Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUDJET DEFITSITINI QOPLASHDA DAVLAT QIMMATLI QOG‘OZLARI MUOMALASINING ROLI
QOG‘OZLARI MUOMALASINING ROLI · Ashurova Dilfuza Muradillayevna
Роль цифровой экономики и современного образования в развитии науки и техники, а также факторы развития · 2025
Аннотация
Mamlakatda budjet defitsitini moliyalashtirish masalasi fiskal barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan davlat qimmatli qog‘ozlari muomalasining samarali tashkil etilishi budjet defitsitini qoplashning eng muhim moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi. Ushbu tezisda davlat qimmatli qog‘ozlarining turlari, ularning moliya bozoridagi o‘rni, emissiya mexanizmlari va ular orqali budjet defitsitini moliyalashtirish jarayonlari o‘rganildi. Davlat qimmatli qog‘ozlari orqali mablag‘ jalb qilish davlatning qo‘shimcha resurslarga ega bo‘lishini, ichki moliya bozorida likvidlikni oshirishini va moliya barqarorligini ta’minlash imkonini beradi. Tadqiqot davomida O‘zbekiston budjet defitsitini qoplashda davlat qimmatli qog‘ozlari muomalasining amaldagi holati va yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilinib, ularni hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, qimmatli qog‘ozlar bozorining infratuzilmasini rivojlantirish, investorlarni jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida elektron savdo tizimlarini kengaytirish zarurligi asoslab berildi. Kalit soʻzlar: Budjet defitsiti, davlat qimmatli qog‘ozlari, moliyalashtirish, fiskal siyosat, ichki qarz, obligatsiyalar, foiz stavkalari, makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy xavfsizlik, davlat moliyasi, qimmatli qog‘ozlar bozori, budjet taqchilligi. Hozirgi davrda davlat moliyasini samarali boshqarish, fiskal barqarorlikni ta’minlash va makroiqtisodiy muvozanatni ushlab turish mamlakatlarning iqtisodiy siyosatida eng ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib kelmoqda. Davlatning 7-To’plam 1-son Iyul , 2025 408 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari budjet siyosatini amalga oshirishda tushumlar va xarajatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi. Biroq iqtisodiy rivojlanishning turli bosqichlarida davlat xarajatlari daromadlarga nisbatan oshib ketishi natijasida budjet defitsiti yuzaga keladi. Budjet defitsitini moliyalashtirish davlat uchun dolzarb vazifalardan biri bo‘lib, uning oqilona boshqarilishi mamlakatning moliyaviy barqarorligini saqlab turish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda budjet defitsitini moliyalashtirishning turli manbalari mavjud bo‘lib, ularning ichida davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish va ularni ichki moliya bozorida joylashtirish eng samarali moliyalashtirish manbalaridan biri hisoblanadi. Chunki davlat qimmatli qog‘ozlari orqali jalb qilinadigan mablag‘lar davlatning qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ega bo‘lishini, moliya bozorida likvidlikni oshirishni va iqtisodiyotdagi moliyaviy oqimlarni tartibga solishni ta’minlaydi. Shu bilan birga, davlat qimmatli qog‘ozlari milliy moliya bozorini rivojlantirish, investorlar uchun xavfsiz investitsiya manbai yaratish va ichki moliya bozorida faoliyat yurituvchi subyektlarning faoliyatini rag‘batlantirish imkonini beradi. Xorijiy davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, davlat qimmatli qog‘ozlari orqali budjet defitsitini moliyalashtirishning ustuvorligi va samaradorligi mamlakatda moliya bozorining rivojlanish darajasi, qimmatli qog‘ozlar bozorining likvidligi va ularni boshqarish tizimining samaradorligi bilan bevosita bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi rivojlanayotgan mamlakat sifatida iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, moliya bozorini rivojlantirish va ichki resurslarni safarbar etish orqali iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirishga intilib kelmoqda. Davlat budjeti xarajatlari doimiy ravishda ijtimoiy sohaga yo‘naltiriladigan mablag‘larni ko‘paytirish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olishi tufayli budjet defitsiti yuzaga kelishi tabiiy jarayon hisoblanadi. Shu bois davlat qimmatli qog‘ozlari orqali budjet defitsitini qoplash dolzarb masala sifatida o‘rganilishi zarur. Hozirgi kunda O‘zbekistonda davlat qimmatli qog‘ozlari orqali mablag‘ jalb qilish amaliyoti bosqichma- 7-To’plam 1-son Iyul , 2025 409 Ilm fan taraqqiyotida raqamli iqtisodiyot va zamonaviy ta'limning o'rni hamda rivojlanish omillari bosqich rivojlanib bormoqda. Jumladan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan davlat qimmatli qog‘ozlari emissiyasi, ularni joylashtirish va ularni boshqarish bilan bog‘liq mexanizmlar takomillashtirilmoqda. Shu bilan birga, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida investorlarni jalb qilish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish va ularning likvidligini oshirish bo‘yicha chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Biroq amaliyotda hali ham bir qator muammolar mavjud bo‘lib, ular davlat qimmatli qog‘ozlari orqali budjet defitsitini moliyalashtirish samaradorligini to‘liq ta’minlash imkonini bermaydi. Jumladan, qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlar sonining kamligi, ikkilamchi bozorning rivojlanmaganligi, emissiya hajmlarining cheklanganligi, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida elektron savdo tizimlarining to‘liq joriy etilmaganligi kabi muammolar mavjud. Shu sababli davla
Доказательный фрагмент
«Mamlakatda budjet defitsitini moliyalashtirish masalasi fiskal barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMamlakatda budjet defitsitini moliyalashtirish masalasi fiskal barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- budjet taqchilligi., makroiqtisodiy barqarorlik, davlat qimmatli qog‘ozlari, davlat moliyasi, obligatsiyalar, iqtisodiy xavfsizlik, qimmatli qog‘ozlar bozori, Kalit soʻzlar: Budjet defitsiti, fiskal siyosat, moliyalashtirish, ichki qarz, foiz stavkalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026