Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KIBER JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA ELEKTRON DALILLARNI ANIQLASHNING KRIMINALISTIK JIHATLARI
ANIQLASHNING KRIMINALISTIK JIHATLARI · Tulanboyeva Adiba Alijon qizi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada kiber jinoyatlarni tergov qilishda elektron dalillarni aniqlash, ularni to‘plash, hujjatlashtirish va baholash jarayonlarining kriminalistik jihatlari tahlil qilinadi. Insonlarva jinoyatchilarning virtual muhit bilan uzviy bog‘lanib borishi natijasida jinoyatning sodir etilishi va dalillarning yashirilish shakllari ham murakkablashmoqda. Elektron dalillarni to‘g‘ri aniqlash — jinoyatni ochish, gumondorni aniqlash va sudda isbotlash uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Maqolada xalqaro amaliyot, sud-tibbiy ekspertiza vositalari, tergovchilarning rolini belgilovchi qonunchilik va zamonaviy texnologik yondashuvlar yoritiladi. Kalit so‘zlar: Kiber jinoyat, elektron dalil, kriminalistika, tergov, sud ekspertizasi, dalilni autentifikatsiya qilish, jinoyat joyi, ishonchlilik. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi inson hayotini tubdan o‘zgarib yangi jarayonga o‘tishiga sababchi bo‘ldi. Bu jarayon bilan birga jinoyatchilikning yangi shakllari ham yuzaga keldi. Kiber jinoyatlar an’anaviy jinoyatlarga qaraganda murakkabroq tuzilishga ega bo‘lib, ko‘pincha ko‘zga ko‘rinmas tarzda amalga oshiriladi. Jinoyatchilar o‘z shaxsini yashirish uchun anonim tarmoqlar, VPN xizmatlari, shifrlangan messenjerlar va boshqa zamonaviy vositalardan foydalanadilar. Shu bois, bunday jinoyatlarni tergov qilish va unga oid dalillarni aniqlash kriminalistik metodlardan foydalanishni talab etadi. Kiber jinoyatlar tergovida eng asosiy isbot vositalaridan biri bu — elektron dalillardir. Shuningdek, elektron dalilni aniqlash nafaqat texnik bilimni, balki jinoyat voqea joyining virtual ko‘rinishini to‘g‘ri baholashni, voqealar zanjirini tiklashni va har bir raqamli izni kriminalistik nuqtai nazardan baholashni ham talab etadi. Bularning barchasi elektron dalilni aniq va qonuniy aniqlashning kriminalistik jihatlarini o‘rganishni zamonaviy jinoyatchilikka qarshi kurashda dolzarb masalaga aylantirmoqda. An’anaviy jinoyatlarda jinoyat sodir bo‘lgan joy aniq bir manzil ko‘rsatiladi. Misol uchun: kvartira, ko‘cha, omborxona va hokazo. Biz hodisa sodir etilgan joyni ko‘zimiz bilan ko‘rishmiz, uni ko‘zdan kechirib, dalillarni olishimiz mumkin. Ammo kiber jinoyatlarda jinoyat joyi an’anaviy tushunchalardan keskin farq qiladi. Bunda jinoyat “virtual muhit”da sodir etilishi mumkin: lokal tarmoqda, veb-sayt orqali, elektron pochta orqali yoki bulutli xizmatdan foydalangan holda. Shu bois, kiber jinoyat joyini aniqlash — tergovning dastlabki bosqichlarida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan murakkab kriminalistik vazifa hisoblanadi. Kiber jinoyat joyini kriminalistik nuqtai nazardan quyidagicha tavsiflash mumkin: bu — jinoyat sodir bo‘lgan, jinoyatchi tomonidan raqamli faoliyat amalga oshirilgan va dalillar mavjud bo‘lgan raqamli yoki jismoniy muhitdir. Bu joyga kompyuterlar, serverlar, mobil qurilmalar, routerlar, bulutli platformalar, USB qurilmalar, xotira kartalari va boshqa texnik vositalar kiradi. Shu bilan birga, jinoyat izlari tarmoq trafiklarida, log fayllarida, kukki (cookie)larda, internet brauzer tarixida va IP-manzillar orqali aniqlanishi mumkin. 660 Iyun, 2025-Yil Tergov nuqtai nazaridan, kiber jinoyat joyini belgilashning asosiy maqsadi — jinoyat faoliyatiga oid raqamli izlarni aniq topish, ularni hujjatlashtirish va dalil sifatida isbotlashdir. Bunda jinoyat sodir etilgan joyni o‘z ichiga oluvchi ma’lumotlar: tizim kirish vaqtlari, foydalanuvchi nomlari, parollar, IP-loglar, geolokatsiya ma’lumotlari va boshqa texnik ko‘rsatkichlar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Al-Havqalning fikricha, kiber jinoyat joyi jinoyatning o‘zagini va markazini o‘z ichiga olgan har qanday joy yoki birlik (obyekt yoki virtual server bo‘lishidan qat’i nazar) bo‘lishi mumkin. U jinoyatchilar uchun jinoiy faoliyatni sodir etish yoki tayyorlash uchun xizmat qiluvchi maydon sifatida qaraladi. Shu bilan birga, jinoyat joyi jinoyat tafsilotlarini ochish, jinoyatchining niyatini anglash va jinoyat mexanizmini qayta tiklashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Bundan kelib chiqadiki, kiber jinoyat joyini to‘g‘ri belgilash, u yerdagi elektron dalillarni protsessual normalar asosida yig‘ish va ularni kriminalistik usullar bilan tahlil qilish tergovchilardan yuqori malaka va maxsus texnik bilimlarni talab qiladi. Elektron dalillarni aniqlashda eng muhim jihat — ularning mavjudligini aniqlash bilan birga, ularga yetkaziladigan ehtimoliy zararlarning oldini olishdir. Chunki raqamli ma’lumotlar osongina o‘zgartirilishi, o‘chirilishi yoki soxtalashtirilishi mumkin. Shuning uchun tergovchi ma’lumotni aniqlagan zahoti, uni darhol hujjatlashtirishi, nusxasini (imaging) olish va asl nusxani muhrlab, tegishli tartibda saqlashi lozim. Muhim jihatlardan biri shundaki, dalil yig‘ishda foydalaniladigan usullar va texnologiyalar tergov jarayonining qonuniyligini belgilaydi. Pollitt (2005) ta’kidlaganidek, raqamli dalillar bilan ishlashda an’anaviy kriminalistik yondashuvlar yangi talablarga moslashtirilishi kerak. Casey (2011) esa elektron dalilni “jin
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kiber jinoyatlarni tergov qilishda elektron dalillarni aniqlash, ularni to‘plash, hujjatlashtirish va baholash jarayonlarining kriminalistik jihatlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kiber jinoyatlarni tergov qilishda elektron dalillarni aniqlash, ularni to‘plash, hujjatlashtirish va baholash jarayonlarining kriminalistik jihatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kiber jinoyat, elektron dalil, sud ekspertizasi, tergov, kriminalistika, dalilni autentifikatsiya qilish, jinoyat joyi, ishonchlilik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025