К содержанию
РецензированоUZ2026

ANTIBIOTIKLARGA REZISTENTLIK: GLOBAL XAVF VA PROFILAKTIKA YOʻLLARI

PROFILAKTIKA YOʻLLARI · Mansurova Maftuna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Antibiotiklar bakterial infeksiyalarni davolashda keng qo‘llaniladigan va inson salomatligini saqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dorilardir. So‘nggi yillarda antibiotiklarga nisbatan mikroorganizmlarda rezistentlikning (qarshilikning) ortishi global sog‘liqni saqlash tizimiga jiddiy tahdid solmoqda. Ushbu maqolada antibiotiklarga rezistentlikning asosiy sabablari, global miqyosdagi oqibatlari hamda uning oldini olish va nazorat qilish yo‘llari muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: antibiotik, rezistentlik, infeksiya, oqilona foydalanish, sog‘liqni saqlash, profilaktika XX asrda antibiotiklarning kashf etilishi insoniyat tarixida tibbiyot sohasidagi eng muhim yutuqlardan biri bo‘ldi. Ular ko‘plab og‘ir bakterial kasalliklarni davolashga imkon berdi. Biroq, antibiotiklarning noto‘g‘ri, haddan tashqari va nazoratsiz qo‘llanilishi natijasida ko‘plab mikroorganizmlar ushbu dorilarga nisbatan rezistent shaklga keldi. Bu esa mavjud antibiotiklarning samaradorligini pasayishiga va yangi xavfli infeksiyalarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Antibiotiklarga rezistentlikning asosiy sabablari 1. Noto‘g‘ri va ortiqcha foydalanish Antibiotiklarning virusli kasalliklarda (masalan, gripp, O‘RVI) asossiz ishlatilishi mikroblarda qarshilik xususiyatini shakllantiradi. 2. Davolash kursining to‘liq o‘tkazilmasligi Bemorlar o‘zini yaxshi his qilganidan so‘ng davo kursini to‘liq tugatmasligi natijasida bakteriyalar omon qolib, kuchliroq shaklga aylanadi. 3. Veterinariya va qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi Chorvachilikda antibiotiklardan o‘sishni rag‘batlantirish yoki kasalliklarning oldini olish maqsadida foydalanilishi bilan ularning izlari oziq- ovqat mahsulotlari orqali inson organizmiga tushadi. 4. Gigiyena va sanitariya qoidalarining buzilishi Kasalxonalarda tozalik qoidalariga amal qilinmasligi antibiotiklarga chidamli kasalliklar tarqalishiga sabab bo‘ladi. Global oqibatlar 23 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Infeksiyalarni davolash qiyinlashadi: Oddiy bakterial kasalliklar ham jiddiy xavfli holatlarga olib keladi. Yangi antibiotiklar ishlab chiqish zarurati ortadi: Ammo bu jarayon uzoq vaqt va katta mablag‘ talab qiladi. Sog‘liqni saqlash tizimiga iqtisodiy zarar: Davolanish muddati uzayadi, murakkab davo choralari zarur bo‘ladi. O‘lim darajasi ortadi: JSST ma’lumotiga ko‘ra, hozirda yillik 700 ming odam AR tufayli vafot etmoqda, bu raqam 2050-yilga borib 10 millionga yetishi mumkin. Profilaktika va nazorat choralar. 1. Antibiotiklardan oqilona foydalanish Faqat shifokor ko‘rsatmasi bilan va bakterial infeksiyalarda qo‘llash Davolash kursini to‘liq yakunlash 2. Ta’lim va xabardorlikni oshirish Aholi va tibbiyot xodimlariga antibiotiklar, ularning samaradorligi va noto‘g‘ri ishlatish oqibatlari haqida tushuncha berish. 3. Monitoring va nazorat tizimi Davlat darajasida antibiotiklarga chidamli bakteriyalar ustidan nazorat o‘rnatish, statistik ma’lumotlar yig‘ish. 4. Yangi dori vositalarini ishlab chiqish Ilmiy tadqiqotlar orqali yangi avlod antibiotiklari, vaksinalar, probiotiklar va bakteriofaglar yaratish zarur. 5. Sanitariya-gigiyena talablari Kasalxona va jamoat joylarida tozalik, antiseptika va dezinfeksiya choralariga qat’iy amal qilish. Xulosa: Antibiotiklarga rezistentlik insoniyat salomatligiga tahdid solayotgan dolzarb global muammolardan biridir. Bu muammoning oldini olish uchun kompleks yondashuv zarur: tibbiyot sohasidagi islohotlar, ta’lim-tarbiya ishlari, farmatsevtik nazorat va ilmiy izlanishlar muhim o‘rin tutadi. Antibiotiklardan oqilona foydalanish orqali biz ularning kelajak avlodlar uchun ham samaradorligini saqlab qola olamiz. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. World Health Organization (WHO). "Antimicrobial resistance: global report on surveillance." 2020. 2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. "Antibiotiklardan oqilona foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma." Toshkent, 2023. 3. Ventola, C. L. “The Antibiotic Resistance Crisis.” Pharmacy and Therapeutics, 2015. 24

Доказательный фрагмент

«Antibiotiklar bakterial infeksiyalarni davolashda keng qo‘llaniladigan va inson salomatligini saqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dorilardir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Antibiotiklar bakterial infeksiyalarni davolashda keng qo‘llaniladigan va inson salomatligini saqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dorilardir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
profilaktika, antibiotik, rezistentlik, sog‘liqni saqlash, oqilona foydalanish, infeksiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники