Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEKISTON SHAROITIDA BINO TOMLARI LANDSHAFTINI LOYIHALASH
Usmonova G.F.
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada O’zbekistonning iqlimiy, ekologik va urbanistik sharoitlari doirasida bino tomlari landshaftini loyihalash masalalari ko‘rib chiqiladi. Tom landshaftlari – yashil tomlar, bog‘lar va ekologik infratuzilmaning tarkibiy qismi sifatida, shaharlarda mikroiqlimni yaxshilash, chang va shovqinni kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish va estetik muhit yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada O‘zbekistonning qurg‘oqchil iqlimi, quyoshli kunlar sonining ko‘pligi, suv resurslarining cheklanganligi kabi omillarni hisobga olgan holda, tomlarda ekologik barqaror landshaft yaratishning arxitektura va agrotexnik yondashuvlari tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: yashil tomlar, landshaft dizayni, shaharsozlik, ekologik arxitektura, barqaror rivojlanish, mikroiqlim, suv tejash, mahalliy o‘simliklar, tom bog‘lari. Bugungi kunda urbanizastiyaning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi katta shaharlar va megapolislar uchun bo’sh joy etishmovchiligi muammosiga, ekologiyaning buzilishiga, va tobora inson va tabiat o’rtasidagi bog’liqlik yo’qolib borayotganiga sabab bo’layapti. Bu muammolar o’z navbatida arxitektura-qurilish sohasida “yashil tom”, “yashil qurilish” (green building) “foydalaniladigan tom”, inverstion tom”,“eko uylar” kabi zamonaviy yechimlardan foydalanishni talab etadi. “Foydalaniladigan tom” atamasi- binolar tomlaridan unumli foydalangan holda ularning tekis yuzasi landshaftini uzgartirib ulardan bog’lar,sport maydonchalari,ochiq restoran va kafelar va hattoki avtoturargohlar yaratish maqsadida foydalanishni bildiradi. Yuqorida sanab o’tilgan “foydalaniladigan tom”, inverstion tom”,”yashil tom” kabi elementlar insonning tabiat bilan hamohang hayot kechirishiga xizmat qiladi. Bino tomlarida yaratilgan bog’lar namunasi eramizdan avvalgi IX-asrda Ossuriyada barpo etilgan Semiramida bog’larining tasvirlarida uchraydi.Bundan tashqari XVII-asr yozma manbaalarida Qadimiy Rus podshohligi davrida Moskva Kremlida ham “yuqori bog’”lar bo’lganligi haqida ma’lumotlar olishimiz mumkin[1]. XX asr boshlarida kashf etilgan temir betonnning keng imkoniyatlarii esa tom ustidan foydalanishning yangi qirralarini kashf etdi. Keyinroq “tom ustida hayot” g’oyasi to’lqinida arxitekturadagi modernizm va funkstiyanalizm g’oyalari asoschisi Le Korbyuze zamonaviy arxitekturaning 5 tamoyili tarkibida “tom ustida bog’lar” g’oyasini ilgari surdi va bu g’oya bundan yarim asrdan keyingina ommalashdi. Ilmiy tadqikotlar natijalari shuni ko’rsatadiki tom qismi ko’kalamzorlashtirilgan binolarning energiyatejamkorlik ko’rsatkichlari oddiy binolarnikiga qaraganda anchagina yuqori. AQSHning Texas shtatida joylashgan NASA tashkilotining bergan ma’lumotiga qaraganda yaqinda Satterfield & Pontikes Construction qurilish tashkiloti NASA ning o’tgan asrning 60-yillarida qurilgan 12 ta binosini zamonaviy qurilish normalari va standartlariga javob beradigan binolarga aylantirish maqsadida qayta ta’mirlagan. Binolarning tom qismlari esa ko’kalamzorlashtirilib foydalaniladigan tomga aylantirilgan va 70 000dan ortiq o’simliklar o’tkazilgan. 36 Iyul, 2025-Yil NASA mutaxasislarining baholashlaricha, ko’kalamzorlashtirilgan-foydalaniladigan tom binoning energiyaeffektivligini sezilarli darajada oshirgan. Hozirgi kunda NASA tashkiloti binolarini isitish hamda havosini tozalash uchun ancha kamroq energiya sarflanayatgan ekan[2]. Ko’kalamzorlashtirilgan tom nafaqat havoni tozalab changni ushlab qoladi,balki shovqindan himoyalovchi vazifasini ham yaxshi bajaradi.Undan tashkari yog’ingarchilikdan keyin tomdagi gruntga shimilgan suv sekin asta bug’lanib havoda tabiiy namlikni hosil qiladi va yaxshi ekomuhitni yaratadi. To’q rangdagi an’anaviy tom qoplamasi yoz oylarida 90°S gacha qiziydi. Ko’kalamzorlashtirilgan tomlarda esa havo harorati 30-35°Sdan ko’tarilmaydi. O’tgan asrning boshlarida qurilgan Varshava universtiteti kutubxonasi tom qismi 2005- yilda landshaft arxitektori Iren Baerskiy tomonidan loyihalangan. Tomdagi osma bog’ Yevropadagi eng katta va chiroyli bog’lardan biri bo’ldi.Ko’kalamzor hudud maydoni 10 000 m2 dan ortiq[3]. Shu kabi amaliy ko’nikmalardan kelib chiqib aytish mumkinki tekis tomlarni quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin: 1.Dam olish joylari 2.Ko’kalamzorlashtirilgan bog’lar 3.Bolalar maydonchalari[4] 4.Issiqxona yoki qishki bog’ 5.Yozgi basseynlar 6.Turli sport maydonchalari 7.Avtoturargohlar tashkil etish maqsadida[5]; Fikrimizcha O’zbekiston sharoitida ham bu kabi arxitekturaviy yechimlardan foydalanish yaxshi natijalarni beradi va tobora rivojlanib borayotgan mamlakatimiz hayotida kelajakda kelib chiqishi mumkin bo’lgan muammolarning kaliti bo’lib xizmat qiladi.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O’zbekistonning iqlimiy, ekologik va urbanistik sharoitlari doirasida bino tomlari landshaftini loyihalash masalalari ko‘rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O’zbekistonning iqlimiy, ekologik va urbanistik sharoitlari doirasida bino tomlari landshaftini loyihalash masalalari ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- shaharsozlik, mahalliy o‘simliklar, yashil tomlar, tom bog‘lari., suv tejash, ekologik arxitektura, barqaror rivojlanish, mikroiqlim, landshaft dizayni
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024