К содержанию
РецензированоUZ2021

POSTNATAL DAVRDA VAFOT ETGAN CHAQALOQLARDA PNEVMONIYAGA JAVOBAN IMMUN VA ENDOKRIN TIZIMLARNING HUJAYRAVIY STRUKTURASI O‘ZGARISHLARI.

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · HUJAYRAVIY STRUKTURASI O‘ZGARISHLARI. · O’rinbayev Jumabay Tileubayevich

Международная конференция академических наук · 211 · 14–21 · 2021

Аннотация

Ushbu tadqiqotda postnatal davrda pnevmoniyadan vafot etgan chaqaloqlarda immun tizimning markaziy organi bo‘lgan timus hamda stressga javob endokrin markazi – buyrak usti bezining gistostrukturaviy o‘zgarishlari o‘rganildi. Autopsiyada olingan 101 nafar chaqaloqning organlari mikroskopik va gistometrik metodlar yordamida tahlil qilindi. Hujayraviy darajadagi o‘zgarishlar immun va endokrin tizimlar yetilmagan organizmda pnevmoniyaga javob reaksiyasi sifatida yuzaga kelgan strukturaviy moslanish yoki izdan chiqish holatlarini ko‘rsatdi. Kalit so‘zlar: chaqaloq pnevmoniyasi, timus, buyrak usti bezi, gistologiya, hujayraviy o‘zgarish, immun disfunktsiya, endokrin javob Postnatal davrda bola organizmi tashqi muhitga moslashishning intensiv bosqichidan o‘tadi. Bu davrda chaqaloqning immun va endokrin tizimlari himoya funksiyalarini bajarishga mas’ul bo‘ladi. Ayniqsa, timus va buyrak usti bezi kabi markaziy organlarning tuzilmasi va funksional holati infektsion kasalliklarning og‘ir kechishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.Pnevmoniya chaqaloqlarda eng ko‘p uchraydigan va o‘limga olib keladigan etiologik omillardan biri hisoblanadi. Uning patogenezida organizmning immun va endokrin tizimlari qanday reaksiyaga kirishishi, ularning morfologik va hujayraviy javobini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Materiallar va metodlar Tadqiqot 2021–2024 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Patologik anatomiya byurosida pnevmoniyadan vafot etgan 101 nafar 0–12 oylik chaqaloq autopsiya materiallari asosida olib borildi. Autopsiyada o‘rganilgan organlar: Timus (ayrisimon bez) Buyrak usti bezi (glandula suprarenalis) Histologik tekshiruv: 10% neytral formalinda fiksatsiya qilingan to‘qimalar parafin bloklarga solinib, 4–5 mkm qalinlikda kesmalar tayyorlandi va gematoksilin-eozin usulida bo‘yaldi. 43 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК Gistometrik tahlil: Nuqtali hisoblash usuli asosida struktura zonalari maydon ulushi (Vv) va ularning nisbati hisoblandi. Statistik tahlillar SPSS 25.0 dasturida p < 0.05 darajasida ishonchlilik bilan amalga oshirildi. Natijalar Timus Tadqiqot davomida pnevmoniyadan vafot etgan chaqaloqlarning timus bezida morfologik va hujayraviy o‘zgarishlar muntazam tarzda kuzatildi. Olingan gistologik namunalarda: Korteks qatlamida: limfoid hujayralarning son jihatdan keskin kamayganligi aniqlandi. Bu holat timusda T-limfotsitlar proliferatsiyasining pasayganidan darak beradi. Ba’zi namunalarda limfoid hujayralarda sitoliz belgilarining mavjudligi – ya’ni, hujayra membranalarining buzilishi, yadrolarning piknoz holatga o‘tganligi kuzatildi. Bundan tashqari, mitoz aktivlik darajasining pastligi — regenerativ salohiyatning susayganligidan dalolat berdi. Ushbu holatlar chaqaloq organizmidagi immun javobning zaifligi va timik immunitet yetilmaganligidan kelib chiqadi. Medulla qatlamida: stromaning zichlashuvi, ya’ni biriktiruvchi to‘qima komponentlarining nisbiy ortishi kuzatildi. Bu holat limfoid elementlar bilan solishtirganda retikuloepitelial komponentlar ustunligining oshganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, retikuloepitelial hujayralarning giperplaziyasi – bu epitelial elementlar tomonidan kompensator-muhofaza reaktsiyasining yuzaga chiqayotganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Gassal tanachalarining son jihatdan kamayganligi va strukturaviy jihatdan notekis joylashuvi timus differentsiatsiyasining buzilganligini bildiradi. Bu o‘zgarishlar timik stromaning yetilmasligi bilan bog‘liq. Morfometrik tahlil: Vv (volume density) ko‘rsatkichi timusning korteks qismida o‘rtacha 0.43 ± 0.02, medulla qismida esa 0.31 ± 0.03 ni tashkil etdi. Bu raqamlar immun organining yetilmaganligini va kortikal zonaning limfoid hujayralarga boy bo‘lishi kerak bo‘lgan normal holatga nisbatan past darajada ekanligini tasdiqlaydi. Statistik jihatdan ishonchli farq (p < 0.01) qayd etildi. Buyrak usti bezi Buyrak usti bezi pnevmoniya jarayonida organizmning umumiy stressga javob beruvchi asosiy endokrin markazlaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra: 44 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК Zona glomeruloza: epitelial hujayralarning atrofiya holatida ekanligi kuzatildi. Bu holatda hujayralarning yadrolari giperxromik — ya’ni, hujayra yadrolarida xromatin moddasining zichlashuvi kuzatildi. Bu degenerativ o‘zgarishlar gipoksik holatlar yoki surunkali stress fonida mineralokortikoidlar sekretsiyasi buzilganidan dalolat beradi. Zona fasciculata: bu qatlamda hujayralar sitoplazmasida vakuollashuv – ya’ni, havo yoki suyuqlik to‘plangan bo‘shliqlarning paydo bo‘lishi aniqlandi. Bu kortikosteroid ishlab chiqaruvchi hujayralarning degenerativ o‘zgarishidir. Shu qatlamda gormon ishlab chiqaruvchi hujayralar sonining ortishi kuzatildi, bu esa chaqaloq organizmida kortizol sintezining kompensator ko‘tarilishiga urinish natijasi sifatida talqin etiladi. Zona reticularis: hujayralarning tartibsiz joylashuvi va ayrim holatlarda deganerlashgan yadro morfologiyasi qayd etildi. Bu qatlamda ko‘proq hujayra vakuollashuvi, sitoplazmatik fragmentatsiy

Доказательный фрагмент

«Ushbu tadqiqotda postnatal davrda pnevmoniyadan vafot etgan chaqaloqlarda immun tizimning markaziy organi bo‘lgan timus hamda stressga javob endokrin markazi – buyrak usti bezining gistostrukturaviy o‘zgarishlari o‘rg…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tadqiqotda postnatal davrda pnevmoniyadan vafot etgan chaqaloqlarda immun tizimning markaziy organi bo‘lgan timus hamda stressga javob endokrin markazi – buyrak usti bezining gistostrukturaviy o‘zgarishlari o‘rg… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
gistologiya, chaqaloq pnevmoniyasi, endokrin javob, immun disfunktsiya, timus, buyrak usti bezi, hujayraviy o‘zgarish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники