Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHAQALOQLARDA PRENATAL VA POSTNATAL DAVRDA UCHRAYDIGAN PNEVMONIYA HOLATIDA BUYRAK USTI BEZI VA TIMUSNING MORFOFUNKTSIONAL O‘ZGARISHLARI.
TIMUSNING MORFOFUNKTSIONAL O‘ZGARISHLARI. · O’rinbayev Jumabay Tileubayevich
Академические исследования в современной науке · 211 · 14–21 · 2021
Аннотация
Ushbu ilmiy ish 2021–2024 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Patologik anatomiya byurosida olib borilgan autopsiya ma’lumotlari asosida chaqaloqlar orasida uchraydigan pnevmoniya holatlarida buyrak usti bezi va timusdagi morfofunktsional o‘zgarishlarni aniqlashga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida 101 ta 0–12 oylik davrda vafot etgan chaqaloqning morfologik, gistologik va gistometrik ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Olingan natijalar chaqaloqlarda immun va endokrin tizim funksiyasining keskin buzilishi fonida yuzaga keladigan pnevmoniya patogenezini chuqur anglashda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: chaqaloq o‘limi, pnevmoniya, buyrak usti bezi, timus, gistologiya, morfometriya, immun tanqislik So‘nggi yillarda chaqaloqlar orasida pnevmoniya bilan bog‘liq o‘lim holatlari jiddiy tibbiy va ijtimoiy muammolardan biriga aylanmoqda. Bu holat ayniqsa postnatal davrda kuzatiladi va ko‘pincha klinik tashxisdan oldin yoki uning kech qo‘yilishi fonida yuz beradi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning immun va endokrin tizimlari yetarlicha shakllanmagan bo‘ladi, bu esa ularning kasallikka qarshi kurashish imkoniyatini keskin pasaytiradi. Tadqiqotda timus va buyrak usti bezining morfofunktsional o‘zgarishlarini o‘rganish orqali bu kasalliklar mexanizmini aniqlash maqsad qilindi. Materiallar va metodlar Tadqiqot uchun asosiy material sifatida 2021–2024 yillar oralig‘ida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Patologik anatomiya byurosida o‘tkazilgan autopsiyalar asosida to‘plangan chaqaloqlarning (0 oydan 12 oygacha bo‘lgan yoshdagi) jasadlari tanlab olindi. Tadqiqotga umumiy hisobda pnevmoniyaning turli shakllaridan vafot etgan 101 nafar chaqaloq jasadi kiritildi. Ular orasida 54 tasi o‘g‘il (53,6%) va 57 tasi qiz (56,4%) bolalardan iborat bo‘lib, jinsiy nisbat tengga yaqin bo‘ldi. Bu yosh oralig‘i bolalarda nafaqat organlar shakllanishining faol bosqichi, balki immun va endokrin tizimlarning fiziologik aktivlashuvi bilan ham xarakterlanadi. 158 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Autopsiya metodikasi Tadqiqot davomida patologik anatomik tekshiruvlar klassik Shor usuli asosida amalga oshirildi. Har bir chaqaloq jasadi makroskopik jihatdan to‘liq ko‘zdan kechirildi: tana uzunligi, og‘irligi, tananing umumiy tuzilishi, teri rangi va turgori, shilliq qavatlarning holati, teri osti yog‘ qatlamining rivojlanish darajasi, bosh suyagining holati va likildoqlarning yopilish darajasi baholandi. Ko‘krak va qorin bo‘shliqlari organlari joylashuvi, ularning o‘zaro nisbati va makroskopik ko‘rinishi alohida qayd qilindi. Thymus (ayrisimon bez) va glandula suprarenalis (buyrak usti bezi) har bir jasaddan ehtiyotlik bilan ajratib olindi, ularning anatomik parametrlari (o‘lchami, rangi, shakli, sirt tuzilishi) qayd etildi. Xususan: Thymus: segmentlarning soni, kapsula qalinligi, korteks va medullaning nisbiy nisbati. Buyrak usti bezi: po‘stloq va mag‘iz qavatlar o‘zaro chegarasi, qon tomirlari to‘yinganlik darajasi va stroma-hujayra nisbati. Gistologik tekshiruvlar Olingan to‘qima namunalar 10% neytral formalin eritmasida kamida 72 soat davomida fiksatsiyalandan so‘ng, ular oshib boruvchi etanol konsentratsiyasida suvdan tozalandi va parafinga quyildi. Har bir to‘qimadan 4– 5 mkm qalinlikdagi kesmalar tayyorlanib, ular gematoksilin–eozin bo‘yicha bo‘yab, Carl Zeiss Primostar mikroskopi yordamida mikroskopik tekshiruvdan o‘tkazildi. Gistologik baholash quyidagilarga asoslandi: Timusdagi kortikal va medullary zonalarning nisbatlari; Limfoid infiltratsiya darajasi; Gistostrukturaning yaxlitligi; Buyrak usti bezidagi zona glomerulosa, zona fasciculata va zona reticularis chegaralari; Kapillyar va sinuzoidal qon tomirlar holati. Gistometrik tahlil Morfometrik o‘lchovlar punktatsion (nuqtali) hisoblash usuli asosida amalga oshirildi. Har bir struktur birlik uchun x (tushgan nuqtalar soni) va z (umumiy nuqtalar soni) parametrlar aniqlanib, ular asosida Vv (to‘qima hajmiy nisbati) quyidagi formulalar bilan hisoblandi: Vv = x / z ε = (x / z – P) × 100 ε = t × √Pq / z 159 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Bu erda: P – o‘rganilayotgan struktur elementga to‘g‘ri keladigan nuqtalarning nisbati, q – qolgan struktur birliklarga to‘g‘ri keladigan nuqtalar nisbati, t – statistik dispersiya koeffitsiyenti (t-student), ε – hisoblashdagi mumkin bo‘lgan xatolik darajasi (foizda). Hisoblashlar SPSS dasturida statistik tahlillar bilan tekshirib borildi, p < 0.05 qiymat asosida ishonchlilik baholandi. Natijalar va muhokama Histologik kuzatuvlar natijasida quyidagi holatlar aniqlanadi: Timus bezida: subkapsulyar zonalarda limfoid elementlar sonining kamayishi, retikuloepitelial hujayralarning proliferatsiyasi va gistologik strukturaviy segmentlarning chegaralanmaganligi kuzatildi. Bu holatlar chaqaloqlarda kuchli immun tanqislik belgilarining morfologik ko‘rinishidir. Buyrak usti bezida: po‘stloq qavatda glomerulyar zonaning ingichkalashuvi, fascikulyar zonada hujayralarning de
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy ish 2021–2024 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Patologik anatomiya byurosida olib borilgan autopsiya ma’lumotlari asosida chaqaloqlar orasida uchraydigan pnevmoniya holatlarida buyrak usti bezi va ti…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy ish 2021–2024 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Patologik anatomiya byurosida olib borilgan autopsiya ma’lumotlari asosida chaqaloqlar orasida uchraydigan pnevmoniya holatlarida buyrak usti bezi va ti… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- gistologiya, chaqaloq o‘limi, buyrak usti bezi, timus, immun tanqislik, morfometriya, pnevmoniya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024