Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
COVID-19 INFEKSIYASINING UMUMIY TAHLILI VA USHBU INFEKSIYA ANIQLANGAN BEMORLARDA QANDLI DIABET UCHRASH HOLATLARI.
Teshaboyev Umidjon Abdukarimovich · Tursunaliyev Ziloliddin Zaylobidin o'g'li
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
This article analyzes the prevalence of diabetes mellitus in patients diagnosed with COVID-19, the characteristics of disease progression, applied treatment methods, laboratory test results, and key findings. It also examines the contributing factors to the development of diabetes and highlights its significance in the context of public health and the healthcare system, based on scientific sources. The importance of preventive measures and maintaining a healthy lifestyle is scientifically substantiated. Keywords: COVID-19, diabetes mellitus, etiology, pathogenesis, complications, prevention, healthy lifestyle, insulin, glucose, clinical cases. Dolzarbligi. O‘zbekistonda ham bu kasallik bilan og‘rigan bemorlar yil sayin ortib bormoqda. Katta yoshli aholining 5 foizga yaqini diabet kasalligi bilan kurashadi. 2011 yilda bemorlar soni 122460 dan ortib ketdi. Bulardan 15,8 foizi qandli diabet kasalligini 1-turiga, 84,2 foizi esa, kasallikning 2-turiga chalingan. Ularning 16 foizi muntazam ravishda insulin qabul qiladi. Boshqalari esa parhez saqlashadi. Jismoniy faollik va qand miqdorini kamaytiruvchi dorilar ichadilar. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarning deyarli yarmini ayollar tashkil qiladi. JSST ma’lumotiga ko‘ra, tug‘ruq yoshidagi 0,35 foiz ayol qandli diabet bilan xastalangan. Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda ushbu kasallik bilan 230610 kishi ro‘yxatga olingan. 2015 yilda bu ko‘rsatkich 170536 kishini tashkil qilgan edi. Mamlakatda o‘limga olib kelivchu kasalliklar orasida yurak qon-tomir va onkologik kasalliklardan keyin aynan qandli diabet va uning asoratlari uchinchi o‘rinda turibdi. Tekshiruvning maqsadi: Covid-19 infeksiyasi aniqlangan bemorlarda qandli diabet kasalligini kechishini o‘rganish va umumiy tahlil qilish. Material va metodlar: Tadqiqot Farg‘ona shaxar 2 - sonli shifoxonasida 2020 yil aprel - dekabr oylarida Covid-19 infeksiyasi aniqlanib murojat qilgan va davolanishga olib kelingan 1109 nafar bemorlar kasallik varaqalaridan olingan https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 136 Часть–6_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 ma’lumotlar asosida qandli diabet bilan kasallanganlar bemorlar kasallik varaqalari ajratib olinib tahlil olib borildi. Kirish. Bilamizki surunkali stress qandli diabed, psixosomatik kasalliklarning rivojlanishiga olib keluvchi asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Bu borada biz koronavirus pandemiyasi paytida aholi orasida xavotirning kuchayishi bir qator psixosomatik buzulishlar yuzaga kelishiga zamin yaratadi desak adashmagan bo’lamiz. 2020 yilgi koronavirus pandemiyasi diabet kasalligining qanchalik xavfli ekanini yana bir bor isbotladi. COVID-19 diabetga chalingan odamlarda og‘ir kechishi va o‘lim xavfini olti baravargacha oshirishi mumkin. Buning o‘ziga xos bir qancha sabablari bor. Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar turli infeksiyalarga moyil bo‘ladi. Chunki mikroblar tanadagi shakardan ozuqa sifatida foydalanadi. Xo‘sh qandli diabed qanday kasallik o‘zi shu haqida to‘xtalib o‘tamiz: Qandli diabet (lot. diabetes mellitus, «saxar kasalligi») - glyukozaning o‘zlashtirilishi buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan va insulin gormonining nisbiy yoki mutlaq yetishmovchilgi yuzaga keladigan endokrin kasalliklar guruhi. Buning oqibatida giperglikemiya - qonda qand miqdorining turg‘un oshishi kuzatiladi. Kasallik surunkali kechishi, shuningdek uglevod, yog‘, oqsil, mineral va suv-tuz metabolizmi buzilishi bilan xarakterlanadi. Qonda glyukoza miqdorining me’yordan oshib ketishi qandli diabetning birinchi alomati hisoblanadi. Inson organizmida insulin ishlab chiqarilishi uchun me’da osti bezi hujayralari (beta-hujayralar) javobgar. U gormon hujayralarga glyukozani o‘zlashtirishga yordam beradi. Qandli diabetda insulin kam miqdorda ishlab chiqariladi, qonda glyukoza miqdori oshadi. Biroq, glyukoza insulinsiz o‘lzashtirila olmasligi sababli hujayralarda glyukoza yetishmovchiligi kuzatiladi. Bu metabolik kasallik irsiy yoki orttirilgan bo‘lishi mumkin. Insulin yetishmasligida terida yiringli va boshqa kasalliklar paydo bo‘lishi, tishlar, buyrak, asab tizimi shikastlanishi, ateroskleroz, stenokardiya, gipertoniya rivojlanishi, ko‘rishning buzilishi kabi ikkilamchi patologiyalar kuzatiladi. https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 137 Часть–6_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Kasallikning asosiy sabablari: 1.Irsiyat. Albatta, kasallik ta’sir etuvchi omillar bo‘lmaganda rivojlanmaydi, lekin moyillik yuqori bo‘ladi. 2.Semizlik. Ortiqcha vazn ikkinchi turdagi diabet shakillanishiga olib keladi. 3.Kasalliklar. Insulin ishlab chiqarish uchun javobgar β-hujayralari shikastlanishiga olib keluvchi kasalliklar. Ularga pankreatit, me’da osti bezi saratoni, boshqa endokrin bezlar kasalliklari kiradi. 4.Virusli infeksiyalar - qizamiq, suvchechak, yuqumli gepatit va boshqa kasalliklar. Ushbu infektsiyalar diabet rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Ayniqsa, xavf guruhida bo‘lgan ins
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the prevalence of diabetes mellitus in patients diagnosed with COVID-19, the characteristics of disease progression, applied treatment methods, laboratory test results, and key findings.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the prevalence of diabetes mellitus in patients diagnosed with COVID-19, the characteristics of disease progression, applied treatment methods, laboratory test results, and key findings. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- COVID-19, diabetes mellitus, etiology, pathogenesis, complications, profilaktika, asoratlar, klinik holatlar., patogenez, qandli diabet, glukoza, insulin, sog‘lom turmush tarzi, etiologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025