К содержанию
РецензированоRU2026

KUZGI YUMSHOQ BUG‘DOY NAV VA NAMUNALARINING SARIQ VA QO‘NG‘IR ZANG KASALLIKLARIGA CHIDAMLILIGI

А.б. Аликулова · М.с. Рахмонкулов

Talqin va tadqiqotlar · 2026

Аннотация

В Узбекистане ржавчина желтая считается одной из основных болезней пшеницы с точки зрения нанесения ущерба. Болезнь поражает листья, а иногда и пазухи листьев, а также стебель. Бурая ржавчина в основном распространяется уредоспорами. Поражённые листья покрываются уредоспорами бурого цвета, расположенными в беспорядочном порядке.В статье изложены вопросы устойчивости сортов и образцов осиной мягкой пшеницы к жёлтой и бурой ржавчине, а также методы оценки этой устойчивости. Ключевые слова: желтая и бурая ржавчина, мягкая озимая пшеница, сорта и образцы RESISTANCE OF VARIETIES AND SAMPLES OF SOFT WINTER WHEAT TO YELLOW AND BROWN RUST DISEASES Abctract: Yellow rust is the most damaging wheat disease in Uzbekistan. The disease affects the leaves, sometimes the leaf axils and the stem. Brown rust is spread mainly by uredospores. The diseased leaf is covered with irregularly located brown uredospores. The article describes the resistance of winter soft wheat varieties and samples to yellow and brown rust diseases and methods for its assessment. Keywords: yellow and brown rust, soft winter wheat, varieties and samples ~ 102 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 7(65) O‘zbekistonda bug‘doyning ikki xil zang kasalligi – sariq zang (yoki chiziq shaklli zang), qo‘ng‘ir zang (yoki barg zangi) kasalliklari uchraydi. Bu kasalliklarni mikroskopik zamburug‘lar qo‘zg‘atadi. Sariq zang kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larining bir qancha mahsus shakllari mavjud bo‘lib, sariq zang qo‘zg‘atuvchisining bug‘doy formasi bug‘doy, arpa va tritikaleni, arpa shakli esa faqat arpani zararlaydi. Bug‘doyda zang kasalliklarining uch xil infeksiya manbalari mavjud, bular 1) Oraliq xo‘jayin o‘simliklar; 2) Ekzogen inokulyum – boshqa hududlardan havo orqali uchib kelgan sporalar; 3) Endogen (mahalliy) inokulyum – kasallik tarqalgan hududning o‘zida hosil bo‘ladigan sporalar. Oraliq xo‘jayin – sariq zang qo‘zg‘atuvchisining oraliq xo‘jayini yo‘q, qo‘ng‘ir zang qo‘zg‘atuvchisining oraliq xo‘jayini O‘zbekistonda uchramaydi, poya zanginiki mavjud bo‘lsa ham, infeksiya manbai sifatida ahamiyati yo‘q. Ekzogen inokulyum – O‘zbekiston sharoitida bug‘doy o‘simliklari boshqa hududlardan uchib kelgan zang kasalliklari qo‘zg‘atuvchilarining sporalari bilan zararlanganligi haqida ma’lumotlar mavjud emas. O‘zbekistonda bug‘doyda zang kasalliklari paydo bo‘lishi endogen inokulyum bilan bog‘liq ekanligi tajribalarda isbotlangan. Endogen inokulyum – yangi unib chiqqan kuzgi bug‘doy maysalari zang bilan kuzda yoki qish boshlarida zararlanishi mumkin. Qishda qattiq sovuq haroratda barglarda paydo bo‘lgan uredosporalar nobud bo‘lishi mumkin. Ammo zararlanishi yashirin, ya’ni faqat to‘qima ichidagi latent mitseliy shaklida bo‘lsa, infeksiya (mitseliy) nobud bo‘lmaydi va u bug‘doy bargi tirik bo‘lgan davr oxirigacha hayotchanligini saqlaydi va qulay harorat hamda namlik bo‘lganda sporalar rivojlanadi va kasallik tarqalishini ta’minlaydi. O‘zbekistonda zang kasalliklarining qo‘zg‘atuvchilari bug‘doy o‘rib olingandan so‘ng ang‘izda, zararlangan o‘simlik qoldiqlarida saqlanmaydi, sporalarining barchasi yozning jazirama issig‘ida nobud bo‘ladi. Qo‘zg‘atuvchilar yozda to‘kilgan dondan unib chiqqan bug‘doy o‘simliklarida ham saqlanmaydi. Sariq zang bilan bug‘doy maysalari ob-havo sharoitiga qarab kuz va qish oylarida (kuzda havo iliq va sernam kelsa) va bahor oylarida zararlanadi. Sariq zang (salqinsevar tur) zamburug‘lari tez rivojlanish uchun optimal harorat 8-15°C bo‘lishini talab etadi. Bu kasallikning rivojlanishiga erta bahorda ob-havoning qulay (15-20°C) hamda seryog‘in kelishi sabab bo‘ladi. Bundan tashqari juda ertagi muddatlarda ekish, kasallikga chidamsiz navlarni ko‘proq joylashtirish, azotli o‘g‘itlarning bir tomonlama (fosforli va kaliyli o‘g‘itlarga nisbatan) ko‘p meyorda solish ham kasallikning kuchli darajada rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Sariq zang bug‘doyning barglarini zararlaydi, kuchli rivojlanganida barg qini, boshoq qiltiqlari, boshoqchalarning tangachalari va donga o‘tadi. Qo‘ng‘ir va poya ~ 103 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 7(65) zanglaridan farqli o‘laroq sariq zang to‘qima ichida tarqaladi, bunda zamburug‘ mitseliysi barg va barg qinining to‘qimasi ichida uzunasiga o‘sadi. Barglarning ustki, kamroq ostki tarafida, epidermis ostida, sap-sariq tusli, uzunligi 1 sm dan bargning deyarli butun uzunligigacha yetadigan urediniyalardan iborat chiziqchalar va tasmachalar hosil bo‘ladi. Alohida yostiqchalar limonday sariq tusli, uzunchoq, ba’zan deyarli dumaloq shaklga ega, uzunligi 0,3-2,5 mm, eni 0,2-0,5 mm bo‘ladi. Yostiqchalarda katta miqdorda changsimon sporalar hosil bo‘ladi va ular epidermisni yorib, tashqariga ochiladi. Boshoq qiltiqlari, boshoqchalarning tangachalari va don zararlanganida ularning ustida nuqtalar yoki kalta chiziqlar shaklidagi, sariq tusli yostiqchalar paydo bo‘ladi. O‘zbekistonda zarar keltirishi jihatidan sariq zang kasalligi as

Доказательный фрагмент

«В Узбекистане ржавчина желтая считается одной из основных болезней пшеницы с точки зрения нанесения ущерба.»

Образец извлечения

Демо-превью

В Узбекистане ржавчина желтая считается одной из основных болезней пшеницы с точки зрения нанесения ущерба. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yellow and brown rust, soft winter wheat, varieties and samples
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники