Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASI VA XALQARO TOVAR BELGILARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY MASALALARI
SharapovaRayhon Bekbergenqizi · BLOKCHEYNTEXNOLOGIYASI VAXALQARO TOVARBELGILARINI HIMOYA
ИКРО журнал · 16 · 2025
Аннотация
This scientific thesis provides an extensive analysis of the legal potential of blockchain technology in the protection of international trademarks. The focus is placed on blockchain’s role in trademark registration, monitoring, and infringement detection. It also explores the provisions of major international legal instruments (Paris Convention, Madrid Protocol, TRIPS Agreement) and reviews practices of international organizations such as WIPO and EUIPO. The paper discusses how blockchain can enhance transparency and security in the trademark system and evaluates thelegal and technical barriers that need tobe overcome. Kalit so‘zlar / Ключевые слова / Keywords: blokcheyn, tovar belgisi, xalqaro huquq, TRIPS, Madrid protokoli,WIPO, intellektual mulk,raqamlitexnologiya, identifikatsiya, qonunchilik. KIRISH. Raqamli transformatsiya jarayoni global miqyosda barcha huquqiy tizimlarga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Xususan, intellektual mulk obyektlarini, jumladan tovar belgilarini himoya qilishda zamonaviy texnologiyalar, xususan blokcheyn texnologiyasining qo‘llanilishi dolzarb mavzulardan biriga aylangan. Tovar belgilarining raqamli platformalarda noqonuniy ishlatilishi, ularning nusxalanishi va soxta mahsulotlar orqali bozorga chiqarilishi huquq egalarining manfaatlariga jiddiy zarar yetkazmoqda. Shu sababli, yangi texnologiyalarni xalqaro huquqiytizimlarga integratsiyalash zarurati kundan kunga ortib bormoqda. Tovar belgisi – bu mahsulot yoki xizmatni boshqa shunga o‘xshash tovar va xizmatlardan ajrata oladigan har qanday belgidir. Huquqiy tabiat nuqtai nazaridan, tovar belgisi intellektual www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 16,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 mulkning alohida obyektidir va unga bir qator eksklyuziv huquqlar taʼminlanadi: tovar belgini ro‘yxatdan o‘tkazish, undan foydalanish huquqi, litsenziyalash vabekor qilish1. Bu eksklyuziv huquqlar tojariy qiymat hamda isteʼmolchilar uchun sifat kafolati sifatida xizmat qiladi. Xalqaro miqyosda tovar belgisining ahamiyati beqiyosdir. Globalizatsiya va internet savdosi jadal rivojlanishi ortidan brendlar bozori chegaralarni inkor etdi; yirik korporatsiyalar o‘z brendlarining jahon bozorida himoyalanishini taʼminlash maqsadida bir nechta yurisdiksiyalarda ro‘yxatdan o‘tishga majbur bo‘lmoqda2. Masalan, Apple Inc. 100dan ortiq mamlakatda o‘z tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazgan, buesa brend imidjini himoya qilishdamuhimrol o‘ynaydi3. Tovar belgilari huquqiy mezonlari asosan milliy qonunchilik va xalqaro shartnomalarga tayanadi. Milliy darajada qonunlar tovar belgisining ro‘yxatdan o‘tkazilish tartibi, himoya muddatlari, invaziv huquqbuzarlik (kiber huquqda kompyuter tarmoqlariga yoki axborot tizimlariga invaziv, ya’ni ruxsatsiz kirish – hakerlik, ma’lumotlarni o‘g‘irlash, ruxsatsiz monitoring qilish kabi huquqbuzarliklar) holatlarini nazarda tutadi4. Xalqaro darajada esa Konvensiyalar (masalan, Parij Konvensiyasi), Madrid Protokoli hamda TRIPS shartnomasi kabi hujjatlar muvofiqlashtiruvchi rol o‘ynaydi vadavlatlarni umumiystandartlargarioya qilishgamajbur qiladi5. Tovar belgilarining xalqaro himoyasi global iqtisodiyotda salmoqli rol o‘ynaydi. Xalqaro savdo va investitsiya oqimlari ortishi, shuningdek, raqamli transformatsiya sharoitida brendning obro‘- e’tibori va foydaliligi tobora muhimlashmoqda. Shu munosabat bilan, Madrid, Parij va TRIPS konvensiyalari tovar belgilarini himoya qilishning asosiy xalqaro huquqiy mexanizmlarini tashkil etadi6. Bu bo‘limda avvalo har bir konvensiyaning kelib chiqish tarixi, vazifalari, o‘ziga xos tamoyillari vao‘zaro aloqalari tahlil qilinadi. Parij Konvensiyasi (1883) global sanoat mulki, jumladan tovar belgilarini muhofaza qilish bo‘yicha birinchi xalqaro hujjat bo‘lib, unda “milliy muomala” prinsipi kiritilgan7. Bu prinsip bo‘yicha konvensiya a’zolari bir-birining hududida ro‘yxatdan o‘tgan tovar belgilarini teng huquqli muomala ob’ekti sifatida qabul qiladi, ya’ni mahalliy ixtiyoriy huquqlar boshqa a’zolarga nisbatan oʻxshash darajada himoyalanadi. Parij konvensiyasi ilk marotaba 1883-yilda qabul qilingan bo‘lib, sanoat mulkini – patent, tovar belgisi, sanoat dizayni kabi ob’yektlarni himoya qilishning birinchi xalqaro hujjati hisoblanadi8. Uning asosiy maqsadi – ishtirokchi davlatlar fuqarolariga teng sharoitda milliy va xalqaro darajada huquqiy kafolat yaratishdir. 1 Dinwoodie, G. B., & Janis, M. D. Trademarks and Unfair Competition: Law and Policy, 3rd ed., Thomson Reuters, 2008, 12-b. 2Kur, A., & Dreier, T. International TrademarkProtection,KluwerLaw Int’l,2012,45-b. 3https://www.wipo.int/branddb/en/ 4European Union, Trade Mark Regulation (EU) 2017/1001, Art. 7. 5https://www.wto.org/english/docs_e/legal_e/27-trips_01_e.htm. 6Paris Convention forthe Protection ofIndustrial Property, 1883. 7Paris Convention forthe Protection ofIndustrial Property, 1883,Art. 6quinquies. 8 World Intellectual Property Organization (WIPO),
Доказательный фрагмент
«This scientific thesis provides an extensive analysis of the legal potential of blockchain technology in the protection of international trademarks.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis scientific thesis provides an extensive analysis of the legal potential of blockchain technology in the protection of international trademarks. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- raqamli texnologiya, identifikatsiya, intellektual mulk, qonunchilik., tovar belgisi, blokcheyn, Madrid protokoli, xalqaro huquq, WIPO, TRIPS
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025