Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
MARKAZIY QIZILQUMDAGI URBANIZATSIYA SHAROITINING INVAZIV OʻSIMLIK TURLARIGA TASIRI
Ikromova Maftuna Vali qizi
Talqin va tadqiqotlar · 2026
Аннотация
This article explains that urbanization significantly affects the diversity, phenology, physiology and reproductive characteristics of invasive plants. This study also provides information on how urbanization complicates the study of the impact of invasive plants on climate change. The article studies the flora of urbanized areas. Keywords: Invasive plants, Central Kyzylkum flora, plant phenology, plant reproductive organs, urbanization, soil erosion. Urbanizatsiya invaziv oʻsimlik turlarining tarqalishi va ekotizimlar hayotiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Urbanizatsiya biologik xilma xillikni bir xillashtiradi va yashash joylarining grterogenligini kamaytirishi mumkin boʻlgan inson tomonidan yaratilgan sezilarli boʻlimlarni keltirib chiqaradi. Urbanizatsiyalanish choʻllarda maʼlum oʻsimlik turlarining tarqalishiga yordam berib, yangi muhitlar yaratishga qaramasdan, choʻl oʻsimliklari xususan invaziv oʻsimlik turlarining urbanizatsiya sharoitida choʻllarda tarqalishi haqida juda oz bilimga egamiz. Ushbu maqolada biz invaziv oʻsimlik vakillariga urbanizatsiya sharoitining taʼsirini oʻrganamiz. Urbanizatsiyaning gullash va meva berish fenologiyasiga fazoviy vaqt taʼsirini (yani oxirgi sovuq sanasi va gullash oʻrtasidagi vaqt)ni oʻrganishni gerbariylardan kuzatib oʻrgandik. Urbanizatsiyalashgan Markaziy Qizilqum choʻlidagi invaziv oʻsimlik turlari bilan choʻldagi tabiiy landshaftlardagi oʻsimliklar turlari bilan solishtirib taqqosladik.Biz tadqiqot natijasida invaziv oʻsimliklar fenologiyasiga va uning ekotizimiga taʼsir qilishini aniqladik. Invaziv oʻsimliklarning changlanishi ha ham urbanizatsiya sharoiti taʼsir qilishini topdik. Biz yuqoridagi sabablar entomofil boʻlmagan turlarning koʻpayishiga olib kelishini oʻrgandik. Ushbu tadqiqot ishi shaharlashish invaziv oʻsimliklarning xilma xilligi, fenologiyasi, fiziologiyasi va ~ 92 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 7(65) reproduktiv xususiyatlariga sezilarli taʼsir qilishini izohlaydi. Shuningdek, ushbu tadqiqot urbanizatsiya invaziv oʻsimliklarning iqlim oʻzgarishiga taʼsirini oʻrganishni murakkablashtirish haqida maʼlumot beradi.Biologik xilma xillik, fenologiya, landshaftlar, ekotizimlar, entomofil oʻsimliklar, reproduktiv holat, ekosistema.Soʻnggi oʻn yillikda butun dunyo boʻylab urbanizatsiya ekologik muammolarga sabab boʻlmoqda. Xususan, choʻl zonasidagi urbanizatsiya jarayoni invaziv oʻsimlik turlarini oʻrganishga oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda. Shaharlashish choʻllarning tabiiy ekosistemasi uchun antropogen ahamiyatini yuzaga chiqarmoqda ( El-Gʻani va boshqalar 2015). Shaharlashish invaziv oʻsimlik turlariga kuchli taʼsir koʻrsatadi xususan, fenologik, reproduktiv oʻzgarishlarga olib kelib, turli biologik landshaftlar, ekotizimlar florasiga taʼsir koʻrsatadi.Tadqiqotlar jarayonida ushbu invaziv oʻsimliklar qoplami Markaziy Qizilqum choʻlida keng tarqalganini koʻrishimiz mumkin. Markaziy Qizilqum florasi (Esanov H 2023), choʻl ekosistemasi (Batanouny 1983).Qurqoqchil va yarim qurqoqchil mintaqalarda shaharlashishning doimiy oʻsishi tufayli tabiiy oʻsimliklarning shikastlanishi muqarrar boʻlib qoldi va yovvoyi oʻsimliklarning keng maydonlardan olib tashlandi.Shu sababli u yerdagi invaziv oʻsimliklar turlari ekosistemasiga putur yetdi.(Alberto 2008). Urbanizatsiya nafaqat oʻsimliklarni binolar, yoʻllar, bogʻlar ekosistemalarini shahar ekosistemasiga almashtirish orqali butun ekotizimiga taʼsir qiladi. (O Hasan 2013) Ular parchalanish va degradatsiya jarayonlari orqali floristika tarkibni, xilma xillikni koʻplab invaziv oʻsimliklar reproduksiyasiga taʼsir qiladi. Ularni gullash va meva berish morfologik xususiyatlariga oʻz taʼsirini koʻrsatadi (Pennington va boshqalar 2010) Urbanizatsiyalashgan hududlar xususan Markaziy Qizilqum choʻlida invaziv oʻsimlik turlari oʻrganilgan, floristika tadqiqotlar oʻtkazilgan. Biz invaziv turlarning Markaziy Qizilqum choʻlida urbanizatsiyalashgan iqlim sharoitida tarqalishi, changlanishi, meva berishi, reproduktiv jihatlarini oʻrganish va bu jarayonlar urbanizatsiya sharoitida roʻy berishi tadqiqot obyektlari boʻlib, oʻrganishni taqazo etadi. Yangi shahar ekotizimlarining quruqlikdagi yashash muhiti asosan choʻl boʻlib, urbanizatsiyalashgan va koʻkalamzorlashtirish maqsadida gil va loy tuproqlar eski qishloq xoʻjaligi tizimlaridan olingan bogʻ va bogʻ plantatsiyalari uchun koʻproq mos boʻlishi uchun bu hududlarga kiritilgan tuproq tuzilishi, PH, elektr oʻtkazuvchanligi (E), CaCO3 kabi tuproqning fizik kimyoviy xususiyatlari sezilarli oʻzgarishlarga olib keladi. Ushbu parametrlar invaziv oʻsimlik turlarining tarkibi, xilma xilligi va turli xil yashash joylarida tarqalishini nazorat qiladi (Gomma va boshqalar 2012)Ushbu tadqiqotda biz urbanizatsiya Markaziy Qizilqum choʻlida tarqalgan invaziv oʻsimliklarning reproduktiv jihatlariga qanday taʼsir qilishini oʻrganamiz. Biz tadqiqotimiz davomida dala tadqiqot ishlarini olib bordik. Dala tadqiqot ishlarida turli invaziv oʻsimlik turlarin
Доказательный фрагмент
«This article explains that urbanization significantly affects the diversity, phenology, physiology and reproductive characteristics of invasive plants.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explains that urbanization significantly affects the diversity, phenology, physiology and reproductive characteristics of invasive plants. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Invasive plants, Central Kyzylkum flora, plant phenology, plant
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеФУНКЦИОНАЛЬНЫМИ ГЛАГОЛАМИ, Рисаева Оксана2016
Иностранная филология: язык, литература, образованиеИНГЛИЗЧА ТАРЖИМАДА БЕРИЛИШИ, Касимова Раъно Рахматуллоевна2016
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021