К содержанию
РецензированоUZ2025

TIJORAT BANKLARI KREDITLARNING AHOLI BANDLIGIGA VA IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRI (“HAMKORBANK” ATB MISOLIDA)

Otavaliev Jaxongir Yaxyoyevich · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti.

Современная наука и исследования · 4 · 208–221 · 2025

Аннотация

The role of loans provided by commercial banks in ensuring economic stability, creating new jobs and improving the well-being of the population is increasingly increasing in the country. This scientific article is devoted to an in-depth analysis of the impact of commercial banks' credit policies on employment and economic growth using the example of Hamkorbank JSCB. The study studied the volume of loans provided by Hamkorbank to various sectors and areas in recent years, their structural structure and impact on macroeconomic indicators (gross domestic product, employment rate). The results of the empirical analysis showed that there is a high positive correlation between the increase in the volume of bank loans and the level of employment and economic activity. Loans have increased efficiency, especially in the small business, service and agricultural sectors, and have led to the creation of thousands of new jobs. The regression model substantiates the direct impact of the volume of loans on economic growth. Keywords: commercial banks, credit policy, employment, economic growth, Hamkorbank JSCB, financial resources, small business, regression analysis, lending efficiency, bank investments, microloans, financing strategy, financial inclusion. Kirish: Zamonaviy iqtisodiy taraqqiyot sharoitida moliyaviy institutlar, xususan tijorat banklarining iqtisodiy jarayonlardagi roli tobora ortib bormoqda. Banklar moliyaviy vositachilar sifatida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarga zarur kapitalni taqdim etish orqali iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlaydi. Ayniqsa, bank kreditlari ishbilarmonlik muhitining yaxshilanishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi va aholi bandligining 3 73 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ oshishida muhim omil hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida bank tizimini isloh qilish, real sektorni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan kirish imkoniyatlarini kengaytirish borasida bir qator strategik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu jihatdan, tijorat banklari kreditlash faoliyatini nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy natijalarga erishish vositasi sifatida baholash dolzarb masalaga aylanmoqda. Bandlikni oshirish va iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishda moliyaviy resurslarning to‘g‘ri yo‘naltirilishi, ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, muhim ahamiyatga ega. Mazkur tadqiqot “Hamkorbank” ATB misolida tijorat banklari kreditlarining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini o‘rganishga qaratilgan. Bank tomonidan so‘ngi yillarda ajratilgan kreditlar hajmi, ularning tarkibiy tuzilmasi, sektoral taqsimoti hamda ular orqali yaratilgan ish o‘rinlari va yalpi ichki mahsulotdagi o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Shuningdek, bank kreditlari va aholi bandligi o‘rtasidagi bog‘liqlik statistik va empirik usullar asosida o‘rganiladi. Tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, tijorat banklarining kredit siyosatini faqat daromad manbai sifatida emas, balki iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikni ta’minlaydigan strategik instrument sifatida ko‘rib chiqish zarur. Shu boisdan ham ushbu maqola doirasida mavjud amaliyot tahlil qilinib, bank kreditlarining aholi bandligiga va iqtisodiy o‘sishga ko‘rsatgan real ta’siri ilmiy asosda baholanadi. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. “Hududiy iqtisodiyotda bank kreditlarining roli” nomli ilmiy tadqiqotda “Hamkorbank” va boshqa yirik tijorat banklarining mintaqaviy iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi. Kreditlarning hududiy taqsimoti, ularning real sektor faoliyatiga ta’siri va yangi ish o‘rinlari yaratilishi bilan bog‘liqligi iqtisodiy-statistik usullar, xususan regressiya tahlili orqali asoslab berilgan. Bandlik va kreditlash o‘rtasidagi bog‘liqlik darajasi aniqlanib, kreditlar siyosatini hududiy ixtisoslashuvga moslashtirish zarurligi ta’kidlangan (Abdullayev, 2023). “Kichik biznesni moliyalashtirishda tijorat banklarining strategik roli” nomli asarda tijorat banklari tomonidan ajratilgan mikroqarzlarning ayollar bandligiga ijobiy ta’siri chuqur tahlil qilingan. Oilaviy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bank kreditlarining ijtimoiy samaradorligini oshirishini ta’kidlab, ayni yo‘nalishdagi bank faoliyati tahliliy asosda yoritilgan. Mikroqarzlar orqali mehnat bozorida faollik ko‘rsatgan guruhlar dinamikasi ham baholangan (G‘ulomov, 2022). “Bank sektori va iqtisodiy faollik: tahliliy yondashuv” nomli tadqiqot tijorat banklari kredit portfeli va mamlakatdagi iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi statistik bog‘liqlikni o‘rganishga qaratilgan. Kredit hajmi, turli iqtisodiy tarmoqlarga yo‘naltirilgan investitsiyalar va YAIM o‘sishi kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir ochib berilgan va bank sektori iqtisodiy faollikning asosiy drayveri sifatida baholangan (Xusanov, 2021). “Кредитование как фактор роста занятости в регионах России”

Доказательный фрагмент

«The role of loans provided by commercial banks in ensuring economic stability, creating new jobs and improving the well-being of the population is increasingly increasing in the country.»

Образец извлечения

Демо-превью

The role of loans provided by commercial banks in ensuring economic stability, creating new jobs and improving the well-being of the population is increasingly increasing in the country. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
commercial banks, credit policy, employment, economic growth, Hamkorbank, kreditlash samaradorligi, regressiya tahlili, moliyaviy resurslar, kichik biznes, mikroqarzlar, moliyaviy inklyuziya., aholi bandligi, bank investitsiyalari, “Hamkorbank” ATB, kredit siyosati, moliyalashtirish strategiyasi, tijorat banklari, iqtisodiy o‘sish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники