkor, yengil, uzoq muddat xizmat qilish va sifatlilik darajasini kam yo‘qotadigan kompozit materiallardan foydalanish salmog‘ini yildan-yilga oshib borayotganligini asoslaydi. 2022–2026 yillarga mо‘ljallangan Yangi О‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasiga ko‘ra, “Qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga kо‘paytirish” [1] ga yо‘naltirilgan muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada PVXdan mineral to‘ldiruvchilar asosida olovbardosh kompozitlar olish texnologiyasini yaratish maqsadga muvofiqdir. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sog‘lomlashtirish, yuqori qо‘shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 2021 yil 13 fevraldagi PQ–4992-son [2] va “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 2022 yil 24 yanvardagi PQ-99-son Qarorlari [3] hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda polivinilxloriddan mineral to‘ldiruvchilar asosida olovbardosh kompozitlar olish texnologiyasini yaratish sohasida tadqiqotlar olib borish davr talabi hisoblanadi. Chunki, oxirgi yillarda dunyo xo‘jaligida qurilish sanoatidagi uy-joy kommunal xo‘jaliklarida kuzatilayotgan yong‘inlarning qariyib 30 foizi elektr jihozlaridagi yuklamaning oshishi natijasida kuzatiladigan qisqa tutashuvlar oqibatida yuz berishi, suv ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimidagi polimer quvurlarning yaroqlilik muddatining qisqaligi kabi omillar natijasida bino va inshootlardan foydalanish imkoniyatlarining cheklanishiga sabab bo‘lmoqda. Polivinilxlorid (PVX) hajmi bo‘yicha polietilendan keyingi ikkinchi o‘rinda turadigan termoplastik hisoblanadi. Chunki, u oson ishlov berish, zarbalarga hamda olovga chidamlilik va mukammal elektr izolyatsiyasi xususiyatlariga ega. Shuning uchun u quvurlar, deraza romlari, pol qoplamalari, tom yopish plitalari va kabellarda keng qo‘llaniladi. 6-To’plam 4-son Iyun , 2025 330 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari Polivinilxlorid kompozitsiyalari har xil turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun oraliq moddalardir. Tarkibiga qarab, ular yumshoq va qattiqlarga bо‘linadi. Jahon polivinilxlorid bozorining tahlili, sо‘nggi yillarda polivinilxlorid iste’moli hajmi keskin o‘sayotganligidan dalolat bermoqda. Soha mutaxassislarining fikriga kо‘ra, polivinilxlorid xom ashyosi ishlab chiqarishning qariyb 70 foizi iste’moli qurilish sohasi hissasiga tо‘g‘ri kelmoqda [4]. O‘rganishlarga ko‘ra, 2024 yilda PVXni dunyo miqyosida asosiy ishlab chiqaruvchi davlatlari, Xitoy (10 mln.tonna), AQSh (7,6 mln.tonna), Hindiston (2,5 mln.tonna) hisoblanadi va ushbu davlatlar eng ko‘p ishlab chiqaruvchilar (48%ni) salmog‘ini tashkil qiladi. Aynan, global miqyosda ishlab chiqariladigan polivinilxlorid xom ashyosining 42 foizi quvur va armaturalar, 19 foizi profillar, 17 foizi listlar, 9 foizi kabel ishlab chiqarishda va 13 foizi boshqa yo‘nalishlarda ishlatilmoqda (1-rasm). boshqa sim va kabel quvurlar listlar profillar 1-rasm. Polivinilxloridning ishlatilish yo‘nalishlari. Ushbu holatlardan ko‘rinadiki, polivinilxloriddan mineral to‘ldiruvchilar asosida olovbardosh kompozit materiallar ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, polivinilxloridni polimerlanish jarayonida suspenziya va emulsiya polivinilxlorid ishlab chiqarish texnologiyasining sezilarli yaxshilanishi tufayli sanoat ishlab chiqarish sharoitida uning xususiyatlarini keng miqyosda о‘zgartirish mumkin. Polimerlanish reaksiyasi orqali olinadigan polivinilxlorid materiallarining xususiyatlari asosida qо‘shimcha va to‘ldiruvchilar qо‘shiladi [5]. 6-To’plam 4-son Iyun , 2025 331 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari Ammo, polimerlar tarkibida polivinilxlorid (PVX) keng qo‘llanilishi bilan bir qatorda tarkibida xlor atomlari mavjudligi uch
Доказательный фрагмент
«This article scientifically substantiates the need to create a technology for producing refractory composites based on mineral fillers from polyvinyl chloride, and the scientific and practical significance of using me…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article scientifically substantiates the need to create a technology for producing refractory composites based on mineral fillers from polyvinyl chloride, and the scientific and practical significance of using me… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- postindustrial, phenomenon, knowledge economy, polyvinyl, mineral to‘ldiruvchilar, materials, Keywords: postindustrial, bilimlar iqtisodiyoti, technology., materiallar, polivinilxlorid, polyvinyl chloride, kompozit, composite, mineral fillers, texnologiya., fenomen, olovbardosh, Kalit so‘zlar: postindustrial, refractory
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014