К содержанию
РецензированоUZ2025

TURKISTON JADIDLARINING XOTIN-QIZLAR TENGLIGI TOʻGʻRISIDAGI QARASHLARI

Olimova Ra’noxonRasuljonqizi · TURKISTONJADIDLARINING XOTIN-QIZLAR TENGLIGI · TOʻGʻRISIDAGI QARASHLARI

ИКРО журнал · 16 · 2025

Аннотация

This article is about the views of Turkestan intellectuals of the late 19th and early 20th centuries on the issue of women, in particular the place and role of women in society, their level of literacy, the efforts made by the moderns in this regard, educating women, sending them to new method schools. views suchas attraction are analyzed. Key words:Female teachers, modern schools, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Behbudi, education. Hozirgi kunda yurtimizda xotin-qizlarning oʻrni, ularning jamiyat hayotida nufuzini har tomonlama oshirish, ularning taʼlim olishi, ularni ish bilan taʼminlash, ularning mavqeini oshirish masalasida samarali ishlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev oʻz nutqlarida xotin-qizlar masalasiga toʻxtalar ekan, shunday fikrlarni bildiradilar: “Onalar va bolalar sogʻligʻini muhofaza qilish, ayollarning turmush sharoitlarini hisobga olgan holda, ish bilan taʼminlash, opa-singillarimizning ogʻirini yengil qilish uchun har tomonlama imkoniyat yaratish, xotin-qizlarning ijtimoiy- siyosiy hayotimizdagi oʻrni va nufuzini oshirish boʻyicha davlat siyosatini davom ettirishni biz oʻzimizning eng muhim vazifamiz deb bilamiz” [1, 12]. Bu fikrlar xotin-qizlar nufuzini, mavqeini har tomonlama tiklash dolzarb ahamiyat kasb etishini koʻrsatadi. Bundan qariyb bir asr muqaddam Turkiston oʻlkasida taraqqiyparvar jadidlar jamiyat hayotida koʻplab masalalar singari xotin-qizlarning jamiyatda nufuzini koʻtarish, ularning taʼlim olishi, huquqlari, umuman jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan qarash va munosabatni oʻzgartirish, avvalo ularni bilimli qilib tarbiyalash masalasida oldingi qatorda turib, bu qarashlarni amalga oshishiga sababchi boʻldilar. Demak, hozirgi davrda xotin- qizlarning jamiyat hayotida oʻrni masalasi qanday muhim ahamiyat kasb etsa, XIX asr oxiri – XX asrboshidaham oʻzdolzarbligi bilan ajralib turgan. Mazkurvaziyatni oʻrganish, tahlil qilish, jadidlarimizqarashlarini ilmiy muomalaga kiritishbugungi kundaham dolzarbvazifalardandir. XIX asr oxiri – XX asr boshida oʻlkadagi maʼnaviy hayotga nazar tashlaydigan boʻlsak, XIX asr oxiri – XX asr boshida ommalashgan otinchilik qizlar uchun boshlangʻich taʼlim vazifasini ado etdi, ularga bibixalifa yoki bibiotinlar dars berganlar. Maktab yillarida qizlar oʻz bibiotinlari boshchiligida asosan, “Haftiyak”ni Qurʼonning 2-3 ta surasini oʻqib oʻrganganlar. Qurʼonning boshqa suralarini esa uylarida oʻrgatishgan. “Qizlar uchun ilm mutlaqo ortiqcha, qizlarni tikish, bichish va toʻqishga oʻrgatinglar, oʻqish va yozishni chetga surib qoʻyinglar”, - degan jamoatchilik fikrining mavjudligi adabiyotlarda keltiriladi. Kamdan-kam qizlar oʻqishga oʻrgatiladi, undan ham kam hodisalarda yozishga, qizlarning koʻpchiligi asosan kunduzgi ibodat, namoz oʻqish bilan band edi. Turkistondagi maktablarda qizlar koʻprok fors va turk sheʼriyatini www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 16,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 oʻrganib, yozuvga kam eʼtibor berganlar. Maktablarni tugatishlari bilan qizlarning oʻqishiga yakun yasalgan. Baʼzi joylarda qizlar maktabi boʻlsada, ota-onalar bir yildan keyinoq qizlarining oʻqishini toʻxtatib qoʻyar, odatda ularni juda yosh turmushga berib yuborardilar. Bularning barchasi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida turkiston maktab-maorifining oʻziga xos xususiyatlaridan biri edi. Ismoilbek Gasprinskiy 1884 yil “usuli jadid” maktabini ochib, maorif tizimini isloh etish borasida gʻoyalarini “Tarjimon” gazetasida eʼlon qilib, maorif tizimi oldida hal etish kerak boʻlib turgan vazifalardan biri – qizlar maorifiga ham alohida eʼtibor berish lozimligini [2, 34] taʼkidlagan. Jadidlar farzandlar tarbiyasi ayollar qoʻlida ekanligi alohida taʼkidlaganlar. Sadriddin Ayniy bu haqida quyidagi fikrni bildirgan edi: “Agarda xotun kishi tarbiyat topgan, savodli boʻlsa, farzandini ham tarbiyat qilib taraqqiylik odami qiladur” [3, 5]. Bu tarbiyada ayniqsa, bolalar bilan koʻproq shugʻullanadigan ona hal qiluvchi ahamiyatga ega hamda onaning bola tarbiyasiga eʼtiborsizlik bilan qarashi fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkinligi jadidlar tomonidan eʼtirof etilgan. Abdurauf Fitrat kelajak avlodlarning ongsiz, irodasiz, tarbiyasiz, nodon va johil boʻlmasliklari uchun xotin-qizlar oʻqimishli, sogʻliqni saqlash va bolalar tarbiyasidan xabardor boʻlishlari kerakligini zarur deb biladi. U tarbiyani juda muhim ijtimoiy hodisa, jarayon deb biladi va unda “Oiladagi mushkulvazifa goʻdak tavalludidan soʻng er-xotin boʻyniga tushadigan farzandtarbiyasidir”, deb uqtiradi. Umuman olganda, jadidlarning oila masalasidagi qarashlarida Fitratning “Birinchi tarbiya (oila tarbiyasi) tarbiyaning eng muhimi hisoblanadi. Uning taʼsiri odam tabiatiga mustahkamoʻrnashadi”[4,89] -degan fikri asos boʻlib xizmat qiladi. Jadidlar oila va jamiyatda oʻqimishli ayolning oʻrni mavqeyi oʻzgacha ekanligini tushuntirishga harakat qilganlar. Bu haqida manbalardan quyidagalarni bilish mumk

Доказательный фрагмент

«This article is about the views of Turkestan intellectuals of the late 19th and early 20th centuries on the issue of women, in particular the place and role of women in society, their level of literacy, the efforts ma…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is about the views of Turkestan intellectuals of the late 19th and early 20th centuries on the issue of women, in particular the place and role of women in society, their level of literacy, the efforts ma… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Female teachers, modern schools, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Behbudi, education, tarbiya., Otinoyilar, Behbudiy, jadid maktablari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники