Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QURILISH SOHASIDA ILMIY-TEXNIK YUTUQLARNING JORIY ETILISHI VA ULARNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULLARI
BAHOLASH USULLARI · Abdunazarov Saidaxmat Abdumalikovich · Ne’matullayev Azizbek Dilshod o‘g‘li
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada, innovatsion ko‘rsatkichlar, qurulishlarni atrof- muhitga ta’siri, foyda rentabelligi. Kalit so‘zlar: qurilishdagi samaradorligini iqtisodiy baholash, samaradorlik ko‘rsatkichlari, vazifalar, xususiyatlari Annotation: In this article, innovative indicators, environmental impact of constructions, profitability of profit. Keywords: economic assessment of its effectiveness in construction, indicators of efficiency, tasks, characteristics Ilmiy texnik-taraqqiyotning bir qancha ko‘rsatkichlar va metodologiyalar orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonning asosiy maqsadi qurilish sohasidagi innovatsiyalarni joriy etish orqali xarajatlarni kamaytirish, mahsuldorlikni oshirish va umumiy iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashdir. Quyida ilmiy texnik- taraqqiyotning qurilishdagi samaradorligini baholash uchun keng tarqalgan ko‘rsatkichlar keltirilgan: - Ishlab chiqarish samaradorligi: Qurilish jarayonida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki xizmatlar miqdorini sarflangan resurslar (mehnat, materiallar, vaqt) bilan taqqoslash. - Qurilish xarajatlari: Qurilishning umumiy xarajatlari, jumladan, materiallar, ish haqi va boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda baholanishi. - Qayta tiklanish darajasi: Innovatsion texnologiyalar yordamida ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish va resurslarni qayta ishlash imkoniyatlari Innovatsion ko‘rsatkichlar: - Yangi texnologiyalarni joriy etish darajasi: Yangi uskunalar yoki texnologiyalarni qo‘llash natijasida qaysi darajada natijalar olingani. - Ishlab chiqarishda innovatsion mahsulotlarning ulushi: Innovatsion mahsulotlarning umumiy ishlab chiqarishga nisbati. Foyda va rentabellik: - Rentabellik koeffitsienti: Qurilish loyihalari bo‘yicha olinadigan foyda va sarmoya miqdorini hisobga olgan holda aniqlanadi. 69 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference - Investitsiya qaytimi (ROI): Qurilishga kiritilgan investitsiyaning qanchalik tezlikda o‘zini oqlashi. Ijtimoiy-iqtisodiy ta’sir: - Yangi ish o‘rinlari yaratish: Texnik-taraqqiyot natijasida yangi ish o‘rinlari ochilishi. - Mahalliy iqtisodiyotga ta’siri: Qurilish jarayonining mahalliy iqtisodiyotga ijobiy yoki salbiy ta’siri. Atrof-muhitga ta’sir: - Ekologik barqarorlik ko‘rsatkichlari: Qurilish jarayonining atrof-muhitga ta’siri va bu borada qilingan sa’y-harakatlar. Qurilish sohasida ilmiy texnik taraqqiyotning samaradorligini baholash uchun yuqoridagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ushbu ko‘rsatkichlar yordamida mutaxassislar qurilish jarayonlarini yanada takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni belgilaydi hamda investitsiya qarorlarini qabul qilishda asosli yondashuvlarni ishlab chiqadilar.Qurilishda mavsumiyliknig yo‘qotilishiga qaramasdan, qish mavsumida ham ob’yektlar qurilishi bo‘yicha tadbirlarning bajarilishi talab qilinadi. Bir xil tipdagi binolarning turli hududlarda qurilishi har xil moddiy resurs xarajatlarni talab qiladi. Qurilish sharoiti ko‘pincha hududning seysmik holati, yer relefi, gruntlar geologik tuzilishi, yer osti suvlari mavjudligi, qurilish maydoniga konstruksiya va materiallarni etkazish uslublari orqali aniqlanadi. Qurilish ishchilari sanoatning boshqa tarmoqlaridagi ishchilariga nisbatan ko‘pincha iqlim sharoiti ta’siriga duch keladi. Ushbu xususiyat yilning eng qulay davrlariga katta kuchlar sarflanishini talab qiladi. Shu sababdan asosiy qurilish, montaj va ta’mirlash-qurilish ishlariga mehnatning me’yoriy shart-sharoitidan chetga chiqishlarni hisobga oluvchi tuzatish koeffitsientlari kiritiladi.Qurilishga tayyorgalik ishlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi: qurilish ob’yektining maqsadga muvofiqligi yuzasidan texnik-iqtisodiy tadqiqotlarni olib borish, ob’yektni loyihalashtirish va qurilishga muxandislik-texnik jihatdan tayyorgarlik ko‘rish. Texnik-iqtisodiy tadqiqotlar jarayonida barpo etilayotgan ob’yektning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va uni qurishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi baholanadi. Qurilishning maxsus xususiyatlari qurilayotgan ob’yektlarning turli- tumanligi bilan bog‘liqdir. Ular quyidagilardan iborat: sanoat, uy-joy, ijtimoiy- maishiy, transport, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va suv xo‘jaligi, magistral quvurlar, elektruzatish liniyalari. 70 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Sanoat binolari qurilishi ularning ajratilgan joyga to‘planishi va ob’yektlarning murakkabligibilan xarakterlanadi. Bitta joydagi ishlar bir yildan ortiq olib boriladi. Nisbatan uzoq muddatli sanoat ob’yektlarini qurish bilan band bo‘lgan tashkilotlarda ishlab chiqarish vositalarining ko‘chib yurishi kam ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu qurilish korxonalarida kadrlar tarkibi esa bir muncha barqaror hisoblanadi.Qurilish milliy iqtisodiyotning mustaqil alohida tarmog‘i bo‘lib, yangi asosiy fondlarni yaratish hamda faoliyat yurgizayotgan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish ob’yektlarini qayta qurish, kengaytirish, ta’mirlash va texnik qayta jihozlash uchun mo‘ljallangan. Qurili
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada, innovatsion ko‘rsatkichlar, qurulishlarni atrof- muhitga ta’siri, foyda rentabelligi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada, innovatsion ko‘rsatkichlar, qurulishlarni atrof- muhitga ta’siri, foyda rentabelligi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- economic assessment of its effectiveness in construction, vazifalar, xususiyatlari, samaradorlik ko‘rsatkichlari, qurilishdagi samaradorligini iqtisodiy baholash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026