К содержанию
РецензированоUZ2026

TOMAS HARRIS ASARLARIDA PSIXOLOGIK TRILLER JANRI AN’ANALARI

EDUCATION SYSTEM · Samandarova Sojida Furqat qizi

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

Mazkur maqoladan psixologik metod tamoyillariga tayanilgan holda amerikalik yozuvchi Tomas Harrisning Gannnibal Lekter tetrologiyasi misolida triller janrining xususiyatlari va yozuvchi tomonidan qo’llanilgan janrga xos badiiy-uslubiy vositalar tahlili o’rin olgan. Harrisning o’tkir syujetli trillerlari orqali qahramon badiiy psixologizmini tadqiq etish badiiy adabiyotning ahamiyatini yuksaltirishda muhim oʻrin tutadi. Kalit so’zlar: psixologik triller, manipulyatsiya, chiller janri, saspens, prototip Triller – adabiyot va kino sohasida yaratilayotgan asarlar janri boʻlib, u tomoshabin yoki kitobxonlarda xavotirli kutuv, hayajon yoki qoʻrquv hislarini uygʻotadi. Ushbu janrning oʻziga xos xususiyatlari mavjud boʻlsa ham aniq chegaralari yoʻq. Triller elementlari boshqa janrlardagi asarlarda, boshqa janrlarning elementlari esa trillerda keng qoʻllaniladi. Trillerni tagjanrlarga boʻlish mavzuviy oʻziga xosliklarga asoslanadi, umumiy qaralganda ular janrning asosiy xususiyatlariga mos keladi. Jeyms Patterson yozganidek, “Triller janrida yangidan-yangi turlar paydo boʻlmoqda va tarkibiy kengayishning ijobiy qabul qilinishi janrning oʻlmas xususiyatlaridan biridir. Kuchli his-tuygʻular, ayniqsa, hadik va shodlik, hayajon va nafasning ichga tushib ketishi trillerning turfa xil tagjanrlarni yagona “tom” ostida birlashtiradi” [6;4]. Psixologik triller e’tiborni qahramonlar ruhiyatiga qaratuvchi, tomoshabin yoki kitobxonni ruhan manipulyatsiya qiluvchi triller janridagi roman yoki kinofilmdir [5]. Qahramonning ruhiy holatidagi sezgilar, oʻy- xayollar, buzib koʻrsatilgan haqiqatning asl koʻrinishini anglab yetish yoʻlidagi qiyinchiliklar kabi evrilishlar janrning asosiy belgilaridir. Qoʻrquv va xavotir ruhiy taranglikni kutilmagan usullar orqali kuchaytiradi. Qahramonlarning keyingi xatti-harakatlarining, dunyoni qanday koʻrishlarining noma’lumligi taranglikning susaymasligini ta’minlab turadi. Asosan psixopat (“Qoʻzichoqlar sukunati”dagi Gannibal Lekter) yoki bir necha shaxsiyatga ega inson (“Qizil ajdarho”dagi Frensis Dolarhayd) sifatida tasvirlanuvchi yovuz qahramonning qaytib kelib, qahramonlarni abadiy ta’qib etishini ifodalovchi ochiq va dahshatli 48 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference xotima psixologik trillerga xos xususiyatdir. Unda oddiy detektiv romanlarda ochiqlanmay qolib ketadigan yashirin koʻrinishlar fosh etiladi. Unda dunyo adolatsizlik, azob-uqubat va zoʻravonliklarga toʻla koʻrinishda aks ettiriladi. Yovuz qahramon oʻzgalarning dardi ustidan kulishni istaydi, vaqtichogʻlik va hayratomuz taassurotlar ilinjida boʻladi. Jeyms Frey mukammal tarzda yozilgan psixologik trillerlarning e’tibor markazida yovuq qahramonning psixologiyasi turishini va noma’lumliklar orqali sekin-asta taranglik mustahkamlanib borishini e’tirof eta turib, koʻpincha qoʻrqinchli janrda yaratilgan ijod mahsullarining salbiy kutib olinishini istamay, uning psixologik triller deya tavsiflashini, aynan shu holat adabiy tanqidchilarning asarning adabiy qimmatini oshirish maqsadida psixologik triller deb atashida ham namoyon boʻlishini ilova qilib oʻtadi [1;248]. Psixologik trillerni oddiy trillerdan ajratib turuvchi xususiyatlar kitobxonning butun diqqaini jalb etuvchi jumboqli holatlar va xunrezliklarning koʻpligida aks etadi. Ushbu janr uchun doimiy tahdid muhiti va nogahon yuz beruvchi zoʻravonlik, jinoyat va qotillik harakatlari, bosh qahramonlar esa xavf-xatar hamda zoʻravonlikka odatlanmagan oddiy odamlar (Mettyu Bennon – talaba; Kleris Starling – kursant; Uill Grexem – tergovchi) boʻlishadi. Syujet asosida bosh qahramonning tinch va xotirjam hayoti kutilmaganda allaqanday tushunarsiz hamda nazorat qilib boʻlmas yovuzlik ta’sirida algʻov-dalgʻov boʻlib ketishi, turli xatarli vaziyatlarga tushishi yotadi. Psixologik trillerning boshqa qoʻrqinchli janrlardan, jumladan, chiller janridan asosiy farqi ham undagi yovuz qahramonning haqiqiyligidadir. Masalan, Meksika qamoqxonasida faoliyat yuritgan shifokor seriyali qotil Gannibal Lekter obrazi uchun prototip bo’lib xizmat qilgan. Stiven Kingning chiller janridagi “U” romanida esa yovuz qahramon sifatida olingan qonxoʻr “masxaraboz” esa oʻz koʻrinishini oʻzgartira oluvchi afsonaviy mavjudot va vampirga oid xususiyatlarni oʻzida jamlagan. Porstmut universiteti professori Kristofer Pittard detektiv asarlar bilan bir qatorda psixologik triller janri, uning mohiyati va tadrijiy taraqqiyoti boʻyicha ham tadqiqot olib boradi. Uiley nashriyotida chop etilgan “Gotika ensiklopediyasi”ga psixologik triller atamasini hamda uning ilmiy tavsifini aynan Kristofer Pittard kiritgan boʻlib, u oʻz maqolasida janrning gotik uslub bilan uzviy jihatlarini ham sanab oʻtgan. Uning ta’kidlashicha, psixologik triller gotika bilan ikki tomonlama bogʻliqlik kasb etadi [4;531-533]. Birinchidan, detektiv adabiyotning adabiy analoglari sifatida psixologik trillerlar va gotik asarlar umumiy ildizga ega. Detektiv adabiyot gʻayritabiiy unsurlarga ratsionalistik yond

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqoladan psixologik metod tamoyillariga tayanilgan holda amerikalik yozuvchi Tomas Harrisning Gannnibal Lekter tetrologiyasi misolida triller janrining xususiyatlari va yozuvchi tomonidan qo’llanilgan janrga x…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqoladan psixologik metod tamoyillariga tayanilgan holda amerikalik yozuvchi Tomas Harrisning Gannnibal Lekter tetrologiyasi misolida triller janrining xususiyatlari va yozuvchi tomonidan qo’llanilgan janrga x… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
manipulyatsiya, psixologik triller, chiller janri, saspens, prototip
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники