Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
HELMINTH INFECTIONS AND NEURODEVELOPMENTAL DELAYS IN CHILDREN: AN EXTENDED REVIEW OF SPEECH AND COGNITIVE FUNCTION IMPACT
OQSIL MANBAI · Muydinova Sitora Husniddin qizi
Talqin va tadqiqotlar · 2026
Аннотация
Dociastaurus maroccanus (Moroccan locust) is currently an object of promising directions in biotechnology and the food industry for the production of unconventional protein. The Moroccan locust has a number of useful properties, it contains a large amount of protein, dry matter, vitamins, macro and microelements. Although insects provide the body with protein, we have very little experience in the technological methods used to obtain protein from them. In this article, we will learn about the importance, advantages and methods of obtaining protein from the Moroccan locust. Keywords. Dociastaurus maroccanus, Moroccan locust, insect, food industry, technological methods, production, protein, macro and microelements. Kirish. Hasharotlar- yer sharida eng ko‘p tarqalgan tur bo‘lib, ular tabiatda o‘simliklarni changlatish,tuproqni boyitish hamda oziq-ovqat tizimlarida yangi oqsil manbalarini taqdim etishda muhim ahamiyatga ega..Hasharotlardan olingan oqsilni qayta ishlash texnologiyalari,ularning ekologik afzalliklari, va iste’molchilar orasida qabul qilinishini oshirishga oid keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. (Amelia Arruda va boshqalar 2024). Shu boisdan, hozirgi kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda qanotli hasharotlarga beqiyos oqsil manbai sifatida qaralmoqda. Tadqiqotlar jarayonida ushbu soha bilan individual va jamoaviy darajada shug‘ullanadigan turli oqimlar paydo bo‘ldi.Hasharotlardan oqsil olish orqali Afrika davlatlarida oziq-ovqat yetishmovchiligini hal qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish (Evans N.Muchaonyerwa 2021), Hasharot oqsilini xalqaro oziq-ovqat ~ 119 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 7(65) bozorlariga olib chiqish uchun ishlab chiqilgan strategiyalarni rivojlantirish (Gabriella Meijer 2020), Hasharot oqsili bilan tayyorlangan oziq-ovqatlarning marketingda qo‘llanilishi ( Sarah Banks 2023), Hasharot oqsili asosidagi mahsulotlarni ommalashtirish va iste’molchi hatti-harakatlarini o‘rganish (Yuki Ishikawa 2023). Shu qatoridagi atamalar ilmiy munozaralarning bir qismi bo‘ldi.Marokash chigirtkasidan oqsil olish jarayonlari bu tadqiqot ishlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu maqola shu vaqtgacha yetarlicha tadqiq qilinmagan oqsil olishga doir biotexnologik jarayonni ko‘rsatishga qaratilgan: Hasharotlardan ekologik jihatdan barqaror oziq-ovqat ishlab chiqarishni rivojlantirish(Charlotte Payne 2018).Shuningdek, Hasharot oqsilining ozuqaviylik xususiyatlarini o‘rganib, ularni oziq-ovqat tarkibiga kiritish lozim.(David Raubenheimer 2020).Hozirgi kunda biz faqat hasharotlardan oqsil olish jarayonlariga to‘xtalib qolmasdan, balki ulardan qishloq xo‘jaligida ham yemish o‘rnida foydalanish mumkinligi haqida to‘xtalib o‘tishimiz va shunga doir bo‘lgan chora tadbirlar ishlab chiqishimiz lozim.(Alain G.Leconte 2019).Ushbu jarayonlarni o‘rganish juda muhim, chunki mavjud ishlar oziq-ovqat sanoatida va xavfsizligida yangi yondashuv faoliyatlariga qaratilgan.Bu shuni anglatadiki, Marokash chigirtkasidan oqsil olish jarayonlari haqidagi bilimlarimiz hozirgacha to‘laligicha tahlil etilmagan. Dunyo aholisining o‘sib borishi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun yangi noan’anaviy oqsil manbalarini topishni talab qilmoqda.Hasharotlar yuqori sifatli oqsil manbai bo‘lishi mumkin, ammo ularning global miqyosda iste’mol qilishni targ‘ib qilishda iste’molchilarning qabul qilishiga to‘sqinlik qiluvchi psixologik va madaniy to‘siqlar mavjud. Hasharotlardan oqsil ishlab chiqarishning ekologik afzalliklari, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha tadqiqot ishlari hamda hasharot oqsilining tarkibi o‘rganilgan (Paul Vantomme. 2013-2022). Shu bilan bir qatorda biotexnologik jarayonlarni qo‘llash orqali hasharot oqsilini ishlab chiqarishni optimallashtirish ishlari bo‘yicha tadqiqot ishlari o‘rganilgan.(Miguel Angel Tellez 2021). Tadqiqot jarayonida avvalo ilmiy adabiyotlar o‘rganilib, hasharotlardan oqsil olish bo‘yicha mavjud bilimlar tahlil qilindi. Keyin laboratoriya sharoitida Dociastaurus maroccanus hasharotining oqsil tarkibi va texnologik samaradorligi bo‘yicha tajriba o‘tkazildi. Shu bilan birga, iste’molchilar, fermerlar va mutaxassislar o‘rtasida intervyular orqali psixologik va bozor sanoatidagi to‘siqlari aniqlandi. Tajriba va intervyu natijalari asosida ekologik, iqtisodiy va texnologik imkoniyatlar tahlil qilinib, O‘zbekiston sharoitida hasharot oqsilini tijoratlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Natijada, ushbu usul oziq-ovqat xavfsizligi va ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qildi. Shuningdek, ushbu tadqiqot Marokash chigirtkasidan oqsil olish jarayonlarini qanday shakllantirish, va ularning oziq-ovqat sanoatidagi va qishloq xo‘jaligidagi ~ 120 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 7(65) o‘ziga xos jihatlarini qanday birlashtirish kerakligiga oydinlik kiritadi.Bundan tashqari, agar iste’molchilar hasharotlardan olingan oqsilning o‘ziga xos xususiyatlarini qabul qil
Доказательный фрагмент
«Dociastaurus maroccanus (Moroccan locust) is currently an object of promising directions in biotechnology and the food industry for the production of unconventional protein.»
Образец извлечения
Демо-превьюDociastaurus maroccanus (Moroccan locust) is currently an object of promising directions in biotechnology and the food industry for the production of unconventional protein. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Dociastaurus maroccanus, Moroccan locust, insect, food industry
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025