Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
QO‘QON JADIDLARI TOMONIDAN TASHKIL ETILGAN JURNALLAR
Xamraqulov Serobjon Soliyevich · T.f.f.d. (PhD)
Talqin va tadqiqotlar · 1906
Аннотация
Maqolada Turkistonda jadidchilik va matbuotning shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek, o‘lkaning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Qo‘qon shahrida jadidlarning davriy matbuotning shakllanishi va rivojlanishiga qoshgan hissasi yoritib o‘tilgan. Tadqiqot jarayonida tarixiylik tamoyili, qiyosiy tahlil, tizimlashtirish, tasniflash, muammoviy-xronologik hamda fanlararo yondashuv kabi usullardan foydalanilgan. Bu davrda Qo‘qon shahrida chop etilgan “Kengash”, “Yurt”, “Hurriyat” kabi jurnallar va “Oktyabr varaqasi”, “Qizil yoshlar”, “Tutqun” kabi varaqalar xaqida ma’lumotlar berib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Jadidlar, Qo‘qon shahri, jurnallar,varaqalar, davriy matbuot XIX asr 90 yillarida Turkistonga kirib kelgan jadidchilik harakati o‘lkani har tomonlama o‘zgarishiga xizmat qildi. Ma’lumki,bu davrda Turkiston Rossiya imperiyasi asoratida bo‘lib ruslar o‘lkada jadidlarning faoliyatiga to‘sqinlik qildi. Ammo jadidlar bunga qaramay faoliyatlarini rivojlantirdilar.O‘lkaning Toshkent, Qo‘qon, Samarqand kabi katta shaharlarida jadidlar ta’sis etgan yangi usul maktablari rivojlanib jadidlar soni oshib bordi.O‘lka jadidlari shuni anglab yettilarki, faqat maktablarda o‘quvchilarni o‘qitish bilangina xalqni ma’rifatli qiqlib bo‘lmaydi,maktabda faqat o‘quvchilarni ma’rifatli qiqlish mumkin,ammo ommani marifatli qilish uchun boshqa vositalardan ham foydalanish kerak. Ular bu borada matbuotdan keng va unumli foydalandilar.Turkistonda gazetachilik yangilik bo‘lmay,1870 yildan boshlab Turkiston General Gubernatori nazorati ostida “Turkistanskie vedomosti” gazetasi chop etila boshlangan bo‘lsada[], u jadidlarning hurfikrligiga yo‘l bermas edi. Shu boisdan 1906 yildan boshlab o‘lkaning Toshkent, Qo‘qon, Smamrqand shaharlarida ham jadidlar tomonidan mustaqil gazetalar chop etila boshlandi.Bu o‘rinda albatta jadidlar va o‘lkadagi mahalliy sarmoyadorlar xizmatini ta’kidlab o‘tish joiz. 1876 yilda Qo‘qon xonligi tugatilib, uning o‘rnida Farg‘ona viloyati tashkil etilgach, viloyat markazi sifatida Qo‘qon emas balki Skobelev (Yangi Marg‘ilon) belgilandi. Ammo Qo‘qon shahri xonlik markazi sifatida o‘z salohiyatini yo‘qotmagan edi. Bu yerdagi sarmoyadorlarning rus burjuaziyasi bilan hamkorligi hududda yangi madaniyatning ham shakllanishiga olib keldi. Bular qatoriga davriy matbuotni ham qo‘shib o‘tish mumkin. ~ 146 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 7(65) Bu davrda Qo‘qon shahrida jadidlar tomonidan “Sadoi Farg‘ona”, “Tirik so‘z”, “El bayrog‘i”, Ravnaqul – islom” kabi gazetalar chop etila boshlandi[2]. Turkistonda gazetalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgach, asta – sekinlik bilan jurnallar ham chop etila boshlandi. Bular sirasiga “Oyina”, “Al- Izoh”, “Al –Isloh” larni misol sifatida keltirib o‘tish mumkin. Qo‘qonda ham bu davrda bir nechta jurnallar chop etilgan. Dastlabki mana shunday jurnallardan biri bu “Kengash” dir. U 1917 yil mart oyi oxirlaridan boshlab chop etila boshlagan [3:25-b]. Ikki haftada bir marta nashr etilgan. Muharriri Hamza Hakimzoda Niyoziy bo‘lgan. Jurnal Qo‘qon muallimlari tomonidan chiqarilgan. Jurnalning ikkinchi sonida bosilgan maqola boy va ulamolarga ma’qul tushmaganligi sababli Hamza jurnaldan chetlashtiriladi. Uning o‘rniga Rahimjon xoji Tursunmuhammad o‘g‘li muharrirlik qiladi. Jurnal 8 bet hajmda, toshbosmada 400 dona bosilar edi. Oltinchi sonidan so‘ng o‘z faoliyatini to‘xtatadi [4:391-b]. Bugungi kunda jurnalning uchta soni saqlanib qolgan. Qo‘qonda chop etilgan navbatdagi jurnal bu “Yurt” bo‘lib uning birinchi soni 1917 yilning 1 iyunidan chop etila boshlagan [5:42 -b]. Ushbu jurnal o‘z davrining salmoqli jurnallaridan biri hisoblangan. Uning shiori “Yashasin muhtoriyatli xalq jumhuriyati!” edi. Jurnal ikki qismdan iborat bo‘lgan. Uning birinchi qismida adabiyot, siyosat, ijtimoiy, tarixiy, huquqiy, ta’lim- tarbiya, oila masalalariga oid maqolalar o‘rin olgan bo‘lsa uning ikkinchi qismida qishloqlar va qishloqlar aholisining ijtimoiy muammo va masalalarini yorituvchi maqolalar o‘rin olgan. Bu holat jurnalning oddiy xalq orasida ommalashshishiga sabab bo‘lgan. Ashurali Zohiriy jurnalning muharriri va noshiri bo‘lib faoliyat yuritgan. Jurnalda o‘z davrining ziyolilaridan Axmad Zaki Validiy, Axmad Sardor, Shokirqul Muxtoriy, Subhiy va boshqalar o‘z maqolalari bilan ishtirok etganlar. Jurnal 16 betlik bo‘lib, mix bosmada ming nusha atrofida chop etilgan. Ziyo Saidning takidicha jurnal texnik jihatdan o‘z davrinng eng ko‘rkam jurnallaridan biri bo‘lgan. “Kengash” jurnali o‘z faoliyatini to‘xtatgandan so‘ng uning o‘rniga 1917 yil avgust oylarida “Hurriyat” nomli jurnal nashr etila boshlandi [3:21-b]. Ziyo Said Mahmudxo‘ja Rizoiy ushbu jurnalning bosh muharriri sifatida faoliyat yuritgan deb malumot bersa, tadqiqotchi B. Do‘stqoraev “Hurriyat” jurnali 1917 yilning 7 aprelidan chiqa boshlagani, uning dastlabki ikki soniga Hamza Hakimzoda Niyoziy muharrirlik qilib, noshiri Hoji Rahimjon Shodi bo‘lganligi xaqida ma’lumot beradi [4:39-b]. Ammo jurnal to‘rt soni chiqqandan
Доказательный фрагмент
«Maqolada Turkistonda jadidchilik va matbuotning shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek, o‘lkaning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Qo‘qon shahrida jadidlarning davriy matbuotning shakllanishi va rivojlanishiga q…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Turkistonda jadidchilik va matbuotning shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek, o‘lkaning eng yirik shaharlaridan biri bo‘lgan Qo‘qon shahrida jadidlarning davriy matbuotning shakllanishi va rivojlanishiga q… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- chop etila, chop etilgan, etila boshlandi, qon shahrida, matbuotning shakllanishi, biri lgan, davrda qon
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025