Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
KUNJUT-YURAKDAN OSHQOZONGACHA BO‘LGAN SHIFO MANBAI
Abduraxmonova Diyora · Ilmiy rahbar: Mardonov Fozil
Talqin va tadqiqotlar · 2026
Аннотация
В данной статье освещаются строение, распространение и полезные свойства семян кунжута, широко применявшихся в древней медицине. На основе научных источников проанализирована роль кунжута в укреплении сердечно-сосудистой системы, пищеварения и иммунитета. Также приведены сведения о положительном влиянии биоактивных веществ, витаминов и минералов, содержащихся в кунжуте, на организм человека. Статья может быть полезна для людей, стремящихся к здоровому образу жизни, интересующихся натуральными продуктами и желающих углубить знания о народной медицине. Ключевые слова: кунжут, сердечно-сосудистая система, семена, витамины, пищеварение, кунжутное масло, антиоксиданты. ~ 180 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 7(65) Kunjut (Sesanum indicum) qadim zamonlardan beri insoniyat tomonidan oziq- ovqat va tabobatda foydalanib kelinayotgan dorivor o‘simliklardan biridir. U Pedaliaceae – kunjutguldoshlar oilasiga mansub bo‘lib, tropik va subtropik iqlim sharoitida yaxshi rivojlanadi. O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda kunjut ekiniga bo‘lgan qiziqish ortib, uni dorivor va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan ekin sifatida yetishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kunjut bo`yi 60-100 sm ga yetadigan o`t o`simlik. Poyasi tik o`suvchi, tukli, yashil yoki qizg`ish, 4-8 qirrali. Bargi oddiy tekis qirrali. Guli yirik. 1-3 ba’zan beshtadan barq qo`ltig`ida joylashgan. Mevasi 4-8 xonali chanoq. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Mevasi avgust-sentabrda yetiladi. Kunjutning vatani Janubi-g`arbiy Afrika, O`rta Osiyo respublikalarida, Zakavkaziya, Qrim, Krasnodarsk o`lkasida, Ukrainada va Moldaviyada ekiladi. Kunjut eng qimmatli moyli ekinlardan hisoblanadi.Urug`i tarkibida 60% gacha moy, 16-19 foiz oqsil va 16-17 foiz azotsiz moddalar, E vitamin, faktor – T, sezamin, sezamon, sezamanin va boshqa moddalar bo`ladi. Kunjut moyi 3-6 ℃ temperaturada qotadigan sariq raangli suyuqlik bo`lib, yarim quruvchi moylarga kiradi. Solishtirma og`irligi 0,9197-0,9260, refraksiya soni 1,4731-1,4760, kislota soni 1,4-10, sovunlanish soni 185,5-195, yod soni 103-116. Moy tarkibida alien, linol, pavletin, stearin, araxin va lignotserin kislotaarining glitsiridlari uchraydi. Kunjut issiqsevar, yorug`sevar o`simlik bo`lib, qisqa kunda o`sadi. O`zbekiston- da “Toshkent-112” navi ekiladi. Kunjut bir bor ekilgan yerga 6-7 yildan keyin qayta ekiladi, chunki kasalliklar va zararkunandalar bilan ko`p shikastlanadi. Kunjutning sog‘liq uchun eng muhim foydalaridan biri — yurak-qon tomir tizimiga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siridir. Uning tarkibidagi to‘yintirilmagan yog‘ kislotalari qon bosimini me’yorlashtirishga, xolesterin miqdorini pasaytirishga yordam beradi. E vitamini va sesamin kabi moddalarning antioksidant xususiyatlari yurak mushaklarini erkin radikallardan himoya qiladi, qon tomirlar devorlarini mustahkamlaydi. Shu sababli yurak xastaligi xavfi kamayadi. Kunjut tarkibidagi moddalarning immunitet tizimini kuchaytirishdagi roli ham muhimdir. Ayniqsa, antioksidantlar — tokoferol (E vitamini) va sesamol kabi moddalar hujayralarni erkin radikallardan himoya qiladi, yallig‘lanishga qarshi kurashadi. Temir va rux esa qon tarkibini yaxshilash orqali organizmning kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi. Kunjut yog‘i kosmetologiyada keng qo‘llaniladi. U terini oziqlantiradi, namlaydi va yoshartiradi. Kunjutdagi antioksidantlar terining qarish jarayonini sekinlashtiradi. Sochlar uchun ham foydali bo‘lib, ildizlarni mustahkamlash, to‘kilishni kamaytirish va o‘sishni rag‘batlantirishda yordam beradi. Shu sababli kunjut yog‘i ko‘plab tabiiy kosmetik vositalar tarkibiga kiritilgan. ~ 181 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 7(65) Kunjut bilan bir xil oila – Pedaliaceae ga mansub boshqa o‘simliklar ham mavjud bo‘lib, ularning ayrimlari xalq tabobatida ishlatiladi. Jumladan, Sesamum radiatum turidagi o‘simlik ham kunjutga o‘xshash dorivor xususiyatlarga ega. Ular tarkibida ham xuddi kunjutga o‘xshash biofaol moddalar mavjud bo‘lib, ovqat hazm qilish va yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xulosa: Kunjut (Sesanum indicum) qadim zamonlardan buyon inson salomatligi uchun foydali o‘simlik sifatida qadrlanib kelmoqda. Uning urug‘lari nafaqat oziq- ovqat sanoatida, balki xalq tabobatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, kunjut urug‘lari o‘zining noyob kimyoviy tarkibi — yuqori miqdordagi to‘yintirilmagan yog‘ kislotalari, vitaminlar (ayniqsa E, B guruhi), minerallar (kaltsiy, temir, magniy, rux) hamda antioksidant moddalari bilan inson organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kunjutning yurak-qon tomir tizimini mustahkamlovchi xususiyatlari, qon bosimini me’yorlashtirishi va "yomon" xolesterin miqdorini kamaytirishi, uni yurak xastaliklari profilaktikasida muhim o‘rin egallashiga sabab bo‘ladi. Ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashi, ichak faoliyatini faollashtirishi va qabziyatning oldini olishi esa uni sog‘lom ovqatl
Доказательный фрагмент
«В данной статье освещаются строение, распространение и полезные свойства семян кунжута, широко применявшихся в древней медицине.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье освещаются строение, распространение и полезные свойства семян кунжута, широко применявшихся в древней медицине. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sesame, cardiovascular system, seeds, vitamins, digestion, sesame oil
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеФУНКЦИОНАЛЬНЫМИ ГЛАГОЛАМИ, Рисаева Оксана2016
Иностранная филология: язык, литература, образованиеИНГЛИЗЧА ТАРЖИМАДА БЕРИЛИШИ, Касимова Раъно Рахматуллоевна2016
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021