Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOG`BONCHILIK ASOSIDA SHAKLLANGAN XALQ MAQOLLARI
Bobojonova Dilnoza Oxunjonovna · BOG`BONCHILIK ASOSIDA SHAKLLANGAN XALQ MAQOLLARI
ИКРО журнал · 16 · 2025
Аннотация
Xalqning tajribasi ma‟naviy qadriyatlarning yaratilishida favqulodda muhim rol o`ynaydi. “Insonlarda xotiralari tufayli tajriba paydo bo`ladi: ayni bir narsa, predmet haqidagi bir qator xotira, nihoyat, bir tajriba ahamiyatiga ega. Tajriba esa fan va san‟at bilan deyarli bir xildir. Fan va san‟atga esa insonlar tajriba tufayli erishadilar. Chunki, V.Pol aytganidek, “tajriba san‟atni yaratgan (Pol – sofist, Gorgiyning shogirdi) – va to`g`ri aytgan, tajribasizlik – hodisa”. Kalit so’zlar: maqol, bo‟z, bo‟zchilik, to‟quvchilik, mehnat, nunar, kasb, bo‟yoqchilik, kulol, kulolchilik, zargar, zargarlik, usta 1. Bog` jamoli bog`bondan. 2. Bog`bonga tog` yarashmas, Biyobonga – bog`. 3. Bog`bon bo`lmay bilmas gulning qadrini, Ari bo`lmay, bilmas bolning qadrini. 4. Bog`bon bog`ini tuzar, Dehqon dalasin suzar. 5. Bog`bon bo`lsang sarxar qil, Dehqon bo`lsang shudgor qil. Bog` jamoli bog`bondan. Qilayotgan ishining unumiga qarab zimdan kuzatganda qaysi kasb egasi ekanligini bilsa bo`ladi. Bog`bonning asosiy ishi bog` bilan kechadi. Bog`dagi daraxtlarga oro berib, parvarishlaydi. O`z ishiga sidqidildan yondashsagina qilgan mehnatida unum bo`ladi. O`zi qilgan ishidan huzur olib, ko`ngli ravshanlashadi. Birgina bog`bonning o`zi emas, qolaversa, butun bashariyat ham bahramand bo`ladi. Parvarishlagan daraxtlari soyasida insonlar hordiq chiqaradi, yetishtirgan hosilini iste‟mol qiladi. Bog`bon bo`lmay bilmas gulning qadrini, ari bo`lmay bilmas bolning qadrini. Biror narsaning qadri, odatda, yo`qotilgandagina bilinadi. Gulning nafosatini har kim ham nozik his qilib bilmaydi. Aynan uni yetishtirgan, parvarishlagan insongina undan o`zgacha huzur oladi. Bir tomchi asalning qadrini esa minglab gul nektariga qo`ngan ari biladi. Qachonki inson biror maqsadga erishish barobarida mashaqqat cheksagina, keyinchalik qadriga yeta oladi. Osongina 288 www.wordlyknowledge.uz ILMIY METODIK JURNAL JOURNAL OF IQRO – ЖУРНАЛ ИҚРО – IQRO JURNALI – volume 16, issue 01, 2025 ISSN: 2181-4341, IMPACT FACTOR ( RESEARCH BIB ) – 7,245, SJIF – 5,431 qo`lga kiritilgan narsa esa tezda havoga sovurilib ketadi. Zar qadrini zargar biladi, suv qadrini suvchi, gul qadrini bog`bon biladi. Birgina gulni yetishtirish uchun bog`bon urug`ni yerga qadaydi, yumshatadi, sug`oradi, parvarishlaydi. Shuning uchun ham gulning qadriga uni yetishtirgan insonchalik hech kim yeta olmaydi. Usta ko`rmagan shogird har maqomga yo`rg`alar. Ushbu maqol o`zbek maqollari manbalarining deyarli hammasida jonli va adabiy tilda uchraydi. Chuqurroq o`ylab qaralganda esa bu mantiqqa umuman to`g`ri kelmaydi. Mazkur maqolning to`la va mantiqqa to`g`ri keladigan varianti o`tgan asrda O`rta Osiyoga kelgan yevropalik olim Ҳ.Vamberining 1867-yilda Leypsigda nashr etilgan “Chig`atoy grammatikasi” nomli kitobida uchraydi: “Usta ko`rgan shogird har maqomga yo`rg`alur, Usta ko`rmagan shogird andin-mundin qarmalur”. Arxivda N.P.Ostroumov fondida saqlanayotgan maqollar qo`lyozmalari orasida ham shu variant bor, ammo uning birinchi qismi sal buzilgan: “Usta ko`rgan shogird har yerga borsa ovqat qiladi, Usta ko`rmagan shogird undan-mundan qarmalaydi”. Xullas, ota-bobolar bu va bu kabi maqollar vositasi bilan avlodlarga turmushni yaxshi o`tkazmoq uchun ilm-hunar egallamoq, uni ilmli- bilimli, tajribali ustozlardan o`rganmoq, bunday odamlarning qadriga yetmoq va izzat-hurmat qilmoq zarurligi yuzasidan nasihat qilib qoldirganlar1. Xalq ko`zida – men usta, ikkov qolsak u usta maqolida ba‟zi odam ustaning yonida shogird bo`lib yuradi-da, boshqa joyda kishilar ko`ziga o`zini usta qilib ko`rsatib, “Men – ustaman” deb maqtanadi. Ustasining huzurida esa “popugi pasayib”, tilini tiyib yuradi. Ana shunday quruq maqtanchoqlarni mazax-masxara qilganda mazkur maqolni ishlatadilar. Dono ustadan a‟lo shogird chiqadi. Fahm-farosatli, yetuk, mukammal, yuksak did sohibi bo`lgan ustozgina yaxshi shogirdni tarbiyalay oladi. Qilgan ishining unumi yo`q, ishida tartib yo`q ustoz qo`lidan esa hech qachon aqlli shogird chiqmaydi. Shuning uchun inson har bir ishni boshlashdan avval yaxshilab mushohada qilib, avval-oxirini o`ylab keyin boshlagan ishiga qo`l urishi kerak. Kim bilan do`st tutinishingga, ish boshlashingga ahamiyat bergin. Chunki bulbul bog`ga, qarg`a axlatga boshlaydi. O`roqchining rizqi – o`roqdan. 1. O`roqchi – o`roq yasovchi usta, temirchi. 2. O`rish ishi bilan shug`ullanuvchi, o`ruvchi kishi2. Har bir kasbning o`ziga yarasha mashaqqatlari, yaxshi va yomon tomonlari bo`ladi, qolaversa, shu kasbning mehnat qurollari ham. O`roqchining asosiy mehnati o`rish bilan bog`liq. Shu sababli turmush sharoitini egallagan kasbi hisobiga yurgizadi. Rizqi esa kasbining asosiy noni o`roq hisobidan keladi. Zargar bo`lsa zar, dehqon bo`lsa yerdan, bog`bon bo`lsa bog`dan, o`roqchi esa o`roqdan kelgan rizqi evaziga kun kechiradi.
Доказательный фрагмент
«Xalqning tajribasi ma‟naviy qadriyatlarning yaratilishida favqulodda muhim rol o`ynaydi.»
Образец извлечения
Демо-превьюXalqning tajribasi ma‟naviy qadriyatlarning yaratilishida favqulodda muhim rol o`ynaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- zargar, kulolchilik, kasb, maqol, kulol, usta, bo’z, nunar, bo’yoqchilik, to’quvchilik, bo’zchilik, zargarlik, mehnat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025