Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IX-XII ASRLARDA YASHAB IJOD QILGAN O’RTA OSIYOLIK BUYUK ALLOMALAR VA ULARNING JAHON SIVILIZATSIYASI RIVOJIGA QO’SHGAN HISSALARI
QO’SHGAN HISSALARI · Ibn Irok · Ahmad Farg‘oniy.
ИКРО журнал · 16 · 2025
Аннотация
Ilm-fan madaniyatimiz taraqqiyotida IX—XII asrlar davrining o‘rni beqiyosdir. Bag‘doddagi ilmiy akademiyadan o‘rnak olib Xorazmda ham X asrda Ma‘mun akademiyasi vujudga keldi Kalit so‘zlar: Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammar, Abu Saxl Masixiy, Ibn Irok, Ahmad Farg‘oniy. IX-asrda Movarounnahrlik olimlar xalifa Xorun ar-Rashid tashabbusi bilan Bag‘dodda ilmiy Markaz-Akademiya («Bayt ul-Xikma»)-tashkil etib, unga barcha musulmon o‘lkalari, jumladan O‘rta Osiyodan ham olim va fozillar to‘plandi. Bu markazda Movarounnahr va Xurosondan kelgan Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Marvoziy, Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar Bag‘dod akademiyasini jahonga mashhur bo‘lishida katta hissa qo‘shdilar. Movarounnahrda arab halifaligi hukmronligining o‘rnatilishi hamda islom dinining keng yoyilishining ijobiy tomonlaridan biri shuki, Bag‘doddagi ilmiy akademiyadan o‘rnak olib Xorazmda ham X asrda Ma‘mun akademiyasi vujudga keldi va uning a‘zolari bo‘lmish o‘z davrining olimu-donishmandlari o‘z ijodlari bilan Movarounnahrni donishi olamga yoydilar. Shuningdek o‘lkamiz hududidan islom dunyosining eng mo‘tabar shaxslari, hadisshunoslari yetishib chiqdilarki, ularning nomi hozirgi kungacha ham dunyoviy, ham tasavvuf ilmining yuqori pog‘onalarida turibdi. Ma‘lumki, uzoq o‘tmishga ega bo‘lgan O‘rta Osiyo xalqlari taraqqiyoti tarixi o‘z boshidan turli voqealarni, yuksalish va orqaga ketish davrlarini boshdan kechirdi. Shubhasiz, bu davrlarning barchasi tarixda o‘zining ma‘lum izini qoldirdi. Xususan ilm-fan madaniyatimiz taraqqiyotida IX—XII asrlar davrining o‘rni beqiyosdir. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, Ma‘mun ibn Muhammad X asr oxirlarida janubiy va shimoliy qismlarga bo‘lingan Xorazmni yagona bir markazga birlashtirdi. Ma‘mun ayniqsa poytaxt Gurganchni Sharqning eng yirik ilmiy-madaniy markazlaridan biriga aylantirdi. Ma‘mun Gurganchda «Baytul xikma» (Donishmandlar uyini)ni tashkil qildi. U Ma‘mun akademiyasi deb ham ataldi. Bu maskanda ulug‘ mutafakkirlar Al- Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ibn al-Hammar, Abu Saxl Masixiy, Ibn Irok, Ahmad Farg‘oniylar ijod qildilar. Shuningdek ular orasida Sharqning ko‘pgina mamlakatlaridan kelgan ulug‘ allomalar ham bor edi. Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al - Xorazmiy. (783-850yy) Buyuk mutafakkir va olim al-Xorazmiyning arifmetika va algebraga doir «Kitob al-jabr val mukobala» (To‘ldirish va qarama-qarshi qo‘yish haqida kitob) asari matematika fanida yangi davrni boshlab beribgina qolmay, balki uning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga ham katta asos bo‘ldi. «Hind arifmetikasi haqida kitob» asari tufayli avval Sharq xalqlari, so‘ngra esa Yevropa xalqlari ham Qadimiy Hindistonning katta yutug‘i-o‘nli pozitsiyasi hisoblash sistemasi bilan tanishdilar. (XII asrda lotin tiliga o‘girilgan). Al-Xorazmiyning «Kitob surat al-arz» (yerning surati) asari geografiyaga, 467 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 «Astronomik jadvallar» astronomiyaga oid bo‘lib, ular muallifning nomini jahonga yoydi. Shuningdek, «Quyosh soatlari to‘g‘risida risola», «Tarix risolasi», «Usturlab haqida risola», «Musiqa risolasi» singari ajoyib asarlari olimga katta shuhrat keltirdi, uning nomini abadiylashtirdi. Al-Xorazmiyning «Al-jabr val muqobala» asari keyinchalik Yevropada «Algebra» deb yuritila boshlandi. Uning astronomiyaga oid asari esa faqat Sharqda emas, balki G‘arbda ham asronomiya fani rivojida katta rol o‘ynadi. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad Al-Farg‘oniy. Al-Farg‘oniyning tarjimai holiga doir ma‘lumotlar tarixda kam saqlanib qolgan. 861 yilda vafot etgan. Astronomiya, matematika, geodeziya, gidrologiya fanlarining bilimdoni hisoblanib Bag‘dod va Damashqdagi rasadxona qurilishlarida faol qatnashdi va u yerda Ptolemeyning «Yulduzlar jadvalidagi» ma‘lumotlarni tekshirish ishlarini olib bordi. Al-Farg‘oniy «Astronomiya negizlari» asarida astronomiyaga oid bilimlarni tartibga soldi, o‘zining yangi natijalari bilan boyitdi. O‘sha davr an‘anasiga muvofiq mamlakatlarni yetti iqlimga bo‘lib o‘rgandi. Quyosh soatlari bayonini berdi, astronomik asboblarni yaratdi. Farg‘oniyning bu asari N.Kopernik davriga qadar Yevropada astronomiya fanidan asosiy qo‘llanma sifatida foydalanildi. Abu Nasr al-Forobiy (873-950 yy). O‘trorda tug‘ilgan, boshlangich ma‘lumotni Shosh, Buxoro, Samarqandda olgan so‘ng Bag‘dodda uzoq yashab, zamonasining olimlari bilan ilmiy muloqotda bo‘lgan. Ilmning turli sohalariga oid 160 dan ortiq risolalar yozgan. Musiqa nazariyasiga bag‘ishlangan «Musiqa haqida katta kitob» nomli mashhur asari bu soha tarixiga bag‘ishlangan eng dastlabki tarixiy manbalardan biridir. U serqirra, qomusiy olimdir. Abu Rayxon Beruniy (973-1048 yy). Xorazmda tavallud topgan bu mutafakkir astronomiya, tarix, tibbiyot, riyoziyot, jug‘rofiya, geodeziya, meteorologiya, etnografiya, falsafa, filologiyaga oid 150 ga yaqin asarlar yaratgan. Bu asarlar Beruniy nomini jahonga taratdi.
Доказательный фрагмент
«Ilm-fan madaniyatimiz taraqqiyotida IX—XII asrlar davrining o‘rni beqiyosdir.»
Образец извлечения
Демо-превьюIlm-fan madaniyatimiz taraqqiyotida IX—XII asrlar davrining o‘rni beqiyosdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ahmad Farg’oniy, Al-Xorazmiy, Ibn Irok, Beruniy, Abu Saxl Masixiy, Ibn Sino, Ibn al-Hammar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024