Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AYOLLARGA TEGISHLI MASALALAR
Fayziyeva Zulayho · AYOLLARGA TEGISHLIMASALALAR (Toshkent islominstituti talabasi 403-guruh,Tel: +998 977120098)
ИКРО журнал · 16 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada hayz, nifos va istehoza holatlarining fiqhiy jihatlari yoritilgan. Islom dini ayollar hayotidagi ushbu tabiiy jarayonlarga alohida e’tibor qaratgan bo‘lib, ularning har biri ibodatlarga ta’siri, davomiyligi va hukmlari bilan tafsilotli izohlangan. Maqolada ushbu masalalarning dolzarbligi, fiqhiy manbalar asosidagi sharhlari va zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati muhokamaqilingan. Kalit so‘zlar: Hayz, nifos, istehoza,fiqh, ibodat, tahorat, namoz,tozalik. Islom fiqhida ayollar hayoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan hayz, nifos va istehoza holatlari muhim diniy masalalar sirasiga kiradi. Bu mavzular Qur’oni Karim va hadislar asosida keng muhokama qilingan bo‘lib, to‘rt mazhab – Hanafiy, Shofeiy, Molikiy va Hanbaliy – ularning har biriga oid huquqiy va amaliy jihatlarni alohida tartibda bayon etgan. Ayniqsa, hayz holati nafaqat ayolning jismoniy salomatligiga, balki ibodat, poklik, ro‘za, Qur’on tilovati kabi diniy vazifalarni bajarishiga ham bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli, har bir musulmon ayolning bu holatlarga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishi, diniy majburiyatlarini bilib bajarishi uchun aniq ma’lumotga ega bo‘lishi muhimdir. Ushbu maqola aynan hayz, nifos va istehoza holatlarining diniy va fiqhiy asoslarini turli mazhablar talqinida yoritishga bag‘ishlangan. Fiqh kitoblarida hayz mavzusi muhokama qilinar ekan, uning doirasida yana nifos va istehoza holatlari ham ko‘rib chiqiladi. Shunga qaramay, mavzu sarlavhasi sifatida odatda hayz atamasi ishlatiladi. Buning sababi shuki, hayz holati ayollarda ko‘proq uchraydi va unga oid diniy hukmlar ham boshqaholatlarga qaraganda ancha ko‘p. So‘zning lug‘aviy ma’nosiga qaralsa, hayz – “suvning yoki qonning oqib ketishi” degan ma’noni bildiradi. Tarixiy manbalarda bu holat uchun o’nta turli nom ishlatilgan: tams, hayz, nifos, dahk, iroq, ikbar, i’sar, diras, firoq. (Ramli, 323.Shirbiniy170.Buhutiy 1/180) Fiqhiy ta’rifga ko‘ra, hayz – bu balog‘atga yetgan sog‘lom ayolning bachadonidan tabiiy ravishda, ma’lum oraliqlarda chiqadigan qon hisoblanadi. (Ibn Hajar Haytamiy. 1/383) Bu holat odatda qiz bolalar balog‘atga yetganidan boshlab, klimaks (menopauza) davrigacha davom etadi. Ayol tanasidagi bu fiziologik jarayonga hayz holati deyiladi. O’zbek tilida bu holat “oy ko’rish” yoki “xos kunlar”kabi so’zlarbilan ifodalanadi. Hayz holati ayol organizmidagi tabiiy biologik jarayonning bir qismi bo‘lib, bu davrda tuxum hujayra urug‘lanmagani sababli, bachadon ichki devorini qoplagan shilliq qavat yangilanadi va qon orqali tashqariga chiqadi. Bu jarayon har bir ayol uchun odatiy va sog‘lom belgidir. Agar tuxum urug‘lanmasa, u bachadonga joylashmaydi va tanadan hayz qoni bilan birga tashqariga chiqariladi. Aksincha, tuxum urug‘lanib, bachadon devoriga joylashsa, hayz ro‘y bermaydi, ya’ni ayol homiladorbo‘ladi. (Yavuz. Yunus Vahbiy. Hayiz.Istanbul 1998.17/51) Qur’oni Karimda bu holat haqida: “(Ular) sizdan hayz haqida so‘rashadi…” degan oyat mavjud. (Baqara 222) Shuningdek, Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hayz haqida shunday deganlar: “Bu –Allohning Odam qizlari uchun belgilagan bir holatidir.” (Buhoriy Hayz kitobi1-hadis) www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 16,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 Demak, hayz ko’rgan birinchi ayol Havvo onamizdan boshlab, barcha ayollar boshidan kechiradigan tabiiyva fitriy jarayondir. Ayollarda hayz ko‘rish yoshi ham, davomiyligi ham har xil bo‘lishi mumkin. Ba’zilar yoshligidanoq hayz ko‘ra boshlasa, boshqalar biroz kechroq ko’radi. Shuningdek, hayzning davomiyligi ham farq qiladi —ayrim ayollarda u uzoqdavom etsa, boshqalarda qisqaroq bo‘ladi. Bunday farqlarning sababi — har bir ayolning fiziologik (jismoniy), psixologik holati, yashaydigan iqlimi va hayot tarzi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham Islom olimlari bu masalada aniqlik kiritish maqsadida muayyan minimal va maksimal vaqtlar belgilab berishgan. Bu esa ayollar uchun diniy masalalarni (ibodat, ro‘za, tozalikka oid qoidalar) to‘g‘ri ado etishda osonlik yaratadi. Shofeiy mazhabiga ko‘ra, ayolning hayz ko‘rish yoshi eng erta to‘qqiz qamariy yiliga to‘lishi bilan boshlanadi. U hatto sovuq mintaqada tug‘ilgan bo‘lsa ham, bu holatni boshidan kechirishi mumkin1. Agar undan oldin qon ko‘rgan bo‘lsa, bu qon hayz qoniga kirmaydi. Yuqorida “qamariy yil” ifodasini ishlatdik, bunday holatlarda qamariy taqvim qo’llanilishini dalili “Sizdan (ey, Muhammad), hilollar(yangi oylar)haqida so'raydilar”,(Baqara 142)oyatidir. Hanafiy mazhabiga ko‘ra, ayol eng erta to‘qqiz yoshida hayz ko‘ra boshlaydi. Agar undan oldin qonko‘rgan bo‘lsa,buqonhayz qoniga kirmaydi2. Hanbaliy mazhabida esa, ayolning yashash joyi (issiq yoki sovuq mintaqa) farq qilmasdan, eng erta to‘qqiz yoshida hayz ko‘ra boshlaydi. Agar undan oldin qon kelgan bo‘lsa, bu qon hayzga aloqador hisoblanmaydi. Eng kech ellik yoshida hayzdan qoladi, ya’ni klimaks davri boshlanadi3. Shofeiy mazhabiga ko‘ra, hayzning eng qisqa davomiyligi —
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada hayz, nifos va istehoza holatlarining fiqhiy jihatlari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada hayz, nifos va istehoza holatlarining fiqhiy jihatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nifos, tahorat, fiqh, istehoza, ibodat, Hayz, namoz, tozalik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025