К содержанию
РецензированоUZ2020

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARGA STEAM USLUBI ORQALI ROBOTOTEXNIKAGA OʻRGATISH

Bahodirova Dilnavoz Sayotjon qizi · Dekanova Sevinch Bahodir qizi · Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot

Talqin va tadqiqotlar · 1 · 2020

Аннотация

Mazkur maqolada kiberxavfsizlik sohasida virtual simulyatorlardan foydalanishning dolzarbligi, ularning kasbiy ta’limda qo‘llanilishi, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi roli hamda pedagogik jarayonlarga integratsiyalash imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, davlat dasturlari va Prezident qarorlari asosida ushbu sohani rivojlantirishga doir strategik yondashuvlar tahlil qilinadi. Virtual muhitda ta’lim olish orqali talabalar real kiber tahdidlarni aniqlash va ularga qarshi choralar ko‘rish bo‘yicha tajriba orttirishi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: Kiberxavfsizlik, virtual simulyator, kasbiy ta’lim, axborot xavfsizligi, kiber tahdidlar, virtual muhit. Kiberxavfsizlik bugungi kunda har qanday raqamli tizimning ajralmas qismiga aylangan. Internetning keng tarqalishi va raqamli transformatsiya jarayonlari kiberxavfsizlik muammolarini yanada dolzarb qilib qo'ydi. Kiber jinoyatchilikning o'sishi, shaxsiy ma'lumotlarning o'g'irlanishi va tahdidlar har qanday tashkilot yoki shaxs uchun xavf tug'diradi. Ushbu maqolada kiberxavfsizlikning bugungi kundagi o'rni, uning zamonaviy ta’limdagi afzalliklari va kamchiliklari ko'rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PQ–4851-sonli Qarori – “Kiberxavfsizlik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. Ushbu qarorda kiberxavfsizlik sohasida kadrlar tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari, virtual o‘quv laboratoriyalarini joriy etish, malaka oshirish markazlarini tashkil etish va axborot xavfsizligi sohasida ilg‘or ta’lim dasturlarini ishlab chiqish choralari belgilangan. Kiberxavfsizlik zamonaviy dunyoning eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu sohada malakali mutaxassis tayyorlash har qachongidan ko‘ra muhimroq bo‘lib bormoqda. An’anaviy ta’lim usullari bu sohaga xos real vaqt rejimida tahlil, qaror qabul qilish va amaliy tajriba kabi zarur jihatlarni yetarlicha ta’minlay olmaydi. Shu sababli, virtual simulyatorlar kiberxavfsizlik ta’limining ajralmas komponentiga 159 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 aylanmoqda. Ular talabalarni real hayotga yaqin bo‘lgan kiberhujumlar stsenariylarida mashq qilish, tajriba orttirish, va xatolar orqali o‘rganish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Eng muhimi, bu jarayon xavfsiz muhitda amalga oshiriladi va real tizimlarga zarar yetkazmasdan turib o‘qitish imkonini beradi. Simulyatorlar orqali o‘quvchi faqat nazariy bilim emas, balki muammoga amaliy yechim topish ko‘nikmasini egallaydi. Ayniqsa, masofaviy va mustaqil o‘qish imkoniyati bilan ularning qulayligi yanada oshadi. Bunday texnologiyalarni kasbiy ta’lim tizimiga joriy qilish orqali kiberxavfsizlik bo‘yicha zamonaviy, tez moslasha oladigan, global talablarga javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlash mumkin bo‘ladi. Shu sababli, virtual simulyatorlar nafaqat o‘quv vositasi, balki ta’lim sifati va amaliy samaradorlikni oshiruvchi strategik resurs sifatida qaralishi kerak. Foydalanuvchi Tahdid stsenariysi Real vaqt tahlili harakati Natija va fikr- Takroriy mashqlar mulohaza 1-rasm. Virtual simulyatorning ishlash prinsipi. Kiberxavfsizlikning ta'lim jarayonidagi rolini tahlil qilish metodologiyasi kiberxavfsizlikning ta'lim muhitiga, talabalarga, o'qituvchilarga va institutsi onal siyosatga ta'sirini o'rganish uchun sifat va miqdoriy ma'lumotlardan foydalangan holda aralash usulli yondashuvni o'z ichiga oladi. Raqamli iqtisodiyotning barcha jabhalarida avtomatlashtirish va axborot tizimlaridan foydalanilganda axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumotlar raqamli formatda saqlanayotganda va elektron tarzda ishlatilayotganda, axborot va kiberxavfsizlik masalalari dolzarb bo‘lib qoladi. Davlat rahbari kiberxavfsizlik mutaxassislari oldiga shunday vazifa qo‘ygan: nafaqat yuzaga kelgan hodisalarni bartaraf etish, balki xavfsizlikka xavf soladigan holatlarni oldindan ko‘ra bilish va ularga yo‘l qo‘ymaslik uchun profilaktik choralarni ko‘rish. 160 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 9 (55) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 Kiberxavfsizlik va raqamlashtirish jarayonlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, barcha tizim va jarayonlarni raqamlashtirish bilan birga ularning uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlash muhim hisoblanadi. Shu sababli O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish jarayonida kiberxavfsizlikka ham katta e’tibor qaratilmoqda. Buning yorqin misollaridan biri har yili Xalqaro elektroaloqa ittifoqi tomonidan e’lon qilinadigan kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro reytinglarda mamlakatimizning yuqori o‘rinlardan joy olishi hisoblanadi. Kiberxavfsizlik sohasidagi xalqaro reytinglar ABI Research va Xalqaro elektroaloqa ittifoqi (HEI)ning qo‘shma loyihasi bo‘lib, unda davlatlarning kiberxavfsizlik sohasidagi ishtiroki darajasi baholanadi. Ushbu indeksda majburiyatlar beshta asosiy

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada kiberxavfsizlik sohasida virtual simulyatorlardan foydalanishning dolzarbligi, ularning kasbiy ta’limda qo‘llanilishi, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi roli hamda pedagogik jarayonlarga integrat…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada kiberxavfsizlik sohasida virtual simulyatorlardan foydalanishning dolzarbligi, ularning kasbiy ta’limda qo‘llanilishi, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi roli hamda pedagogik jarayonlarga integrat… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kiberxavfsizlik sohasida, kasbiy lim, axborot xavfsizligi, sohasida kadrlar, real vaqt, virtual simulyatorlar, international scientific
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники