К содержанию
РецензированоUZ2025

BINO TOMLARINI YASHILLASHTIRISH BO’YICHA ROSSIYA TAJRIBASI TAHLILI

Usmonova G.F.

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Rossiyada binolarni tom qismini yashillashtirish sohasida qiziqarli tajriba to'plangan. Bu, ayniqsa, katta shaharlarda ekologik vaziyatni yaxshilash va energiya samaradorligini oshirish uchun muhimdir. Maqolada Rossiya hududi uchun bino tom qismida landshaft barpo etishning muhim tamoyillari muhokama qilingan. Tomlarda tashkil etiladigan landshaft muhitiga elementlar tanlash bo’yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: yashil tomlar, gidroizolyatsiya,o’ramli materiallar, sug’orish tizimlari, energiyaeffektivlik. Rossiyada dastlabki tomlarda tashkil etilgan bog’lar to’g’risidagi yozuvlar, tavsiflar XVII- asrga to’g’ri keladi. “Yuqorilab boruvchi bog’lar”, “pichanlar asosida yaratilgan bog’lar” Moskva Kremlining saroy binolariga qo’shib qurilgan tosh gumbazlar ustida joylashgan. Kremlda bir nechta bunday bog’lar mavjud bo’lgan. Ayniqsa yuqori va quyi daryo qirg’oqlarida tashkil etilgan, o’z navbatida o’zining go’zalligi balan ―qizil alvon nomini olgan bog’ juda maftunkor bo’lgan. Quyi qirg’oq bo’yi bog’i Nazar Ivanov tomonidan 1623 yilda yaratilgan bo’lib, Kremldan Moskva daryosiga chiqib kelish yo’lagida tashkil etilgan. U derazali tosh panjara bilan o’ralgan bo’lib, undan Moskva daryosi ortiga tomon keng ko’rinish mavjud bo’lgan. Keyinchalik, 1687 yilda Yuqoribog’da chuqurligi 2 arshin (1,42 m) keladigan hovuz qurilgan va shu kungacha saqlanib qolgan hovuzni suv bilan ta’minlovchi minora barpo etilgan. Hovuzda mayda qayiqlar flotiliyasi tashkil etilib, yosh Petr I shu qayiqlarda ko’p suzgan va shu erda unda harbiy kemalarga mehr uyg’ongan. Yuqoridagi bog’dan uzoq bo’lmagan quyi qirg’oqbo’yi qizil bog’i 1681 yilda shox Aleksey Mixaylovich tomonidan qurdirilgan. Uning ichida ham hovuz bunyod etilgan. Bog’ni o’rab turuvchi to’siq tosh devor ichki sirtida master Petr Engels tomonidan kelajakka umid qarashga undovchi yozuvlar yozilganki, ular bog’ni yanada maftunkor va hashamatli qilib ko’rsatadi. Yuqori sath bog’lari XVII asrning rus shahar bog’larining o’ziga xos bir turi sifatida namoyon bo’lgan. Yuqori qavatlar sathi baravarida bo’y cho’zgan bu bog’lar turar joy binosining yashash xonalari ichiga kirib ketgandek ko’rinadi. Moskvada XVII asrda Golistыn va Ordыn Nashokinlar kabi boyonlarga tegishli ―qizil bog’lar mashhur bo’lgan. Bu bog’larda tekis soya beruvchi, salqinlik 261 beruvchi baland deryoza daraxtlari go’zallik va yoqimli hid taratib turadigan gullar, shifobaxsh o’t-o’lanlar va qushlarning sayroqi ovozlari, joyiga qoyilmaqom qilib o’rnatilgan me’moriy detallar qo’shilishib badiiy bir ijobiylik baxsh etgan[1]. XVII asrdagi yuqori sath bog’larining rejasi (tarxi) juda oddiy bo’lgan. Bog’ odatda bir-biri bilan to’g’ri burchak ostida kesishuvchi bir nechta yo’lakdan iborat bo’lib, ular orasidagi uchastkalar yupqa taxtalar bilan o’ralgan. Hosil qilingan taxta yashiklarga gullar o’tkazilgan, asosan lola, liliya, atirgul, gvozdika kabi gullar va olmalarning alohida nav daraxtlari o’stirilgan. Qishda daraxtlar sovuqdan himoyalash uchun kigiz bilan o’ralgan. Bunday bog’larni qurish katta xarajat talab qilgan. Daraxtlarning yaxshi o’sishini ta’minlash uchun etarli darajada qalinlikda unumdor tuproq tashib chiqarilgan va bu yukni ko’taruvchi tayanchlar, ora yopmalar qurilgan. Ora yopmalar suv o’tkazmasligi uchun qo’rg’oshin taxtalar bilan qoplangan. 27 Iyul, 2025-Yil Qo’rg’oshin taxtalar orasidagi choklar suyultirilgan qo’rg’oshin bilan yopilgan. Biroq, ora yopmalarning boshqa variantlari ham mavjud bo’lgan. 1675 yilda Patriarx Ioakim o’zining sajda qiluvchilariga Kremlni o’rtasida xo’jalik xonalaridan iborat tosh bino qurishni va uning usiga shunday sharoit yaratishni tayinlaganki, u erda bog’ qilish mumkin bo’lsin. Bog’da o’tirib dam olish sig’inish mumkin bo’lsin. Bog’ning atrofini tosh devor bilan o’rashning imkoniyati bo’lsin. Ikkinchi qavatda yashaydigan va faoliyat yuritadigan ruhoniylarning to’g’ridan-to’g’ri ikkinchi qavat sathida yaratilgan bog’larga chiqish imkoniyati bo’lsin. Tosh saroy tomida yaratilgan bog’da qo’rg’oshin taxtalar o’rnmmga g’och bruslardan tayorlangan novlar o’rnatilgan. Novlar tuproq bilan ta’minlangan. Tuproqda gullar, daraxtlar ekilgan. Novlarda o’sib, gullab turgan gullar , daraxtlar dunyo mo’jizasi sifatida ta’riflangan, Semiramida osma bog’lariga qiyoslangan. Keyinchalik, XVIII asrlarda bunday bog’lar Rossiyaning yangi poytaxti Sankt-Peterburgda ham tashkil etilgan (1 rasm). Qishki saroyda tashkil etilgan osma bog’ ochiq osmon ostidagi galereyani eslatuvchi osma bog’ bugungacha saqlanib qolgan. 1 -rasm. Sankt-Peterburgdagi qishki saroydagi osma bog’ 1680 yilda shunga o’xshagan bog’ Ch. Kameron tomonidan podshoxning shahardan tashqarisidagi rezidenstiyasi- Starskoe seloda, Ekaterina saroyining ikkinchi qavatida qurildi. Terrasa qurishda gumbazlar ustidan Angliyadan keltirilgan qo’rg’oshin listlar o’rnatilgan, uning ustidan o’simliklar va daraxtlarni ekish uchun qalin unumdor tuproq to’shalgan. Bu erda olmalar, yorongul, atirgul, jasmin va buttalar atrofi bo’yla lola pion va na

Доказательный фрагмент

«Rossiyada binolarni tom qismini yashillashtirish sohasida qiziqarli tajriba to'plangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Rossiyada binolarni tom qismini yashillashtirish sohasida qiziqarli tajriba to'plangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o’ramli materiallar, energiyaeffektivlik., yashil tomlar, sug’orish tizimlari, gidroizolyatsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники