Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANGʻICH SINFLARDA DIQQATNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Sultonova Shodiyona Hazrat qizi
ИКРО журнал · 16 · 2025
Аннотация
This article analyzes the distinctive characteristics of attention in primary school students, focusing on its formation and developmental processes. Attention is the ability of students to focus on and concentrate on relevant information during the learning process. The study examines how attention develops in young children, including its voluntary and involuntary types, as well as aspects such as the strength and stability of attention. Additionally, the article explores the role of the teacher's methodological approach, the sensory and visual aspects of educational materials, and the use of games and exercises to enhance and maintain attention. The findings aim to assist educators in selecting effective methods and tools for fostering attention in primary school students. Keywords : Voluntary attention, involuntary attention, attention strength, attention stability. Respublikamizda boshlang‘ich ta’lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib , u har tomonlama sog‘lom va ruhan yetuk bola shaxsni tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik maktab yoshidagi òquvchilarga diqqatni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari bòyicha ta'lim tizimida olib borilayotgan ishlarga yanada ehtiyoj kòpligi aniqlandi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga diqqatning taqsimlanish xususiyati qiz bolalarga kuchli rivojlanganligi, diqqatning barqarorligi va ko‘chuvchanligi o‘g‘il bolalarda qizlarga nisbatan kuchli darajada namoyon bo‘lishi empirik tadqiqotlar asosida aniqlangan, o‘quvchilarga diqqatning shakllanishi o‘qituvchilarga o‘quvchiga munosabati kabi obyektiv omilga hamda shaxsning individual psixologik xususiyatlardan biri hisoblangan temperamentiga, o‘quv motivatsiyasi kabi subyektiv omillarga bog‘liqligi korrelyatsion tahlilar asosida aniqlangan.1 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ta’lim jarayoni nafaqat bilimlarni egallash, balki psixologik va kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi. Ushbu jarayonning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan diqqatning shakllanishi va uning samarali boshqarilishiga bog‘liqdir. 1 Nishonova Z.T, G.Alimova ‘Bolalar psixologiyasi va uni o`qitish mеtodikasi’ Toshkеnt-2003 yil 476 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 Diqqat — bu shaxsning ma’lum bir ob’ektga yoki faoliyatga ongli ravishda e’tibor qaratish qobiliyatidir. Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalarda diqqatning shakllanishi, uning turlari va xususiyatlari ta’lim jarayonining samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Diqqatning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, o‘quvchilarning ta’lim jarayonida diqqatni jamlash, davom ettirish va boshqarish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, diqqatni shakllantirishda o‘qituvchining metodik yondashuvi, o‘quv materiallarining hissiy va vizual jihatlari, o‘yin va mashqlar orqali diqqatni jamlash va davom ettirish usullari muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida diqqatni o‘rganish sohasida bir qator olimlar muhim tadqiqotlar olib borganlar. Ularning ishlarida diqqatning shakllanishi, rivojlanishi va ta’lim jarayoniga ta’siri chuqur tahlil qilingan. 1. Juan Pascual-Leone Juan Pascual-Leone 1970-yillarda bolalarning diqqat va aqliy qobiliyatlarini o‘lchash uchun matematik model ishlab chiqqan. Uning tadqiqotlari bolalarning aqliy diqqat qobiliyatining yoshga qarab qanday rivojlanishini ko‘rsatdi. Uning modeli bolalarning diqqat qobiliyatini o‘lchashda yangi yondashuvlarni taqdim etdi. 2. Mary K. Rothbart Mary K. Rothbart bolalarning temperamentini o‘rganishda katta hissasini qo‘shgan. U bolalarning diqqatni boshqarish qobiliyatini, ya’ni "effortful control"ni o‘rganib, bu qobiliyatning bolalarning ta’limdagi muvaffaqiyatiga ta’sirini aniqladi. Uning tadqiqotlari bolalarning diqqatni boshqarish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. 3. Ting Tao va hamkasblari Ting Tao va uning hamkasblari 7–12 yoshdagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida diqqatning rivojlanishini o‘rganishdi. Ular diqqatni 9 yoshdan boshlab sezgir va ijrochi diqqatga ajratish mumkinligini aniqladilar. Bu tadqiqot bolalarning diqqat turlarining yoshga qarab qanday o‘zgarishini ko‘rsatdi. 4. Larysa Liashenko va Alla Kurytsia Larysa Liashenko va Alla Kurytsia boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining diqqatni jamlash va barqarorlashtirish qobiliyatlarini o‘rganishdi. Ular o‘quvchilarning diqqatini rivojlantirishda ingliz tili darslarining tashkil etilishining muhimligini ta’kidlashdi. Ularning tadqiqotlari bolalarning diqqatini rivojlantirishda darslarning tashkil etilishining ahamiyatini ko‘rsatdi. 5. S. Sunay Yildirim Dogru S. Sunay Yildirim Dogru Montessori ta’lim metodikasining diqqatni rivojlantirishdagi samaradorligini o‘rganishdi. Ular ADHD (diqqat yetishmovchiligi va giperkativlik) bo‘lgan bolalarda Montessori materiallari yordamida diqqatni rivojlantirish mumkinligini aniql
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the distinctive characteristics of attention in primary school students, focusing on its formation and developmental processes.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the distinctive characteristics of attention in primary school students, focusing on its formation and developmental processes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Voluntary attention, involuntary attention, attention strength, attention stability, diqqatning kuchi, diqqatning barqarorligi, ixtiyorsiz diqqat, Ixtiyoriy diqqat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025