К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QUVCHILARDA XX ASR AVANGARD SAN’ATINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK VA ESTETIK ASOSLARI

Г.а. Мамбеткадиров

Talqin va tadqiqotlar · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada XX asr avangard san’atining mazmun-mohiyati, uning san’atdagi yangilik sifatidagi o‘rni va o‘quvchilarda estetik tafakkurni shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, kubizm, futurizm, dadaizm, sürrealizm va boshqa yo‘nalishlar qisqacha tahlil qilingan. Maqolada avangard san’atni o‘rgatishning pedagogik asoslari, innovatsion va interaktiv metodlar orqali ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, san’atni yangicha anglashga undovchi metodik tavsiyalar ham berilgan. Kalit so‘zlar: Avangard san’ati, estetik tarbiya, kubizm, futurism, dadaizm, surrealism, ekspressionizm, abstrakt ekspressionizm, zamonaviy san’at yo‘nalishlari. San’at insoniyat madaniyatining ajralmas qismidir. Har bir davr san’atda o‘ziga xos yo‘nalishlar, oqimlar va shakllar bilan ifodalanadi. XX asrning birinchi yarmida san’atda yuzaga kelgan avangard harakati esa badiiy tafakkurda keskin burilish yasadi. An’anaviy san’at mezonlariga qarshi chiqish, yangicha ifoda vositalarini izlash, shakl va mazmunning erkinligi — bularning barchasi avangard san’atining asosiy xususiyatlaridir. Avangard (fransuzcha “avant-garde” — ilg‘or qo‘shin) tushunchasi dastlab harbiy sohada ishlatilgan bo‘lsa-da, keyinchalik bu atama san’atda yangilik va tajriba izlovchi oqimlar uchun qo‘llanila boshlandi. XX asr boshlarida bu yo‘nalish san’at, adabiyot, arxitektura va teatrda yangi ifoda usullarini yaratdi. Avangard harakati an’anaviy estetikani rad etib, modernizmning yangicha shakllariga asos soldi. XX asr avangard san’ati ko‘plab yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Ulardan ba'zilari quyidagilar: Futurizm – harakat, texnika va tezlikni madh etuvchi oqim. Kubizm – shakllarni geometrik qismlarga bo‘lib, ko‘p qirrali tasvir yaratish. Dadaizm – bema’nilik, ijtimoiy normaga qarshi chiqish. Surrealizm – ong osti, tushlar va fantaziyani san’atga olib kirish. Ekspressionizm – ruhiy holatni kuchli ifoda vositalari bilan berish. O‘quvchilarga ushbu yo‘nalishlar haqida asosli, tushunarli va vizual ko‘rinishda ma’lumot berish ularning tasavvurini boyitadi. Avangard san’ati o‘quvchilarda: An’anaviy fikrlashdan chiqib, yangicha qarashlarni rivojlantirish, badiiy tafakkur va tasviriy ifodani kengaytirish, kompozitsion mustaqillikni kuchaytirish imkonini beradi. Mazkur san’at yo‘nalishlari ~ 133 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 7(65) yordamida o‘quvchilar mavjud me’yorlarga qarshi tura olish, erkin ifoda va tahlil qilish ko‘nikmasini o‘zlashtiradilar. Avangard san’atini o‘rgatishda quyidagi yondashuvlar qo‘llanishi mumkin: Interfaol metodlar – klasterlar, rol o‘yinlari, debatlar; Tasviriy san’at darslarida tajriba ishi asosida kompozitsiyalar yaratish; San’at tarixidan namunalar bilan ishlash; Multimedia vositalaridan foydalanish – videodars, virtual muzeylar. Dars mavzularini avangard san’atga mos ravishda yangilab borish o‘quvchini darsga jalb qilishda muhimdir. Amaliy faoliyat o‘quvchi uchun eng samarali o‘rganish vositasidir. Avangard san’atini: Ko‘rgazmalar tashkil qilish (o‘quvchilarning asarlaridan), Ijodiy laboratoriyalar, Eksperimental san’at loyihalari yordamida amalda o‘rgatish mumkin. Bu esa o‘quvchining estetik didini kuchaytiradi, shuningdek ularning shaxsiy hissiy dunyosini rivojlantiradi. Avangard san’ati orqali o‘quvchi: Stereotipik fikrlashdan chiqib, innovatsion yondashuvga o‘tadi; O‘z his-tuyg‘ularini erkin ifodalashni o‘rganadi; Hayotga, san’atga tanqidiy va tahliliy nazar bilan qaraydi. Bu jihatlar esa zamonaviy o‘quvchining intellektual salohiyatini oshiradi. Garchi avangard san’ati g‘arb madaniyatida vujudga kelgan bo‘lsa-da, uni o‘z milliy san’atimiz bilan uyg‘unlashtirish mumkin. Masalan: Milliy naqshlar bilan abstraktsion kompozitsiyalar yaratish; Folklor va mifologik obrazlardan zamonaviy shaklda foydalanish; Mahalliy san’at uslublarini avangard ifoda bilan uyg‘unlashtirish. Bu yondashuv o‘quvchilarda milliy g‘ururni kuchaytiradi. O‘qituvchilarga tavsiya etiladigan metodik yo‘nalishlar: Individual va guruhiy ishlar uyg‘unligi; Ijodiy topshiriqlar orqali avangard g‘oyalarni mustaqil tadqiq qilish; Vizual san’at, teatr va musiqa fanlari bilan integratsiyalashgan darslar. XX asr avangard san’atini o‘rgatish – bu oddiy tasviriy san’at darslaridan farqli ravishda, kengroq estetik va madaniy tafakkurni shakllantirishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Chunki avangard san’at o‘z mohiyatiga ko‘ra yangilikka, normani buzishga, tasavvur doirasini kengaytirishga asoslangan. Shuning uchun uni o‘rgatishda an’anaviy metodlardan tashqari, zamonaviy, interaktiv va innovatsion pedagogik yondashuvlar qo‘llanilishi muhimdir. Konstruktiv pedagogika nazariyasiga ko‘ra, o‘quvchi bilimni tayyor shaklda emas, balki o‘z tajribasi va izlanishlari orqali egallashi kerak. Avangard san’at aynan shunday yondashuv uchun qulay maydondir. ~ 134 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 7(65) O‘quvchilar o‘

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada XX asr avangard san’atining mazmun-mohiyati, uning san’atdagi yangilik sifatidagi o‘rni va o‘quvchilarda estetik tafakkurni shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada XX asr avangard san’atining mazmun-mohiyati, uning san’atdagi yangilik sifatidagi o‘rni va o‘quvchilarda estetik tafakkurni shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
avangard san, san ati, asr avangard, san atda, san atga, san atini, san atining
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники