Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM TIZIMINI TEXNOLOGIK ASOSDA TASHKIL ETISH G‘OYASINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Avezov Ismoil Yoshuzoq o’g’li · Nasullayev Bahtiyor · Mavlonov Ulug’bek Mirzoqulovich
Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 524 · 2025
Аннотация
В данной статье научно-теоретически рассматриваются этапы формирования и развития идеи технологического подхода в системе образования. Раскрываются исторические предпосылки возникновения понятия «педагогическая техника», эволюция современных образовательных технологий, а также анализируется международный опыт и практика внедрения в Узбекистане. Особое внимание уделяется влиянию внедрения интерактивных методов, цифровых средств и элементов 6-To’plam 4-son Iyun , 2025 356 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari дистанционного обучения на качество образования. В статье подробно освещается роль и значение технологического подхода в повышении эффективности образовательного процесса. Kalit so’zlar: pedagogik texnologiya, ta’lim tizimi, innovatsiya, o‘qitish metodlari, raqamli texnologiyalar, interfaol usullar, masofaviy ta’lim, ta’lim sifati. Ключевые слова: педагогическая технология, система образования, инновации, методы обучения, цифровые технологии, интерактивные методы, дистанционное обучение, качество образования. Ta’lim tizimini texnologik yondashuvlar asosida shakllantirish g‘oyasi XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AQSHda vujudga kelgan bo‘lib, bu jarayon ijtimoiy hayotda yuz berayotgan o‘zgarishlarga pedagogikaning moslashuvi zaruratidan kelib chiqqan. Aynan shu davrda inson omilining ta’limdagi roli qayta ko‘rib chiqila boshlagan, shaxsning rivojlanishiga yo‘naltirilgan metodologik yondashuvlar ustuvorlik kasb eta boshlagan. Ta’lim samaradorligini oshirish, bilim olish jarayonini tizimlashtirish va uni zamonaviy vositalar yordamida tashkil qilish g‘oyalari ushbu yondashuvning asosini tashkil etgan. Mazkur g‘oya ilk bor “pedagogik texnika” tushunchasi orqali ifodalanib, bu atama o‘z vaqtida yangicha metodologik yondashuv sifatida qabul qilingan. Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda “pedagogik texnika” — o‘qitish jarayonini aniq, mantiqan asoslangan va samarali olib borishda foydalaniladigan vositalar, uslublar va texnologiyalarning majmuasi sifatida talqin qilingan. Bu vositalar qatoriga ko‘rgazmali qurollar, tajriba va laboratoriya jihozlari, shuningdek, audio- vizual materiallar kiritilgan bo‘lib, ular o‘quvchilarning bilimni o‘zlashtirish darajasini oshirishda muhim omil sifatida xizmat qilgan. 1950-yillarga kelib, o‘qitish jarayonida texnik vositalardan foydalanish tobora kengaydi va “ta’lim texnologiyasi” tushunchasi sifatida ilmiy-nazariy asosga ega bo‘la boshladi. Bu bosqichda texnik vositalarning texnologik 6-To’plam 4-son Iyun , 2025 357 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari imkoniyatlari chuqur o‘rganilib, ularning didaktik samaradorligini oshirish yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Tezkor va aniq axborot uzatish, ma’lumotlar bazasining kengayishi, shuningdek, ta’lim jarayonining shaxsiylashtirilgan (individual) modelini ishlab chiqish masalalari dolzarb mavzuga aylandi. Bularning barchasi ta’limni optimallashtirishga xizmat qiluvchi metodik asoslar, innovatsion modellar va yangi texnologiyalarni yaratishga turtki berdi. 1960-yillardan boshlab ta’limni dastur asosida rejalashtirish g‘oyasi keng ommalasha boshladi. Bu davrda "ta’lim texnologiyasi" tushunchasi yanada chuqurroq nazariy asosga ega bo‘lib, o‘quv dasturlarining puxta rejalashtirilishi, o‘quv jarayonining modellashtirilgan strukturasi va natijaviylik mezonlarining aniqligi bilan ajralib turdi. Bilimlarni izchil va tizimli shaklda yetkazish, o‘quvchilarning individual o‘zlashtirish darajasini hisobga olgan holda metod va vositalarni tanlash — bularning barchasi ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim omillar sifatida namoyon bo‘ldi. Mazkur metodologik yondashuv dastlab AQSHda amaliyotga tatbiq etilgan bo‘lib, bu orqali ta’lim samaradorligini oshirish, rejalashtirish va boshqarish orqali yuqori natijalarga erishish mumkinligi isbotlandi. Shundan so‘ng, ushbu yondashuv Buyuk Britaniya, Yaponiya, Italiya va boshqa rivojlangan davlatlar tomonidan qabul qilinib, o‘z ta’lim tizimlarida joriy etildi. Aynan shu davrda pedagogik texnologiyalar bo‘yicha maxsus ilmiy-tadqiqot institutlari, nashriyotlar, ilmiy jurnallar va axborot platformalari tashkil etila boshlandi. Ular ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlarni ommalashtirish, mavjud ilmiy izlanishlarni umumlashtirish hamda samarali amaliyotlarni targ‘ib qilish vazifasini bajargan. Bugungi kunga kelib, ta’lim texnologiyalarining shakllanishi va rivoji global miqyosda sezilarli darajada o‘zgarib, yangi bosqichga ko‘tarildi. Jumladan, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, tarmoq asosida ta’lim (online learning), adaptiv ta’lim tizimlari va interaktiv dasturlarning keng joriy etilishi bu jarayonni 6-To’plam 4-son Iyun , 2025 358 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari tubdan o‘zgartirdi. Endilikda, nafaqat o‘quv mazmuni, balki uning yetkazilish usuli, monitoring tizimi va nati
Доказательный фрагмент
«В данной статье научно-теоретически рассматриваются этапы формирования и развития идеи технологического подхода в системе образования.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье научно-теоретически рассматриваются этапы формирования и развития идеи технологического подхода в системе образования. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- педагогическая технология, система образования, Kalit so’zlar: pedagogik texnologiya, качество образования., raqamli texnologiyalar, innovatsiya, interfaol usullar, o‘qitish metodlari, методы обучения, интерактивные методы, masofaviy ta’lim, инновации, цифровые технологии, дистанционное обучение, ta’lim tizimi, ta’lim sifati., Ключевые слова: педагогическая технология
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024