Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“YUSUF VA ZULAYHO” TURKUMIDAGI DOSTONLARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Rajabova Muqaddas Mahmudqizi · “YUSUF VAZULAYHO”TURKUMIDAGI DOSTONLARNING O‘ZIGAXOS · Abdurahmon Jomiy · Rabg’uziy, “Qissasi Rabg’uziy”.
ИКРО журнал · 16 · 2025
Аннотация
Maqolada 150 dan ortiq namunasi mavjud bo’lgan “Yusuf va Zulayho” dostonining diniy manbalarda qanday shakllarda uchrashi, ijodkorlar tomonidan qanday variantlardayoritilganligi haqidaso‘zboradi. Kalit so‘lar: Yusuf, Zulayho, Yaqub, Qur’oni Karim, poklik, sabr, Jomiy, Durbek, Injil, Tavrot, tavba, Fuzuliy, Abdurahmon Jomiy, AlisherNavoiy, Rabg’uziy, “Qissasi Rabg’uziy”. “Yusuf va Zulayho” turkumidagi dostonlar Sharq adabiyotida alohida o‘rin egallaydi. Bu asar sayyor syujetli asarlar sirasiga kirib, VII asrda islom dinining kirib kelishi bilan turkiy xalqlar adabiyoti tarkibidan o‘rin ola boshladi. Bu turkumdagi dostonlarda asosiy hodisalar Qur’onning “Yusuf” surasida keltirilgan voqealardan olingan bo‘lib, unda payg‘ambar Yusufning hayoti, sabr-toqati, pokligi vago‘zalligi asosiy g‘oya sifatidayoritibboriladi. Avvalo, bu dostonlarning diniy-ma’rifiy xarakteri ularni boshqa epik asarlardan ajratib turadi. “Yusuf va Zulayho” doston va qissalarida Allohga bo‘lgan imon, sabr, halollik, tavba va kechirimlilik kabi fazilatlar yetakchi mavzu sifatida ilgari suriladi. “Yusuf va Zulayho” dastlab diniy manbalardan Tavrot, Injl, Qur’oni Karim kabi kitoblarda uchraydi. Mazkur qissa Qur’oni karimning 12-surasi hisoblanib, Makkiy suralardandir. 111 oyatdan iborat. Diniy manbalarda bu qissa haqida turlicha qarashlar mavjud. Yusuf surasining nozil bo‘lish sabablari haqida ilohiy kitobning tarjimoni Alouddin Mansur shunday ma’lumot beradi: “Bu sura Hud surasidan keyin Muhammad allayhissalom hayotlarining eng qora kunlarida – yaqinlari Hadicha va Abu Tolibdan ajralgan, mushriklar tomonidan ozor-aziyatlar chekib qiynalib yurgan kezlarida nozil bo’lgandir. Go‘yo Alloh taolo o‘zining suyukli payg’ambariga va u zotning barcha ummatlariga agar boshlariga tushgan balo-yu kulfatlarga va diyonatsiz kimsalarning zulm-u zo‘ravonliklariga sabr- qanoat qilib, o‘zlarining haq yo‘lidagi kurashlaridan tolmay, Allohning dinidan qolmay, sobitqadam bo‘lsalar, Parvardigori olam ularni zulmatlardan va tor-u tanglikdan xalos qilib, nurli, baxt-saodatli kunlarga yetkazajagini uqtirayotgandek…”1 Ushbu qissaning Qur’oni karimda kelishiga sabab: odamzodning boshiga kelgan har qanday og’ir kunda ham sabrli bo‘lishi, Allohga shak keltirmaslik, barcha qiyinchiliklarda o‘zini tuta bilishi va kechirimli bo‘lishga undovchi davatlardan iboratdir. Qur’oni karimda: Yusuf alayhissalom akalari va Zulayho tomonidan fitnaga uchrasa-da, sabr bilan yo‘l tutadi. Masalan, Qur’oni karimda shunday deyilgan: “Qālū a-innaka la-anta Yūsuf? Qāla anā Yūsufu va hādhā akhī, qad mannallāhu ʿalaynā. Innahu man yattaqi va yaṣbir fa innallāha lā yuḍīʿu ajra al-muḥsinīn” (لّل ٱ ّل مَ ْد ََ ىِخ ََآَََٰه ََ ُل ُل ولُ اََََ ََ اََ ُل ُل ولُ ََ ََأَ ََ لَخإََ ٓولُاََلۥُلَخإ ااََْدََََ َّل ٱ ّل خإَفْد خِْد َََُ ِخ لَُّ ّمَ َْ ْد ََ ُل ِْخ لََُ 1Qur’oni kKrim.Toshkent. Cho’lpon. 1992,157-b. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 16,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 َّ ْخَِخ ْد ُل ُدٱ)2 - ya’ni “Ular aytdilar: “Rostdan ham sen Yusufmisan?” U dedi: “Men Yusufman, bu esa mening ukamdir. Albatta, Alloh bizga fazl vainoyat qildi. Kimkitaqvo qilsa vasabr etsa, bas, albatta, Alloh ezguamal qiluvchilarning mukofotinizoye qilmas.” Ikkinchidan, bu dostonlarda tasviriy vositalar keng qo‘llanilgan. Yusufning go‘zalligi, Zulayhoning Yusuf hajrida chekkan iztiroblari chuqur yoritiladi. Masalan, Alisher Navoiy o‘zining “Hayrat ul-abror” asarida go‘zallik timsoli sifatida Yusuf obrazini keltiradi va bu orqali ma’naviy go‘zallikni ulug‘laydi. Abdurahmon Jomiy o‘zining “Yusuf va Zulayho” (Ogahiy tarjimasi)dostonidaYusufning go‘zaliginiquyidagi tasviriy vositalarda keltiriladi. “Yusuf jamolini dostonin sham’in shabiston aynida yondurmoq va bani odam ko‘ngli parvonasin ul shulamushohidasidakuydurmoq”. …Ango Yusuf ko‘rundi o‘ylakim moh, Demay mah, mehri avjiizzat-u joh. Quyoshdek barchadin husn ichra mumtoz, Hamul jam ichra shamoso sarafroz. Qoshidao‘zgalar husni bo‘lib gum, Oningdekkim, quyosh oldida anjum. Erur egnida dilbarlikridosi, Ridopo‘sh el qilibjonin fidosi. Kamoli husnig’a andishaetmay, Jamei aqli fikratpesha etmay. Tanida jilatilutfi ilohi, Boshida tojifarri podshohi.”3 Uchinchidan, “Yusuf va Zulayho” dostonlari axloqiy-ma’naviy tarbiyada ham yuqori ahamiyat kasb etadi. Asar o‘quvchiga sabrli bo‘lish, pok saqlanish , nafsga qarshi kurash g‘oyalarini singdiradi. Bu jihatdan asarlar didaktik ahamiyat kasb etadi. Jumladan, Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostonida qahramonlar har qanday og’ir qiyinchilikka duchor bo‘lganda ham o‘z orzularining amalga oshirishga aniq umid bog‘laydilar. Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostonida tasviriy ifodalarni qo‘llash emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri voqealar rivojiga o‘tilganligi, asar hazrati payg’ambar sallolohu alayhi vasallamning na’ti, Yusuf-Zulayho kitobining ibtidosi, Yusuf og’alari yomon sog’ing’onlari boblaridan boshlanib ketilgani ko‘rsatiladi. 2Shayx Muhammad
Доказательный фрагмент
«Maqolada 150 dan ortiq namunasi mavjud bo’lgan “Yusuf va Zulayho” dostonining diniy manbalarda qanday shakllarda uchrashi, ijodkorlar tomonidan qanday variantlardayoritilganligi haqidaso‘zboradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada 150 dan ortiq namunasi mavjud bo’lgan “Yusuf va Zulayho” dostonining diniy manbalarda qanday shakllarda uchrashi, ijodkorlar tomonidan qanday variantlardayoritilganligi haqidaso‘zboradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Durbek, Injil, Qur’oni Karim, Alisher Navoiy, “Qissasi Rabg’uziy”., poklik, Tavrot, Rabg’uziy, Fuzuliy, tavba, Yaqub, Jomiy, Abdurahmon Jomiy, sabr, Zulayho, Yusuf
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024