Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK BOLALAR FOLKLORINI TASNIFLASH TAMOYILLARI
O‘rinova Maftuna No‘mon qizi · O‘ZBEK BOLALAR FOLKLORINI TASNIFLASH TAMOYILLARI
ИКРО журнал · 16 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada o„zbek bolalar folklori janrlarini tasniflashga doir ilmiy yondashuvlar, xususan, folklorshunos Oxunjon Safarovning qarashlari asosida tizimli tahlil berilgan. Dunyo folklorshunosligidagi (G.Vinogradov, O.Kapitsa, M.Melnikov, N.Isenbet va boshqalar) va o„zbek folklorshunosligidagi (G„.Jahongirov) tasniflar bilan qiyosiy yondashuv asosida O.Safarovning tasnifi uch asosiy guruhga ajratilib, har birining tarkibiy qismlari alohida yoritilgan. O.Safarov tomonidan taklif etilgan tizimning afzalliklari, kamchiliklari va yangiliklari xolis yoritilib, bolalar folklori bo„yicha olib borilgan ilmiy izlanishlarning metodik asoslari ochib berilgan. Kalit so‘zlar: tasnif, janr, tur, erkalash qo`shiqlari, bolalar taqvimi, o„yin, qo`shiq, satira, yumor Aннотация. В данной статье представлен системный анализ научных подходов к классификации жанров узбекского детского фольклора, в частности, на основе взглядов фольклориста Охунжона Сафарова. На основе сравнительного подхода с классификациями в мировом фольклоре (Г. Виноградов, О. Капица, М. Мельников, Н. Исенбет и др.) и узбекском фольклоре (Г. Джахонгиров) классификация О. Сафарова разделена на три основные группы, и отдельно выделены компоненты каждой. Объективно освещены преимущества, недостатки и новации предложенной О. Сафаровым системы, раскрыты методологические основы научных исследований детского фольклора. Ключевые слова: классификация, жанр, тип, колыбельные, детский календарь, игра, песня, сатира, юмор Annotation. This article presents a systematic analysis of scientific approaches to the classification of Uzbek children's folklore genres, in particular, based on the views of folklorist Okhunjon Safarov. Based on a comparative approach with the classifications in world folklore (G. Vinogradov, O. Kapitsa, M. Melnikov, N. Isenbet, etc.) and Uzbek folklore (G. Jahongirov), O. Safarov's classification is divided into three main groups, and the components of each are separately highlighted. The advantages, disadvantages and innovations of the system proposed by O. Safarov are objectively highlighted, and the methodological foundations of scientific research on children's folklore are revealed. Keywords: classification, genre, type, lullabies, children's calendar, game, song, satira, humor. Dunyo folklorshunosligida bolalar folkloriga doir tasnif G.Vinogradov, O.Kapitsa, M.Melnikov, N.Isenbet, N.Beyeshu, R.N.Xashba, M.O„zhan, E.Taker va o„zbek folklorshunosligida Gʻ.Jahongirovlar tomonidan amalga oshirilgan [3,17]. Oxunjon Safarov rus, tatar, moldavan, dog„iston, abxaz, tojik bolalar folkloriga taalluqli barcha tasniflarni sinchiklab o„rgandi hamda ularning o„zbek bolalar og„zaki poetik ijodi bilan umumiy va farqli jihatlarini tahlil qildi. 519 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 O.Safarov ana shu mulohazalari asosida yuzaga kelgan qarashlar va mavjud tasniflarga suyanib, yarim asrga yaqin muddat davomida to„plagan o„zbek bolalar folkloriga oid materiallari xarakteridan kelib chiqib, ularni quyidagicha uchta katta qismga ajratib o„rganishni ma‟qulladi: 1. Erkаlаsh qо„shiqlаri. Bungа аllа, аytim-оlqish, оvutmасhоq, erkаlаmа, qiziqmасhоqlаrni kiritib, ulаrdа erkаlаsh leytmоtiv bо„lgаnligini tа‟kidlаydi. Оlim erkаlаsh pоeziyаsi nаmunаlаrini ijrо mаqsаdi, о„rni vа bоlа yоshigа munоsаbаtigа kо„rа ikki guruhgа аjrаtаdi. Birinchisi, beshik qо„shiqlаri bо„lib, ungа аllаlаr, etnоgrаfik mаzmundаgi аytim- оlqishlаr(uch yоshni tо„ldirgunchа аytilаdi) kirsа, ikkinchisi suyish qо„shiqlаri deb аtаlib, erkаlаmа, оvutmасhоq, qiziqmасhоq, qаytаrmасhоq(6-7 yоshgа tо„lgunchа аytilаdi) kаbi jаnrlаrni о„z iсhigа оlаdi. 2. Bоlаlаr tаqvimi vа uni ifоdа etuvchi mаrоsim qо„shiqlаri. Bundа kаttаlаr bоlаlаrning tаbiаtgа bо„lgаn munоsаbаtini shаkllаntirishdа fаоl ishtirоk etishаdi. Bаhоr, yоz, kuz, qish mаvsumlаri bilаn bоg„liq bundаy qо„shiqlаrning bir qismi ijtimоiy-siyоsiy tаrаqqiyоt tаqоzоsigа kо„rа kаttаlаr repertuаridаn bоlаlаr repertuаrigа о„tib qоlgаn. Qоlаversа, ibtidоiy аjdоdlаrimizning аnimistik vа tоtemistik e‟tiqоdlаri аsоsidа shаkllаnib, endilikdа о„shа mоhiyаtni yо„qоtgаn yаlinсhоq vа hukmlаgiсh jаnrlаri bоlаlаr repertuаridа sаqlаnib qоlgаn. 3. Bоlаlаrning о„z ijоdkоrligi vа ijrосhiligi hоsilаsi bо„lgаn qо„shiqlаr vа о„yinlаr. Bu turkum о„zbek bоlаlаr fоlklоrining аsоsini tаshkil qilаdi. Ulаr sо„z vа hаrаkаtning ishtirоkigа kо„rа ikki kаttа guruhgа bо„linаdi: а) bоlаlаrning mаishiy qо„shiqlаri; b) bоlаlаrning о„yin fоlklоri [4, 85] Mazkur tasnif O.Safarovning 2007-yilda oliy ta‟lim dargohlari uchun nashr qilingan o„quv qo„llanmasida keltirilgan. Olim bolalar folkloriga doir asosiy ilmiy-nazariy qarashlarini “O„zbek bolalar poetik folklorining janriy tarkibi va badiiyati” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida (1985) to„liq ifodalagan. Bu dissertatsiya mazmuni monografiya sifatida nashr qilingan. Unda bolalar folklori o
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o„zbek bolalar folklori janrlarini tasniflashga doir ilmiy yondashuvlar, xususan, folklorshunos Oxunjon Safarovning qarashlari asosida tizimli tahlil berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o„zbek bolalar folklori janrlarini tasniflashga doir ilmiy yondashuvlar, xususan, folklorshunos Oxunjon Safarovning qarashlari asosida tizimli tahlil berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- classification, genre, type, lullabies, children's calendar, game, song, satira, humor, tur, bolalar taqvimi, erkalash qo`shiqlari, tasnif, o‘yin, yumor, qo`shiq, janr
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014