К содержанию
РецензированоRU2025

GIPERTENZIYA KASALLIGINING COVID-19 INFEKSIYASIGA CHALINGAN BEMORLARDAGI KECHISHI: ILMIY VA STATISTIK TAHLILI.

Teshaboyev Umidjon Abdukarimovich · Isroilov Farhodjon Ilhomjon o’g’li

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

В данной статье проанализированы клиническое течение, риск осложнений и показатели смертности от инфекции COVID-19 у пациентов с артериальной гипертензией (повышенным артериальным давлением). На основе эпидемиологических и клинических исследований, проведённых в различных странах, изучено влияние гипертензии на риски для здоровья, связанные с COVID-19. Ключевые слова: гипертензия, COVID-19, клиническое течение, осложнения, смертность, сопутствующие заболевания Annotation: This article analyzes the clinical course, risk of complications, and mortality rates of COVID-19 infection in patients suffering from hypertension (high blood pressure). Based on epidemiological and clinical studies conducted in various countries, the impact of hypertension on health risks associated with COVID-19 has been explored. Keywords: hypertension, COVID-19, clinical course, complications, mortality, comorbidity https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 241 Часть–6_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 Dolzarbligi: Gipertenziya kasalligi butun dunyo bo‘ylab sog‘liqni saqlash tizimi uchun eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har uchinchi katta yoshli insonda arterial gipertenziya mavjud. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda bu kasallikning aniqlanishi, nazorat ostiga olinishi va davolanishi past darajada bo‘lib, ko‘plab asoratlar bilan kechadi. COVID-19 pandemiyasi esa ushbu global muammoni yanada chuqurlashtirdi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar, xususan, gipertenziyasi bor shaxslar, COVID-19 infeksiyasiga chalinganida kasallikning og‘ir kechishi, intensiv terapiyaga yotqizilish va o‘lim xavfi yuqori bo‘ladi. Ayniqsa, pandemiyaning ilk bosqichida ushbu bemorlar orasida o‘lim darajasi sezilarli darajada yuqori bo‘ldi. Shu sababli, gipertenziya va COVID-19 o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganish, kasallikning patofiziologiyasini chuqur tahlil qilish va davolash protokollarini yangilash zamonaviy tibbiyotning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunday tadqiqotlar nafaqat klinik qarorlar qabul qilishda, balki sog‘liqni saqlash siyosatini shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Yana bir dolzarb jihat - pandemiyadan keyingi davrda “long COVID” sindromi fonida gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda yurak-qon tomir tizimi faoliyatining yanada yomonlashuvi kuzatilmoqda. Bu esa kasallikning uzoq muddatli monitoringi va reabilitatsiyasini tashkil qilish zaruratini tug‘diradi. Demak, gipertenziya va COVID-19 infeksiyasi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni chuqur o‘rganish, bu kasalliklarning kompleks kechishini tushunish va individual yondashuv asosida profilaktik, diagnostik hamda davolash choralari ishlab chiqish - zamonaviy tibbiyotning dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Tekshiruvning maqsadi: Covid-19 infeksiyasi aniqlangan bemorlarda gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda kechishini o‘rganish va umumiy tahlil qilish. Material va metodlar: Tadqiqot Farg‘ona shaxar 2 - sonli shifoxonasida 2020 yil aprel - dekabr oylarida Covid-19 infeksiyasi aniqlanib murojat qilgan va davolanishga https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 242 Часть–6_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 olib kelingan 1109 nafar bemorlar kasallik varaqalaridan olingan ma’lumotlar asosida Gipertenziya bilan og‘rigan bemorlar kasallik varaqalari ajratib olinib tahlil olib borildi. Kirish. COVID-19 pandemiyasi global sog‘liqni saqlash tizimlariga jiddiy bosim o‘tkazdi. Surunkali kasalliklarga, xususan gipertenziyaga chalingan shaxslar bu pandemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan guruhlardan biridir. Gipertenziya yurak-qon tomir tizimi uchun asosiy xavf omili bo‘lib, bu kasallik COVID-19 infeksiyasining og‘ir kechishiga olib keluvchi omillardan biri hisoblanadi. Gipertenziya va COVID-19: Patofiziologik asoslar. COVID-19 virusi (SARS- CoV-2) inson organizmiga ACE2 (angiotenzin konvertaza fermenti 2) retseptorlari orqali kiradi. Bu retseptorlar yurak, buyrak, o‘pka va qon tomir endoteliyida keng tarqalgan. Gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda RAAS (renin-angiotenzin- aldosteron tizimi) tizimining disbalansi mavjud bo‘lib, bu ACE2 ni pasaytiradi va virusning ta’sirini kuchaytiradi (Hoffmann et al., 2020; Zhou et al., 2020). RAAS tizimidagi disfunksiya gipertenziya bo‘lgan bemorlarda: Endotelial disfunktsiyani kuchaytiradi, Sitokin bo‘roni (inflammatsion reaksiyani) yuzaga keltiradi, Koagulatsion buzilishlarga olib keladi, Yurak va o‘pka shikastlanishini tezlashtiradi. Xalqaro tatqiqotlar: 1. Filippindagi CORONA Tadqiqoti (2023). Filippinning 37 ta shifoxonasida o‘tkazilgan retrospektiv kohort tadqiqotida 10,881 COVID-19 bemorining 33,5%ida gipertenziya mavjudligi aniqlangan. Gipertenziya bilan og‘rigan bemorlarda in- hospital o‘lim xavfi 1,33 barobar, nafas yetishmovchiligi xavfi 1,99 barobar, intensiv terapiya bo‘limiga yotqizish ehtimoli 2,16 barobar va og‘ir/og‘ir shaklda kasallanish

Доказательный фрагмент

«В данной статье проанализированы клиническое течение, риск осложнений и показатели смертности от инфекции COVID-19 у пациентов с артериальной гипертензией (повышенным артериальным давлением).»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье проанализированы клиническое течение, риск осложнений и показатели смертности от инфекции COVID-19 у пациентов с артериальной гипертензией (повышенным артериальным давлением). Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
hypertension, COVID-19, clinical course, complications, mortality, klinik kechish, gipertenziya, o‘lim holatlari, asoratlar, hamroh kasalliklar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники