К содержанию
РецензированоUZ2025

BAKTERIAL VAGINOZ: ETIOLOGIYASI, PATOGENEZI VA DAVOLASH STRATEGIYALARI

TayirovaGuldona Sanjarbekovna · Ilmiy rahbar · Saydullaev Toyirjon · BAKTERIAL VAGINOZ: ETIOLOGIYASI · PATOGENEZI VA DAVOLASH

ИКРО журнал · 16 · 2025

Аннотация

; Ushbu ilmiy tezisda bakterial vaginozning patogenezida bioplyonka shakllanishi, mikrobiota disbalansi va Gardnerella vaginalis ning roli ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Kasallikni davolashda dequalinium chloride, dezoksiribonukleaza fermentlari, probiotik va immunomodulyatorlarga asoslangan zamonaviy yondashuvlar tahlil qilingan hamda ushbu kasallikni kamaytirish vaoldini olishga yo‘naltirilgan innovatsion strategiyalarni ilgari surilgan. Kalit so’zlar; Bakterial vaginoz, gardnerella vaginalis, vagina mikrobiotasi, bioplyonka, anaerob bakteriyalar, probiotik terapiya, zamonaviy davolash yondashuvlari, vaginal disbiyoz, lactobacillusspp. Mavzuning dolzarbligi; Bakterial vaginoz— bu ayollar orasida keng tarqalgan vaginaning disbiyoz holati bo‘lib, laktobasillarning kamayishi va anaerob bakteriyalar (Gardnerella vaginalis, Atopobium vaginae, Mobiluncus spp., Prevotella spp.)ning ko‘payishi bilan tavsiflanadi[1]. JSST malumotlariga ko‘ra, bakterial vaginoz reproduktiv yoshdagi ayollarda eng keng tarqalgan vaginal infeksiyalardan biridir[6]. 15–44 yosh oralig‘idagi ayollarda bakterial vaginoz uchrash darajasi 20–30% ni tashkil etadi. AQShda 14–49 yosh oralig‘idagi ayollarning taxminan 21.2% ida bakterial vaginoz aniqlangan. Afrikada va ayrim Osiyo mamlakatlarida bu ko‘rsatkich 50% gacha yetishi mumkin. Homilador ayollar orasida bakterial vaginoz uchrash tezligi 10–30% atrofida. Bakterial vaginoz homiladorlikda xavfli bo‘lishi mumkin, chunki u erta tug‘ruq, homila yo‘li infektsiyalari va past tana vaznli tug‘ilishlar bilan bog‘liq[3]. Bakterial vaginoz bilan og‘rigan ayollarning 30–50% ida kasallik 3–6 oy ichida qaytalanadi. Bakterial vaginoz mavjud bo‘lgan ayollarda jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalar (xususan, HIV, gonoreya, xlamidioz) yuqish xavfi 2–3 barobar yuqori. In vitro urug‘lantirish jarayonida bakterial vaginoz mavjudligi homilatushishi yoki homiladorlikkaerisha olmaslik xavfini oshiradi. Bakterial vaginoz da asosiy etiologik omil sifatida gardnerella vaginalis ko‘riladi[2]. Bu bakteriya boshqa anaeroblar bilan sinergik aloqada bo‘lib, vagina mikrobiotasining tabiiy balansini buzadi. Lactobacillus spp., ayniqsa, L. crispatus va L. jensenii kabi vodorod peroksid hosil qiluvchi turlarning yo‘qolishi bakterial vaginoz rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Mikrobiota tarkibining o‘zgarishi vagina pH darajasining >4.5 gacha ko‘tarilishiga olib keladi, bu esa patogen mikroorganizmlar ko‘payishini rag‘batlantiradi. Patogenez: Bakterial vaginoz rivojlanishida epiteliy yuzasida bioplyonka shakllanishi muhim omillardan biridir. Gardnerella vaginalis bu bioplyonkaning asosiy komponenti bo‘lib, u anaerob bakteriyalarni muhofaza qiladi va antibiotiklarga qarshilikni oshiradi. Bioplyonka mavjudligi surunkali infeksiyaga, takroriy bakterial vaginoz holatlariga olib keladi[4]. Bundan tashqari, Gardnerella vaginalis ning vaginotsin, sialidazava boshqa proteolitik fermentlar ishlab chiqarishi vagina epiteliysining butligini buzadi, yallig‘lanish jarayonlarini faollashtiradi va boshqa infeksiyalarga (masalan, HIV, HSV-2) moyillikni oshiradi. Bakterial vaginoz ko‘pincha www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 16,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 simptomlarsiz kechadi, ammo simptomlar paydo bo‘lsa, quyidagilar kuzatiladi: baliq hidiga ega bo‘lgan ko‘p miqdordagi oqish, vagina pH >4.5, “clue cells” (epitelial hujayralar yuzasiga bakteriyalarning yopishganligi), aminga test (KOH bilan reaksiyada hidning kuchayishi). Amsel mezonlari va nugent ball tizimi bakterial vaginoz tashxisida keng qo‘llaniladi. Bakterial vaginoz homiladorlikda quyidagi asoratlarga olib kelishi mumkin: homilaning muddatidan oldin tug‘ilishi, chanoq sohasidagi infeksiyalar, ektopik homiladorlik, sun’iy urug‘lantirish muvaffaqiyatining pasayishi. Zamonaviy davolashyondashuvlari: Bakterial vaginozni davolashda birinchi qator preparatlar — metronidazol va klindamisin bo‘lib, ular og‘iz orqali yoki vaginal shaklda qo‘llaniladi[5]. Ammo takrorlanish xavfi yuqori bo‘lib qolmoqda (60% gacha). Shu sababli, quyidagi yangi yondashuvlar dolzarb hisoblanadi: Bioplyonkani yo‘q qiluvchi vositalar: Dequalinium chloride, bor kislotasi va dezoksiribonukleaza fermentlari bioplyonka parchalanishiga yordam beradi. Probiotik terapiya: L. crispatus asosidagi vaginal kapsulalar vagina mikrobiotasining tiklanishiga xizmat qiladi va relapslarni kamaytiradi. Prebiotiklar va simbiotiklar: Glycogen, inulin va boshqa prebiotik moddalarning qo‘llanilishi laktobasillar o‘sishini rag‘batlantiradi. Immunomodulyatorlar: Ba’zi tadqiqotlar vagina mukozasining immun javobini kuchaytiruvchi vositalar bakterial vaginoz ni qaytalanishini kamaytirishda yordam berishini ko‘rsatgan. Yangi antibiotiklar: Secnidazol kabi preparatlar uzoq yarim parchalanish davri bilan ajralib turadi va bir martalik dozada ham yuqori samaradorlik ko‘rsatadi. Xulosa: Bakterial vaginoz ayollar reproduktiv salomatligig

Доказательный фрагмент

«; Ushbu ilmiy tezisda bakterial vaginozning patogenezida bioplyonka shakllanishi, mikrobiota disbalansi va Gardnerella vaginalis ning roli ilmiy manbalar asosida yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

; Ushbu ilmiy tezisda bakterial vaginozning patogenezida bioplyonka shakllanishi, mikrobiota disbalansi va Gardnerella vaginalis ning roli ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
anaerob bakteriyalar, bioplyonka, gardnerella vaginalis, zamonaviy davolash yondashuvlari, Bakterial vaginoz, probiotik terapiya, lactobacillus spp., vaginal disbiyoz, vagina mikrobiotasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники