К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA TARBIYANING TUTGAN O‘RNI

Ahmadova Nafisa Sardorbek qizi

Interpretation and researches · 1 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda tarbiyaning rivojlanishi va o‘ziga xos jihatlarini yoritib boriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshga doir bo‘lgan pedagogik va psixologik xususiyatlari, bolalarni sog‘lom rivojlanishidagi ahamiyati, bolalarga insonparvarlik, mehnatsevarlik, odob – axloq qoidalariga rioya qilish kabi hislatlar shakllanib borishi yoritilgan. Kalit so‘zlar. Tarbiya, pedagogik-psixologik xususiyatlar, mehnat tarbiyasi, axloqiy tarbiya, estetik tarbiya, idrok etish, maktabgacha yosh davri, ijtimoiy muhit. Shaxsni shakllantirish tarbiya jarayonida ro‘y beradi, inson tarbiyasi xalq baxt- saodati yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatida, ijtimoiy hayotda, sotsial-iqtisodiy vazifalarni hal etishda amaliy ishtirokida yuzaga keladi. Shaxsni shakllantirishga uch omil: tarbiya, ijtimoiy muhit va irsiyat ta’sir ko‘rsatadi. Shaxsni shakllantirishga ijtimoiy va tabiiy muhit katta ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy muhit shaxsni rivojlantirishda ustun ahamiyatga ega: ishlab chiqarishning taraqqiyot darajasi va ijtimoiy munosabatlar xususiyati kishilar faoliyati va dunyoqarashi xususiyatini belgilab beradi. U shaxsni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Tabiiy muhit ham shaxsning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning o‘rni. Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta’lim sharoitida insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasini o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu xilma-xil faoliyat turlarida ro‘y beradi. Bolaning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Shaxsni shakllantirish tarbiya jarayonida ro‘y beradi, inson tarbiyasi xalq baxt-saodati yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatida, ijtimoiy hayotda, sotsial-iqtisodiy vazifalarni hal etishda amaliy ishtirokida yuzaga keladi. Shaxsni shakllantirishga uch omil: tarbiya, ijtimoiy muhit va irsiyat ta’sir ko‘rsatadi. Shaxsni shakllantirishga ijtimoiy va tabiiy muhit katta ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy muhit shaxsni rivojlantirishda ustun ahamiyatga ega: ishlab chiqarishning taraqqiyot darajasi va ijtimoiy munosabatlar xususiyati kishilar faoliyati va dunyoqarashi xususiyatini belgilab beradi. U shaxsni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Tabiiy muhit ham shaxsning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning o‘rni Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta’lim sharoitida insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasini o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu 35 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 13 (59) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 xilma-xil faoliyat turlarida ro‘y beradi. Bolaning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tarbiyaning quyidagi turlari farqlanadi; 1.Jismoniy tarbiya. O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama jismoniy tarbiyalash ta’lim-tarbiya muassasalari, oila, jamoat tashkilotlarining birgalikdagi kuch-g‘ayratlari bilan amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya sog‘liqni yaxshilashga, jismoniy sifatlarni rivojlantirishga, yoshlarni mehnatga va Vatanni himoya qilishga tayyorlashga qaratilgandir. 2.Aqliy tarbiya. Aql- keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlanib, tafakkur va hayotni o’z ichiga oladigan bilish jarayinlari yig’indisidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy tarbiyalash, bu bolani faol fikrlash faoliyatini rivojlantirishga kattalarning ma’lum maqsad bilan ta’sir etishidir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni sistemalashtirishni, bolalarda bilisha qiziqish uyg‘otishni, aqliy malaka ko‘nikmalarini tarkib toptirishni, bilish qobiliyatlarini rivojlantishni o‘z ichiga oladi. 3.Axloqiy tarbiya. Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o‘ziga munosabatni ochib beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxning axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishni talab qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirib olishgina bolalarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy tarbiya mazmunin amalga oshirishdan iborat. 4.Mehnat tarbiya. Mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirishning asosiy omilidir. Shuning uchun har bir bola maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab mehnat jarayonida ishtirok etishi kerak. Bolalar bo‘gchasida, oilada bajariladigan, murakkab bo‘lmagan har bir topshiriq bolaning kundalik vazifasiga aylanishi lozim. Bola mehnatning ahamiyatini, mohiyatini tushunib yetishi uchun tarbiyachi kattalar mehnati, bolalarning o‘zlari bajaradigan mehnat turlarini kuzatish bo‘yicha ekskursiyalar uyushtiriladi. Mehnat bolalardan diqqat, o‘tkir zehnlilik, topqirlik, ijodkorlik, qobiliyatlarini egallashni talab etadi. Mehnat jarayoni bola nutqini yangi so’zlar bilan boyitadi. 5.Estetik

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda tarbiyaning rivojlanishi va o‘ziga xos jihatlarini yoritib boriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda tarbiyaning rivojlanishi va o‘ziga xos jihatlarini yoritib boriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sir rsatadi, ijtimoiy muhit, maktabgacha yoshdagi, shaxsni shakllantirishga, tabiiy muhit, axloqiy tarbiya, muhit shaxsni
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники