Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JAHONDAGI ILK MUZEYLAR TARIXI
Kurbanova Nargiz Nasirdinbekovna
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
As a cultural and educational institution, museums are one of the main means of meeting the public's social needs and bringing them to spiritual maturity. This article provides information about the essence of the concept of a museum, its content, and the beginnings of museums in the world. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 102 Часть–6_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Keywords :living fairy tales, museum, house of muses, Ptolemy I, "fine tastes", Library of Alexandria, museum, British Museum, International Council of Museums, International Museum Day. «Muzeun» -bu go‘zal buyumlar saqlanadigan, ilhom parilari to‘planadigan joy degan maʼnoni anglatadi. Shuningdek, «moziy» so‘zining «muzey» atamasiga monand ekanligini ham eʼtirof etish kerak. «Moziy» so‘zining lug‘aviy maʼnosi tarix, o‘tmish degan mazmunni anglatadi. Muzeylar ham vazifasiga ko‘ra tarixni, o‘tmishni namoyish qilish bilan avlodlarga bilim beradi. Shunday ekan, muzeylar tarixdan saboq beradi, u xalqning asrlar davomida qoʼlga kiritgan yutuqlari, ilm-maʼrifatga qoʼshgan hissasi haqida maʼlumot beradi, ko‘rgazmali, ishonchli, ilmiy asoslar bilan insoniyatga maʼrifat tarqatadi desak xato bo‘lmaydi. Muzeylar orqali tarixiy va madaniy merosiga bo‘lgan munosabat ifodalanadi. Muzeylarda moddiy va maʼnaviy madaniyat yodgorliklarini to‘plash va namoyish etish barobarida ilmiy-maʼrifiy hamda taʼlim-tarbiyaviy yo‘nalishdagi ishlar ham olib boriladi. Muzeyshunoslik bugungi kunga kelib o'zining muayyan faoliyat turiga ega soha. Ya'ni muzeylar turli toʻplamlarni butlaydi va oʻrganadi. Ilmiy hujjatlarni tayyorlaydi, muzey ashyolarini saqlash va taʼmirlash tartibini yaratadi, monografiya, katalog, yoʻl koʻrsatkichlar nashr etadi. Zamonaviy muzeyshunoslik ishlab chiqqan ilmiy usul va metodologiya asosida ekspozitsiyalarda ilmiy tashviqotlar olib boradi. Siyosiy, ilmiy, madaniy, iqtisodiy ehtiyojlarni qondiruvchi muzeyning paydo boʻlish tarixi esa olis davrlarga borib taqaladi. Muzey tushunchasi ilk bor XV asrda kirib kelgan. Аvval muzey deb antik yodgorliklar to‘plami va sanʼat asarlariga, keyinchalik tabiat olamining namunalari va barcha noyob, g‘alati narsalarga aytilgan bo‘lsa, XVI asrning ikkinchi yarmiga kelib “muzey” termini nafaqat buyumlar to‘plamiga, balki ular saqlanayotgan, ilmiy o‘rganiladigan va namoyish etiladigan binoga nisbatan qo‘llaniladi. XX asr boshida yuz bergan inqilobiy voqealar jamiyat hayotining barcha sohalarida o‘zgarish yasadi. Dastlab muzeylar faqat “nozik didlilar” uchun bo‘lsa, so‘ngra aholining barcha qatlamlari uchun baravar ochiq xizmat qildi[1]. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 103 Часть–6_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Muzeylar oʻz kolleksiyasini saqlash va hujjatlashtirishdan tortib, tadqiqotchilar va mutaxassislarga xizmat koʻrsatish hamda keng jamoatchilikka xizmat koʻrsatishgacha boʻlgan turli maqsadlarga ega.Ilk muzeylar qachon tashkil topgan degan savolga javob olish uchun tarix kitobining anchayin oldingi sahifalariga nazar tashlashga to‘g‘ri keladi. Muzeyning oʻtmishdoshlari tabiat va ijtimoiy hayotdan olingan asl buyumlarni xoʻjalik maqsadlarida va moddiy boylik sifatida emas, balki memorial guvohnoma va estetik qimmatli asl narsalar sifatida saqlana boshlagan davrda yuzaga kelgan. Miloddan avvalgi XVI asrga oid Kritdagi Knos saroy xazinasi, miloddan avvalgi XIII-XII asrlarga oid Xitoydagi Vanlar saroyi va ink qohinlarining arxivi, Nineviya saroy kutubxonasi va boshqa shu kabi osori-atiqalarda muzeylarning dastlabki ko‘rinishlari aks etadi. Qadim zamonlardan ibodatxonalarda to‘planib borgan noyob buyumlar keyinroq, xususan,miloddan avvalgi III asrlarga kelib, shaxsiy toʻplamlarda jamlanib bordi. Varres, Sulla galereyalari, Serviliy, Krase, Lukull, Pompei, Sezar va boshqa toʻplamlar so‘zimizga misol bo‘lib xizmat qiladi.Ma’lum bo‘lgan eng qadimgi muzeylardan biri Neo-Bobil imperiyasida (Iroqda) malika Ennigaldi tomonidan qurilgan Ennigaldi-Nanna muzeyidir. Miloddan avvalgi 530-yil va undan oldingi Mesopotamiya sivilizatsiyalariga oid artefaktlarni o‘z ichiga olgan. Shunisi e’tiborga loyiqki, ushbu joydan uchta tilda yozilgan loydan yasalgan baraban yorlig‘i topilgan bo‘lib, unda muzey buyumining tarixi va topilishi haqida ma’lumot berilgan [2]. Qadimgi yunonlar va rimliklar ham san’at va buyumlarni to‘plashdi va namoyish qilishdi. Klassik davrda muzeylar ibodatxonalar va ularning uchastkalari bo‘lib, ularda nazr qurbonliklari to‘plamlari joylashgan edi. Bog‘larda, forumlarda, teatrlarda, hammomlarda rasmlar va haykallar namoyish etildi[3]. Qadimgi oʻtmishda kutubxonalar va muzeylar oʻrtasida deyarli farq yoʻq edi, ularning ikkalasi ham binoni egallagan va ular koʻpincha maʼbad yoki qirollik saroyi bilan bogʻlangan. Butun dunyoda birinchi Museyon ya’ni ma’bud -yoki muzalar, ilhom parilarining uyi miloddan avvalgi 290-yilda paydo bo‘lgan deb hisoblanadi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 104 Часть–6_ ию
Доказательный фрагмент
«As a cultural and educational institution, museums are one of the main means of meeting the public's social needs and bringing them to spiritual maturity.»
Образец извлечения
Демо-превьюAs a cultural and educational institution, museums are one of the main means of meeting the public's social needs and bringing them to spiritual maturity. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- living fairy tales, museum, house of muses, Ptolemy I, "fine, muzalar uyi, jonli ertaklar, Britaniya muzeyi, Iskandariya kutubxonasi, Ptolomey I, Xalqaro muzeylar kengashi, “nozik didlilar”, museyon, muzey, Xalqaro muzey kuni.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025