Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI IQTISODIY ALOQALARNING O'RNI VA ISTIQBOLLARI
Tursunova Mahliyo Sarvar qizi · ALOQALARNING O'RNI VA ISTIQBOLLARI (Guliston davlat pedagogika instituti)
ИКРО журнал · 16 · 2025
Аннотация
ushbu maqolada O„zbekiston Respublikasining iqtisodiy sohada xorijiy davlatlar bilan yo„lga qo„ygan hamkorlik munosabatlari, mamlakatning xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlariga qo„shilishi, asosiy savdo sheriklari bilan olib borilayotgan o„zaro iqtisodiy aloqalar, investitsion muhitni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, strategik tarmoqlarda hamkorlik asosida amalga oshirilayotgan qo„shma loyihalar har tomonlama tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: milliy iqtisodiyot, xorij investitsiyasi, integratsiya,Mintaqaviy o„zaro hamkorlik, Mintaqaviy integratsion hamkorlik. Hozirgi tahlikali dunyoda izchi iqtisodiy o„sishni ta‟minlash, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish orqali aholi farovonligini oshirish, kambag„allikni qisqartirish masalasi oldimizda turgan eng asosiy vazifa hisoblanadi.Yangi O„zbekiston siyosatida iqtisodiyot – inson manfaati va uning farovonligini ta‟minlashga xizmat qilmog„i darkor. Chunki oila farovonligi, turmush darajasining yuqoriligi,dasturxonlarimizning to„kinligi hayotimizning asl mazmunini tashkil qiladi. Har bir inson uchun farzandlarini munosib tarbiyalab, o„qitib, uyli-joyli qilish, nabiralarini bag„riga bosib tinch va osuda hayot kechirish eng oliy baxtdir. Har bir davlat iqtisodiy, madaniy va siyosiy rivojlanishning o„ziga xos modelini tanlaydi. Mintaqa respublikalari uchun rivojlanish yo„lini tanlashda ko„p jihatdan, birinchi navbatda, iqtisodiy imkoniyatlar, infratuzilmaning rivojlanish darajasi, jahon va mintaqaviy bozorlarda talabga ega bo„lgan tabiiy resurslarning mavjudligi, istiqboldagi imkoniyatlar, savdo-iqtisodiy aloqalar uchun dengiz yo„llaridan foydalanish va boshqalar hisobga olindi. Rossiyalik tarixchisi A.Sh.Kadirbayev ta‟kidlaganidek: “Markaziy Osiyo muhim va noyob resurs, iqtisodiy va kommunikatsiya salohiyatiga ega mintaqa bo„lib, uni dastlabki bosqichda amalga oshirish zarur” Shuningdek, uning salohiyati hali to„liq ochib berilmaganiga qaramay, biz bugungi kunda mintaqa rivojlanishining asosiy yo„nalishlarini tavsiflashimiz mumkin.O„zbekistonning tashqi siyosat konsepsiyasining asosini iqtisodiyot belgilaydi. Iqtisodiy maqsadlardan tashqari, MDH doirasidagi hamkorlikning boshqa jihatlariga ham ega bo„lgan har qanday integratsiya loyihalarda faol ishtiroki bilan belgilanadi. O„zbekiston Respublikasi tomonidan mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq tashqi siyosatining asosiy yo„nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yosh mustaqil davlatlar – Qozog„iston, Qirg„iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan hamkorlik, do„stlik aloqalarini mustahkamlashga alohida e‟tibor qaratildi. Garchi, bu hamkorlik yangi munosabatlar, ya‟ni mustaqillik sharoitida yangitdan rasmiylashtirilayotgan bo„lsa-da, ammo davlat xalqlari azaldan o„zaro aloqada bo„lib kelgan, dunyo tajribasida kuzatiladigan tom ma‟nodagi bir-biri uchun yangi hamkor davlat yoki xalq emas edi. Ma‟lumki, O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mintaqada uzoq yillar to„planib qolgan muammolarga yechim topishda muhim siyosiy iroda namoyish etmoqda. 449 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 Xususan, Turkiyadagi nashrlardan biri – “Derin Ekonomi” 2019 yilda davlatimiz rahbarini mamlakat, mintaqa hamda xalqaro maydondagi vaziyatga faol ta‟sir ko„rsatadigan yetakchilar o„ntaligida qayd etgani shular jumlasidan. Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan yangi siyosiy muhit, globallashuv jarayonlari hamkorlik yo„nalishlarini kengaytirib borishni, foydalanilmagan imkoniyatlarni ishga solishni talab etadi. Zero bu zamonaviy tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish, mintaqada qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, xalqaro hamjamiyat,shu jumladan, biznes tuzilmalarining Markaziy Osiyo davlatlariga sarmoya kiritish bo„yicha intilishlarini samarali ro„yobga chiqarishga xizmat qiladi. Jahon tajribasi ko„rsatishicha, milliy iqtisodiyotga xorij investitsiyasini jalb qilish iqtisodiy o„sishni ta‟minlashning muhim omillaridan biridir. Iqtisodiyotda investitsiya darajasining oshishi yalpi ichki mahsulot (milliy daromad, yalpi daromad)ning investitsiyaga sarflanadigan qismini tejashga va iste‟molning darajasini oshishiga zamin yaratadi, natijada esa, aholining turmush darajasi yaxshilanadi. Investitsiya jarayonlarini moliya-kredit mexanizmlari orqali rag„batlantirishda soliq tizimi eng katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, investor o„z mablag„lari yetarli bo„lgan sharoitda kredit mablag„larini jalb etmasdan ham ishlab chiqarishni tashkil etishi mumkin, ammo u ishlab chiqarish faoliyatini moliyalashtirishning qaysi manbalaridan foydalanishidan qat‟i nazar belgilangan soliqlar va majburiy to„lovlarni to„lashi shart, shu bois investorlarni eng qiziqtirgan jarayonlardan biri bu soliq tizimida bu borada qanday yengillik va imtiyozlar berilganligidir.Respublikamizda to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalarni jalb etilishi bilan yetarlicha soliq imtiyozlari
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada O„zbekiston Respublikasining iqtisodiy sohada xorijiy davlatlar bilan yo„lga qo„ygan hamkorlik munosabatlari, mamlakatning xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlariga qo„shilishi, asosiy savdo sherikla…»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada O„zbekiston Respublikasining iqtisodiy sohada xorijiy davlatlar bilan yo„lga qo„ygan hamkorlik munosabatlari, mamlakatning xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlariga qo„shilishi, asosiy savdo sherikla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mintaqaviy integratsion hamkorlik, xorij investitsiyasi, milliy iqtisodiyot, Mintaqaviy o‘zaro hamkorlik, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025