Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
O‘ZBEK XALQI ETNOSPORT TURLARI GENEZISI VA EVOLUTSIYASINING MADANIY TAHLILI
EVOLUTSIYASINING MADANIY TAHLILI · Komilov Ro‘zi Rabiyevich
Talqin va tadqiqotlar · 97-100 · 2026
Аннотация
National sports are formed on the basis of national folk games, and they become the pride of that nation and play an important role in the aesthetic education of young people. Analysis of ethnosports shows that, to the extent that they have been preserved to this day, they have the property of developing all the necessary physical qualities for life, improving moral and aesthetic thinking. However, each folk game, unlike physical exercises, does not reduce them to a set of actions, on the contrary, it is a whole, holistic activity, a unique model of life, reflecting human behavior, morality, aesthetics, labor, legal and other aspects. Keywords: ethnosports, folk game, morality, aesthetics, mass recreation, physical culture, healthy lifestyle. ~ 45 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 7(65) Har bir xalqda goografik makoni, mifologik-diniy dunyoqarashi, mentalitetiga hamohang tarzda milliy sport va o‘yin(etnosport)lari paydo bo‘ladi. Etnosportning datslabki namunalari insoniyat ongi, tafakkuri bilan bog‘liqdir. Uning paydo bo‘lishida o‘sha davr shart-sharoitlari, odamlarning ov va turmush tajribalari, dunyoqarashi, urf- odat, marosimlari asosiy rol o‘ynagan. Avvalo, oddiy, og‘zaki bayonning dastlabki namunalari paydo bo‘lgan. Ular nihoyatda sodda bo‘lib, turli holdagi undov-xitoblar va voqealar bayonidan iborat bo‘lgan. Ov jarayoni hamda tafakkurning rivojlanishi voqea va hodisalar talqinida oddiy bayondan obrazli tasdiqlashga olib keldi. Xalq o‘yinlari ommaning ijodiy mehnati natijasida vujudga kelib, ming yillar davomida turli xil ko‘rinishlarda ommalashib, etnosning ijtimoiy hayoti, milliy xususiyatlari, qolaversa maishiy hayot tarzi bilan bog‘liq holda shakllangan. Chunonchi, xalq o‘yinlari aholining ijtimoiy turmushida, xususan ommaviy sayl va musobaqalarda, to‘y va boshqa marosimlarda o‘tkazilgan bo‘lib, o‘yinlar o‘tmish yozma yodgorliklarida va xalq o‘yinlariga bag‘ishlangan ba’zi manba va adabiyotlarda o‘z aksini topgan. Manbalarda eng qadimiy o‘yinlar sifatida ovchilik va dehqonchilik o‘yinlari tilga olinadi.[1] Etnosport turlarining kelib chiqishi, tarixi, axloqiy-estetik mohiyati, kelajak avlod jismoniy madaniyatini shakllantirishdagi ahamiyatini tadqiq etish bugungi kun ilm- fani uchun dolzarb masala hisoblanadi. Qolaversa, an’anaviy xalq o‘yinlarini to‘plash hamda ilmiy tahlil qilish o‘zbeklarning kelajak avlodni barkamol qilib tarbiyalashga qaratilgan qadimiy va ilg‘or an’analarini tiklashda hil qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan unutilgan xalq o‘yinlarini to‘plash va qayta tiklash hamda hayotga tatbiq etish barkamol avlodni voyaga etkazishda muhim ahamiyatga ega. Tarixiy kelib chiqishiga ko‘ra, o‘zbek xalqining an’anaviy o‘yinlari Markaziy Osiyoda qadimdan istiqomat qilib kelayotgan turkiy xalqlarning turmush tarzi, xo‘jalik hayoti, qolaversa badiiy tafakkuri hamda estetik qarashlari bilan bevosita bog‘liqdir. Xususan, qadimdan dexqonchilik, chorvachilik hamda ovchilik bilan shug‘ullanib kelgan xalqlar tomonidan yaratilgan ko‘pgina marosim va udumlarning ayrimlari vaqtlar o‘tishi davomida an’anaviy o‘yinlarning shakllanishi uchun estetik asos vazifasini o‘tay boshlagan. Masalan, ovning barorli bo‘lishi, ko‘proq o‘ljalarni qo‘lga kiritish maqsadida o‘tkazilgan ovdan oldingi udumlar, totem – ajdodlardan ko‘mak so‘rashning o‘ziga xos mashq amallarini o‘z ichiga olgan marosim raqslar asosida davrlar o‘tishi bilan ovchilikka xos bo‘lgan an’anaviy o‘yinlar yuzaga kelgan. O‘z navbatida dehqonchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi ikki an’ana, ya’ni bahorda mehnat mavsumiga kirish va kuzgi hosilni yig‘ishtirish bilan bog‘liq marosim va bayramlarni yuzaga keltirgan. Ayniqsa, yoz bo‘yi mehnat qilib, barakali hosil yetishtirgan dehqonlar xursand bo‘lganidan o‘ziga xos xirmon to‘yini o‘tkazib, unda mehnat jarayonlarini o‘yinlar orqali aks ettirgan. Bu “Mehnat o‘yinlari” yaxshi kayfiyatda, bayram holatida o‘tgan.[2] ~ 46 ~ Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali Impact Factor: 8.2 | 2181-3035 | № 7(65) “O‘yin – insonning o‘zi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vositasi va shuning uchun ham, unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan.”[3] O‘yinga har bir qatnashuvchi o‘z xohishiga ko‘ra kirib, o‘z zimmasiga uning qoidalarini bajarish majburiyatini oladi. Ular esa xalq tomonidan mohirona ishlab chiqilgan, tazyiqsiz, yumshoq, shu bilan birga, har bir qatnashchini boshqa ishtirokchilarga nisbatan hurmatda bo‘lish tuyg‘usini shakllantiradi. O‘yin omili tizimni yashovchanlik holatida tutib turadi va hayotning muhim sharti sifatida namoyon bo‘ladi. O‘yin ehtiyoji tirik jonzotni har qanday mashinadan ajratib turadigan holatdir. Xo‘sh aslida o‘yinning asosida nima yotadi? O‘yinning asosida jonzod yoki inson xatti-harakatlarining erkinlashtirilishi (instinktiv, zaruriy bo‘lmagan holat), ulardan taqlid qilish yoki qoniqish, zavq olishga qaratilgan qaratilgan maqsadga erishish ehtiyoji yotadi.[4] Etnosport har bir xalqning madaniy m
Доказательный фрагмент
«National sports are formed on the basis of national folk games, and they become the pride of that nation and play an important role in the aesthetic education of young people.»
Образец извлечения
Демо-превьюNational sports are formed on the basis of national folk games, and they become the pride of that nation and play an important role in the aesthetic education of young people. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ethnosports, folk game, morality, aesthetics, mass recreation
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеФУНКЦИОНАЛЬНЫМИ ГЛАГОЛАМИ, Рисаева Оксана2016
Иностранная филология: язык, литература, образованиеИНГЛИЗЧА ТАРЖИМАДА БЕРИЛИШИ, Касимова Раъно Рахматуллоевна2016
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021