К содержанию
РецензированоUZ2025

BADIIY MATNDA SINTAKTIK FIGURALAR (CHORI AVAZ SHE’RLARI MISOLIDA)

AmonovaMavluda Raximjon qizi · BADIIYMATNDA SINTAKTIK FIGURALAR · (CHORIAVAZ SHE’RLARI MISOLIDA)

ИКРО журнал · 16 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada badiiy matnning ta’sirchanligini ta’minlashda faol qo‘llaniladigan ayrim sintaktik figuralar tahlilga tortildi. Sintaktik figuralar nutqni ohangdor, ta’sirchan va jozibali qilish uchun ishlatiladi. Asosan, tinglovchining tushunishiga osonlik yaratadi. Shu jihatdan ular nutq musiqasi deb yuritiladi. Bunday uslubiy vositalarning ba’zilarini o‘zbek xalqining suyukli farzandi, shoirChori Avaz she’riyati misolidatahlilga tortamiz. Kalit so‘zlar: badiiy asar tili, lingvistik tahlil, sintaktik figuralar, sintaktik parallelizm, emotsional gaplar, ritorik so‘roq gaplar, inversiya, ellipsis,antiellipsis,gradatsiya, antiteza. Sintaktik vositalar badiiy matnda integrativ munosabatlarning yuzaga kelishida faol ishtirok etishi barobarida ayni munosabatlar fonida xilma-xil badiiy maʼno-mazmunlarni ham ifodalay oladi. Bu maʼnoda ularning badiiy matndagi estetik salmogʻi leksik vositalar imkoniyatidan qolishmaydi1. Qolaversa, bugungi kun tilshunosligida sintaktik vositalarning tasviriy ifoda imkoniyatlarini oʻrganadigan alohida soha – eskpressiv sintaksisning yuzaga kelishi ham sintaktik vositalarning muhim ahamiyat kasb etishini, matn strukturasini oʻrganishga qiziqishning ortibborayotganini ham ko‘rsatadi. Ekspressivlikning namoyon boʻlish shakllarini o‘rgangan oʻzbek tilshunosi A.Abdullayev sintaktik vositalarni sanar ekan “sintaktik gradatsiya, sintaktik sinonimiya, bogʻlovchilarning maxsus qoʻllanishi, antiteza, monolog, sukut, inversiya, takrori y gaplar, ritorik soʻroq” kabi uslubiy figuralar “fikrning oʻtataʼsirchan ifodalanishi”ga xizmat qilishinitaʼkidlaydi2. Umuman, tilshunoslikda sintaktik ekspressiv vositalar sifatida yuqorida sanab o‘tilgan hodisalar bilan birga ellipsis, antiellipsis, kesish, pozitsion-leksik takror, parsellyatsiya, segmentatsiya, sintaktik kengaytiruvchilar bilan kelgan leksik takror, monologik nutqdagi savol-javob konstruksiyalari, bogʻlovchisizlikning ayrim turlari, soʻz birikmasi komponentini almashtirish, sintaktik parallelizm, undov konstruksiyalar, nominativ gaplar zanjiri, soʻzni maxsus ekspressiv- stilistik joylashtirish kabilar aytiladi. M.Yo‘ldoshevning doktorlik ishida sintaktik vositalarning aktuallashishi haqida quyidagicha fikr keltiriladi: “Bizningcha, oʻzbek tilida badiiy matnda poetik aktuallashadigan sintaktik vositalarning asosiylari quyidagilardan iborat: sintaktik parallelizm, emotsional gap, ritorik soʻroq gap, inversiya, ellipsis (antiellipsis), parsellyatsiya, atov gaplar (segmentatsiya), gradatsiya, oksyumoron (gʻayriodatiy birikmalar), antiteza (sintaktik konstruksiyalarda), farqlash, oʻxshatish, sukut, korreksiya va boshqalar”3. “Badiiy tekstning lingvistik tahlili” kitobi mualliflari sintaktik figuralarning quyidagi asosiy ko‘rinishlari mavjudligini bayon qilishadi: “anafora, epifora, takror, antiteza, gradatsiya, ellipsis, alliteratsiya, 1Yo‘ldoshev M.Badiiy matnninglingvopoetik tadqiqi.DDA.–T.,2009.39-b. 2Абдуллаев А.Ўзбектилидаэкспрессивликнинг ифодаланиши.–Т.: Фан,1983.58- б. 3Юлдашев М.Бадиийматннинглингвопоэтик тадқиқи.ДДА.–T.,2009. www.wordlyknowledge.uz ILMIYMETODIK JURNAL JOURNAL OFIQRO –ЖУРНАЛ ИҚРО –IQRO JURNALI –volume 16,issue01,2025 ISSN:2181-4341, IMPACT FACTOR( RESEARCH BIB )–7,245,SJIF–5,431 ritorik so‘roq kabilar”4. Bu uslubiy vositalar mavzuga aloqador bo‘lgan deyarli barcha adabiyotlarda uchraydi. Umumlashtiradigan bo‘lsak quyidagi holat yuzaga chiqadi: 1.Sintaktik parallelizm. 2.Emotsional gap. 3.Ritorik so‘roq gap. 4.Inversiya. 5.Ellipsis. 6.Gradatsiya. 7.Antiteza. 8.Farqlash. 9.O‘xshatish. Sintaktik parallelizm. Parallelizm keng tushuncha bo’lib, bu tilshunoslikning barcha bo‘limlari bilan bog‘liq. Parallelizmning yorqin ko‘rinishi sintaksisda uchraydi. Umuman, badiiy matnda sintaktik jihatdan bir xil shakllangan gaplar yoki bir xil sintaktik konstruksiyalar ham uchrab turadi. Bunday sintaktik parallelizm badiiy matnda tegishli fikrning poetik taʼkid olishi uchun xizmat qiladi. Sintaktik parallelizm poetik sintaksisning o‘rganish obyekti sifatida badiiy nutq tarkibida keng tarqalgan qadimiy uslubiy vosita hisoblanadi. Undan tasvir etilayotgan obyektga tinglovchi e’tiborini qayta tortish, ta’kidlash, izohlash kabi maqsadlarda foydalaniladi.5 Masalan, Chori Avazning “Uyg‘onishdan o‘zga tole izlama” kitobidan joy olgan “Zamin chorlovi” nomli she’ridasintaktik parallelizmningyorqin namunasini ko‘rishimizmumkin: Zamin qalqir, Zamin langarini yo‘qotgan go‘yo. Yashash esa oson, Buosonlikqimmatga tushgan, Buosonlikqimmatga tushar. Zamin qalqir, Zamin langarini yo‘qotgan go‘yo. Xalq gullari,ko‘zlaringnioch. Xalq gullari,ko‘zlaringnioch! Keltirilgan misollardagi sintaktik parallelizmning qo‘llanishi natijasida shoir ko‘zlagan maqsad –ogohlikka chorlov ta’sirchan tarzdaifodalanishi yuzaga chiqqanligining guvohi bo‘lamiz. Mazkur hodisaning badiiy matndagi ahamiyati haqida tadqiqotchi R. Shukurov shunday yozadi: “Parallel birliklarning asosiy vazifasi fikrga izoh berish, eng muhimi, unga tinglovchini toʻla 4ЎринбоевБ.,ҚўнғуровР.,Лапасов Ж.Б

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada badiiy matnning ta’sirchanligini ta’minlashda faol qo‘llaniladigan ayrim sintaktik figuralar tahlilga tortildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada badiiy matnning ta’sirchanligini ta’minlashda faol qo‘llaniladigan ayrim sintaktik figuralar tahlilga tortildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
inversiya, ritorik so‘roq gaplar, antiteza., ellipsis, antiellipsis, emotsional gaplar, lingvistik tahlil, sintaktik parallelizm, sintaktik figuralar, gradatsiya, badiiy asar tili
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники