К содержанию
РецензированоUZ2026

QORAQALPOQ AMALIY SAN’ATI ORQALI KREATIV LOYIHALASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI · Babur Kalmuratov

Talqin va tadqiqotlar · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Qoraqalpoq amaliy san’ati vositasida talabalarning kreativ loyihalash qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi tahlil qilinadi. Milliy san’at elementlarini zamonaviy pedagogik va texnologik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish orqali talabalar ijodiy fikrlash, dizayn qilish va estetik didni shakllantirish bo‘yicha samarali ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada interaktiv va amaliy mashg‘ulotlar, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash hamda loyiha asosida o‘qitish metodlari orqali kreativlikni rivojlantirish bo‘yicha so‘z borgan. Kalit so‘zlar: Qoraqalpoq amaliy san’ati, kreativ loyihalash, innovatsion texnologiyalar, interaktiv mashg‘ulot, dizayn ta’limi, estetik tarbiya, milliy madaniyat, talabalar kompetensiyasi. Hozirgi kunda ta'lim tizimida talabalarning kreativ fikrlash va loyihalash qobiliyatlarini rivojlantirish muhim maqsadlardan biri hisoblanadi. Xususan, amaliy san'at sohasida yaratish va ijodiy yondashuvni o‘rganish talabalarning umumiy intelektual va estetik rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Qoraqalpoq amaliy san'ati, o‘zining rang-barangligi, an'anaviy uslublari va noyob texnikalari bilan, talabalarga yaratish jarayonida yangilikka intilish, estetik va ijodkorlikning uyg‘unligini ta'minlashda samarali vosita sifatida xizmat qiladi. Amaliy san'at orqali talabalarga nafaqat milliy madaniyatni o‘rgatish, balki ularga yangi g‘oyalar yaratish, innovatsion yondashuvlar va ijtimoiy hayotga mos keladigan yechimlarni topish imkoniyatlarini yaratish zarurati mavjud. Kreativ fikrlash va loyihalash, bugungi kunda butun dunyo ta'lim tizimida e'tibor qaratilayotgan asosiy ko‘nikmalardan biri bo‘lib, bu jarayonda an'anaviy san'at usullaridan foydalanish, talabalarni yangi g‘oyalarni yaratishga undaydi. Zamonaviy jamiyatda ta'limning asosiy maqsadi nafaqat bilimlarni berish, balki yoshlarni ijodkorlikka, yangilikka, kreativ fikrlashga o‘rgatishdir. Talabalarning loyihalash qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni nafaqat amaliy san'atga, balki har qanday sohada kreativ yechimlar ishlab chiqishga tayyorlashga yordam beradi. Xususan, Qoraqalpoq amaliy san'ati, uning tarixiy, madaniy va estetik qiymati talabalarga o‘zlarini ifoda etish, ijodkorlikni rivojlantirish, va yangi loyihalarni yaratishda ilhomlantirishi mumkin. ~ 137 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 7(65) Qoraqalpoq amaliy san'ati o‘zining o‘ziga xos shakllari, ranglari va naqshlari bilan mashhur bo‘lib, milliy an'analarning ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu san'at turidan foydalanish talabalarga quyidagi imkoniyatlarni beradi: - madaniy boylikni o‘rganishda, qoraqalpoq amaliy san'ati orqali talabalar o‘zlarining madaniy merosini o‘rganadilar. Bu esa ularning tarixiy va milliy identifikatsiyasini kuchaytiradi, shuningdek, kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi; - estetik ko‘nikmalarni oshirishda, ranglar, naqshlar va shakllar yordamida estetik sezgilarni rivojlantirish, tasavvur va ijodiy qobiliyatlarni oshirishda muhim ahamiyatga ega; - ko‘nikmalarni amaliy qo‘llashda esa, qoraqalpoq amaliy san’ati texnikalari va metodologiyalari orqali talabalar dizayn, rasm chizish, to‘qish va boshqa amaliy san'atlarga oid ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi. Talabalarni kreativ loyihalashga tayyorlash uchun amaliy san'at metodikalarini yaratish zarur. Quyidagi usullar bu jarayonni takomillashtirishga yordam beradi: Loyihaga asoslangan ta'limda, loyiha asosida o‘qitish metodikasi, talabalarga o‘z bilimlarini amaliy ishlarda qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Qoraqalpoq amaliy san'ati orqali talabalarga o‘zlarining yaratuvchan loyihalarini yaratish imkoniyatini berish, ularning kreativ fikrlashini oshirishga yordam beradi. Masalan, talabalar turli Qoraqalpoq naqshlarini loyihalashtirish va ularni zamonaviy dizaynlarga moslashtirish kabi vazifalarni bajarishlari mumkin. Interaktiv va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha, talabalarni amaliy san'atga jalb qilish, ularni bevosita san'atni yaratishga o‘rgatish muhimdir. Bunda ustozlar talabalar bilan birga bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishlari, san'at asarlarini yaratish jarayonini ko‘rsatishlari kerak. Shu bilan birga, talabalarning o‘z ijodiy fikrlari va loyihalarini amalga oshirishda yordam berish kerak. Talabalar uchun amaliy ustaxona mashg‘ulotlarini tashkil etish, ularni bevosita Qoraqalpoq amaliy san’ati — to‘qimachilik, zargarlik, yog‘och o‘ymakorligi, teri ishlari kabi yo‘nalishlar bilan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega. Ustaxona mashg‘ulotlarida talabalar quyidagi faoliyatlarni bajarishadi: Milliy naqshlar asosida eskizlar yaratish An’anaviy texnikalar bilan mato yoki buyum bezash Zargarlik elementlarini loyihalash Qo‘lda ishlov berish vositalaridan foydalanish Bu jarayonlar nafaqat ularning texnik ko‘nikmalarini, balki estetik tafakkurini ham rivojlantiradi. Ijodiy topshiriqlar va loyiha ishlarida, amaliy mashg‘ulotlarning samarali shakli bu — ijodiy topshiriqlarni individual yoki guruhiy tarzda bajarishdir. Misol uchun: “Qoraqalpoq

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Qoraqalpoq amaliy san’ati vositasida talabalarning kreativ loyihalash qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Qoraqalpoq amaliy san’ati vositasida talabalarning kreativ loyihalash qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
amaliy san, qoraqalpoq amaliy, san ati, amaliy mashg, loyihalash qobiliyatlarini, qobiliyatlarini rivojlantirish, mashg ulotlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники