Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JINOYAT PROTSESSIDA ADVOKAT TOMONIDAN TO‘PLANGAN MA'LUMOTLARNING HUQUQIY TABIATI, MILLIY VA XALQARO TAJRIBA
Zokirjon Boymurodov
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This scientific study is devoted to the pressing issues surrounding the legal status of information collected by defense counsel in criminal proceedings, its procedural significance, and its recognition as evidence. The research analyzes the current criminal-procedure legislation of the Republic of Uzbekistan, examining the powers granted to attorneys for gathering evidence, the procedures for formalizing such materials, and their assessment in judicial practice Keywords: attorney request, legal assistance, principal, evidence, attorney's powers. Jinoyat protsessi odil sudlovni ta’minlash maqsadida tortishuv prinsipiga tayangan bo‘lib, ushbu prinsip doirasida ayblov va himoya taraflari o‘z dalillarini erkin taqdim etish huquqiga ega bo‘lishi lozim. Himoyaning samarali amalga oshirilishi uchun advokat (himoyachi) mijoz manfaatlarini himoya qilish yo‘lida mustaqil ravishda ma’lumotlar va dalillar to‘plashga urinadi. Advokat tomonidan to‘plangan ma’lumotlarning huquqiy tabiati deganda, bunday yo‘l bilan yig‘ilgan hujjatlar, tushuntirishlar va boshqa axborotning rasmiy protsessual maqomi – ya’ni ularning dalil sifatida qabul qilinishi yoki qilinmasligi tushuniladi. Ushbu masala jinoyat- protsessual qonunchilikdagi dolzarb muammolardan biri bo‘lib, himoya va ayblov taraflarining teng huquqliligi tamoyili bilan chambarchas bog‘liq. Milliy qonunchiligimizda advokat tomonidan yig‘ilgan materiallarning protsessual ahamiyati bo‘yicha muayyan bo‘shliqlar mavjudligi ta’kidlanib kelinmoqda1. Xususan, amaldagi Jinoyat-protsessual kodeks himoyachiga ayrim dalillarni to‘plash huquqini bergan bo‘lsa-da, bu yo‘l bilan olingan ma’lumotlarni dalil sifatida bevosita tan olish mexanizmi yetarlicha ochib berilmagan. Natijada advokatlar tomonidan to‘plangan ma’lumotlarning huquqiy maqomi noaniq bo‘lib, ularni 1 Ne’matov J. Jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlovda tortishuv tamoyilini samarali ta’minlash yoʻlida nimalar muhim? – OʻzA, 2023 668 Iyun, 2025-Yil sudda ishonchli dalil sifatida qabul qilish amaliyotda qiyinchilik tug‘dirmoqda. Mazkur ilmiy ishda advokat tomonidan yig‘ilgan ma’lumotlarning huquqiy tabiati O‘zbekiston milliy qonunchiligi va xorijiy davlatlar – AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya hamda Fransiya – misolida tahlil qilinadi. Milliy va xorijiy olimlarning qarashlari hamda ushbu davlatlar qonunchilik normalari tahlili asosida himoyachi tomonidan to‘plangan dalillarni protsessual jihatdan rasmiylashtirish va ulardan foydalanish tajribasi o‘rganiladi. Xalqaro tajribaning qiyosi advokatlar faoliyati uchun qanday huquqiy imkoniyat va kafolatlar yaratilganini ko‘rsatib, milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha xulosalar berishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasida advokat faoliyati “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun (1997-yil) va Jinoyat-protsessual kodeksi (JPK) kabi normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi. Advokat o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida advokat so‘rovi institutidan foydalangan “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunning 71 – moddasiga asosan, turli idora va tashkilotlardan ma’lumot va hujjatlar olishi mumkin2ligi qonunda belgilangan. Xususan, advokat davlat organlari va boshqa tashkilotlardan ish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni so‘rash va olishga haqli ekani ko‘rsatilgan. Ushbu normalar advokatga sud jarayonlarida dalil tariqasida ishga tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash huquqini beradi. Jinoyat-protsessual kodeksining 87-moddasi mazkur masalani tartibga soladi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida himoyachi jinoyat ishi bo‘yicha dalil sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash huquqiga ega 3 ekani belgilangan. Xususan, himoyachi ish holatlarini biluvchi shaxslarni o‘z roziligi bilan so‘roq qilish, ulardan yozma tushuntirishlar olish, turli davlat organlari, korxona va tashkilotlarga advokat so‘rovlarini yuborib, ma’lumotnomalar, tavsiflar, izohlar va boshqa hujjatlarni olish huquqiga ega etib qo‘yilgan. Shu bilan birga, qonunda himoyachi ushbu tartibda to‘plagan materiallarni jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yish haqida iltimosnoma kiritganda, tergovchi, surishtiruvchi yoki prokuror buni majburiy tarzda qanoatlantirishi shartligi ham nazarda tutilgan. Shunga qaramay, milliy qonunchilikda advokat yig‘gan ma’lumotlarning dalillik kuchi aniq belgilangan deb bo‘lmaydi. JPK 87-moddasida himoyachi topgan ma’lumotlarni ishga qo‘shish tartibi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, ularni mustaqil dalil turi sifatida e’tirof etish masalasi ochiq qolgan. PKning “Dalillar” bobida (81-modda va 82-modda) dalillar faqat qonuniy tartibda to‘plangan va rasmiylashtirilgan quyidagi manbalar – guvoh ko‘rsatmalari, jabrlanuvchi ko‘rsatmalari, gumonlanuvchi/ayblanuvchi ko‘rsatmalari, ekspert xulosasi, ashyoviy dalillar, tergov va sud bayonnomalari, boshqa hujjatlar – ekani sanab o‘tiladi. Mazkur ro‘yxatda advokatning yozma so‘rovi asosida olingan tushuntirishlar yoki hujjatlar alohida dalil turi sifatida ko‘zda tutilmagan. Shu sababli himoyach
Доказательный фрагмент
«This scientific study is devoted to the pressing issues surrounding the legal status of information collected by defense counsel in criminal proceedings, its procedural significance, and its recognition as evidence.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis scientific study is devoted to the pressing issues surrounding the legal status of information collected by defense counsel in criminal proceedings, its procedural significance, and its recognition as evidence. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- attorney request, legal assistance, principal, evidence, attorney's powers, dalil, huquqiy yordam, Advokatlik so‘rovi, ishonch bildiruvchi, advokat vakolatlari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025