К содержанию
РецензированоUZ2026

QORAQALPOQ SUR QORAKO‘L QO‘YLARINI MAHSULDORLIGINING NAMOYON BO‘LISHI

NAMOYON BO‘LISHI

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

Maqolada qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarini mahsuldorligining namoyon bo‘lishi, ularning mahsuldorlik xususiyatlarini oshirishda olimlarning olib borgan tadqiqot ishlari, rangbarangliklari, olib borilgan naslchilik ishlari natijasida yaratilgan zavod tiplari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Kalit soʻzlar: qorako‘l qo‘yi, qoraqalpoq suri, seleksiya, zavod tiplari, rangbaranglik, barra teri, mahsuldorlik. Aннотация. В статье приведены сведения о проявлении продуктивности овец каракалпакской сур каракульской породы, научно- исследовательской работе, проводимой учеными по улучшению их продуктивных качеств, их расцветки, а также о созданных в результате проведенной селекционной работы заводских типах. Ключевые слова: каракульские овцы, каракалпакский cур, селекция, заводские типы, расцветки, смушка, продуктивность. Qorako‘l qo‘ylarining vatani O‘zbekiston hududi hisoblanib, qorako‘l qo‘ylari mahaliy aholi seleksiyasi asosida yaratilgan va urchib kelingan. Mamlakatimiz hududining 20 mln dan ortiq qismi yaylovlar hisoblanib, shundan 16-17 mln qismida cho‘l mintaqasi joylashgan. Qorako‘l qo‘ylari boshqa qishloq xo‘jaligi hayvonlaridan farqli ravishda juda qimmatli biologik xususiyatga ega bo‘lib, ular juda keskin konsenental cho‘l sharoitida, o‘simlik qoplami siyrak, sho‘r suvli, qurgʻoqchil yaylovlarda, yoz, kuz va qish fasllarida mutlaqo ko‘k ozuqalarni iste’mol qilmasdan, urchish, tez yetiluvchanlik, jadal o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini saqlagan holda, juda qimmatli mahsulotlar (qorako‘l teri, go‘sht, jun, po‘stinbop teri va sut) berish xususiyatiga ega [12]. Qorako‘l qo‘ylari o‘zining turli tuman mahsuldorligi bilan chorvachilikda alohida o‘rin tutadi. Ularning eng asosiy mahsuloti bu barra terilari hisoblanib, bu terilar o‘zining rangbarangliklari, gullarining xilma-xilligi, gullarning hosil qiladigan rasmining aniqligi va chiroyligi, ipaksimonligi, yaltiroqligi, yengil va 72 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference pishiqligi bilan ajralib turadi. Ushbu terilardan tikilgan buyumlarga talab yuqori. Bundan tashqari qorakoʻl qoʻylaridan jun, go‘sht va sut mahsulotlari olinadi. Qorako‘l qo‘ylari zot tiplari orasida qoraqalpoq suri rangbarangliklarining takrorlanmas jozibadorligi, nafis gullari va jun qoplamlarining mayinligi tufayli jahon ahamiyatidagi mashhur teri (mo‘yna) beruvchi zot tipi hisoblanadi. Qorako‘l qo‘ylarining jun tolasi qoradan oqgacha bo‘lgan rangbarangligi bilan ajralib turadi. Ular orasida eng chiroyli va qimmatli terilar, jun-tola uzunligi bo‘ylab notekis pigmentlanishi natijasida hosil bo‘lgan sur rangli terilar hisoblanib, jun tolasining ostki qismi to‘qroq uchi esa och rangda bo‘ladi.qoraqalpoq sur qo‘ylari ichida eng o‘ziga xos ranglari bular po‘lati sur, shamchiroqgul, o‘rik gul va qamar surlar ekanligini yozgan va ularga quyidagicha ta’rif bergan [6, 7]: Po‘lati sur - jun tolalarining ostki qismi tim qora, uchlari po‘latisimon; Shamchiroqgul - jun tolasining ostki qismi qora, uchlari oq; O‘rikgul - jun tolalarining ostki qismi qora yoki to‘q jigarang, o‘rta qismi sarg‘ish rang, uchlari oq sarg‘ish; Qamar sur - jun tolalarining ostki qismi to‘q jigarrang, uchlari tillasimon. O‘z navbatida qamar rangli terilar 3 ta variatsiyaga bo‘linadi. Qizil qamar - jun tolasi ostki qismi qora qo‘ng‘r yoki qoramtir, ustki qismi intensiv qizil rangda bo‘ladi; Ochiq qamar - jun tolasining ostki qismi qoramtir, ustki qismi sarg‘ish rangda bo‘ladi; Qora qamar - jun tolasining ostki qismi qora rangda, ustki qismi qo‘ng‘ir qizil ranga sekin o‘tishi bilan tavsiflanadi. Ko‘pgina olimlar 1986 yildan buyon qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining seleksiyasi bilan shug‘ullanib keladilar. Olib borilgan samarali seleksiya ishlari natijasida 2002-yilda Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida qoraqalpoq surining “To‘rtko‘l” zavod tipi va 2021-yilda Navoiy viloyati Nurota tumanida “Istiqlol qorako‘l naslchilik” MChJda qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarining “Nurota” zavod tipi yaratilgan. Qoraqalpogʻistonda qoraqalpoq sur qo‘ylarining rang, rangbaranglik xususiyatlari, ifodalanishi, o‘tish keskinligi, jun tolalarining pigmentlanishi, gul ko‘rsatkichlari, ularning namoyon bo‘lish darajalarini o‘rganish bo‘yicha Yu.Djumaniyozov, R.U.Turgunbayev, Q.D.Ochilov, A.A.Urimbetov, Z.A.Seytmusayeva va boshqalar tomonidan tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Qorako‘l qo‘ylari strukturasi murakkab xarakterga ega bo‘lib, ushbu strukturaning bir elementi bo‘lgan barra terilari o‘z ichiga 10 dan ortiq rang, 30 73 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference dan ortiq tus va rangbarangliklar, 4 ta gul tipi (yarim doira qalamgul, qovurg‘asimon, yassi, o‘siqgul), gul shakllari va boshqa bir qator ko‘rsatkichlarni qamrab olgan. Qoraqalpoq sur qoʻzilarning jun-tola uzunligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘satdiki, qoraqalpoq sur rangining jun tola uzunligi sezilarli farq qiladi. Eng kalta jun tolasi oyoqlarida bo‘lib, birinchi sinfga mansub yassi t

Доказательный фрагмент

«Maqolada qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarini mahsuldorligining namoyon bo‘lishi, ularning mahsuldorlik xususiyatlarini oshirishda olimlarning olib borgan tadqiqot ishlari, rangbarangliklari, olib borilgan naslchilik is…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarini mahsuldorligining namoyon bo‘lishi, ularning mahsuldorlik xususiyatlarini oshirishda olimlarning olib borgan tadqiqot ishlari, rangbarangliklari, olib borilgan naslchilik is… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
каракульские овцы, каракалпакский cур, селекция, zavod tiplari, barra teri, qoraqalpoq suri, seleksiya, qorako‘l qo‘yi, mahsuldorlik., rangbaranglik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники