К содержанию
РецензированоUZ2025

POLITEXNIKUMDA YO‘L HARAKATI QOIDALARI FANINI O‘QITISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Umarov Sirojiddin Qudratovich · Mamajonov Zafarjon Matusmonovich

Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025

Аннотация

Maqolada politexnikumda yo‘l harakati qoidalari fanini o‘qitishdagi asosiy muammolar va ularning yechimlari haqida so‘z yuritiladi. Pedagogik metodlar, texnik vositalar va o‘quvchilar ongida xavfsizlik madaniyatini shakllantirish usullari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Yo‘l harakati qoidalari, politexnikum, ta’lim sifati, xavfsizlik, metodika, fanlararo integratsiya. Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi Qonunining, harakat xavfsizligiga Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hozirgi davrning eng asosiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolaridan biridir. Avtomobillashtirish ko‘rsatkichlari ortib borayotgan hozirgi davrda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga «Haydochi-avtomobil-yo‘l-piyoda- muhit» tizimidagi barcha bo‘laklarnnng ishonchliligini oshirish bilangina erishish mumkin. By o‘rinda inson omillari muhim axamiyatga ega, chunki, ko‘pgina yo‘l- transport xodisalari piyodannng yoki haydovchining yo‘l qo‘ygan xatolari natijasida sodir etilmoqda. Yuqorida kelgirilgan bakalavriatura yo‘nalishlari talabalari yo‘l harakati qoidalarini, O‘zbekiston Respublikasining Yo‘l harakat xavfsizligi to’g‘isidagi Qonunining, harakat xavfsizligiga tegishli meyoriy hujjatlarini bilishlari https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 297 Часть–6_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 na ularning talablariga rioya qilishlari kerak Yo‘l harakati qoidalari — bu har bir fuqaro uchun hayotiy zaruratdir. Ayniqsa, yoshlar orasida ushbu qoidalarga bo‘lgan hurmatni shakllantirish orqali ularning hayotini xavfsiz qilish mumkin. Politexnikumlarda bu borada olib borilayotgan ishlar, tarbiyaviy darslar, videoroliklar namoyishi orqali sezilarli ijobiy natijalar kuzatilmoqda. Yo‘l qoidalariga amal qilish inson umrini saqlash, avariyalar va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga yordam beradi. Shu sababli bu qoidalarni o‘rgatish nafaqat nazariy, balki amaliy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Pedagoglar yoshlarni yo‘l xavfsizligi madaniyatiga o‘rgatishda doimiy ravishda interaktiv metodlardan foydalanishlari kerak. Bu yoshlarni hayotda mas’uliyatli bo‘lishga o‘rgatadi va ularni real vaziyatlarga tayyorlaydi. Zamonaviy sharoitda transport vositalari ko‘paygani sari yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Politexnikumlarda bu fan amaliyot bilan uyg‘un holda o‘rgatilmasa, ta’lim samarasi past bo‘ladi. Shuning uchun zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv metodlar va simulyatsion dasturlar asosida darslar tashkil etilishi lozim. “Yo‘l harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslari” (YHQ va XHA) fanini o’qitishdan asosiy maqsad talabalarga yo‘l harakatim ishtirokchisi sifatida YHQ ni o‘rgatish, yo‘llarda xavfsiz xarakatlanish asoslari va avtomobilni xavfsiz boshqarishni ta’minlash buyicha bilimlar berishdan iborat. YHQ va XNA fanini o‘qitishning vazifalari kuyidagilardan iborat: O‘zbekistan Respublikasn yul harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi Qonunini, yo‘l harakatining asosiytavsiflarini o‘rgatish, YTH va piyodalar ishtirokidagi YTHni, ularning kelib chiqish 3 sabablarini o‘rgatish, piodalarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash , yo‘l harakati qoidalarini turli yo’l sharoitlarida qo‘llashni bilishni va avtomobilni xavfsiz boshqarishni o‘rgatish. Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatishda nafaqat nazariy bilimlar balki amaliy ko‘nikmalar ham muhimdir. Fanni o‘qitishda an’anaviy usullar bilan bir vaqtda yangi texnologiyalardan foydalanish samarali bo‘ladi. Bu ishda talabaning mustaqil ishini https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 298 Часть–6_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 to‘g‘ri tashkillashtirishga intilish lozim; o‘qitishning elektron vositalari, internet orkali olinadigan ma’lumotlar, elektron darsliklar; interaktiv usuldan foydalanish; ekspress so‘rovlar; texnik vositalarni qo‘llash va boshqa usullardan foydalanish orqali amalga oshiriladi. O‘quvchilar yo‘l harakati xavfsizligi madaniyatini shakllantirishi uchun videoroliklar, viktorinalar, o‘yinlar va guruhli muhokamalar samarali vositalar hisoblanadi. Shuningdek, fanlararo integratsiyani kuchaytirish – masalan, fizika va informatika bilan bog‘liq mavzularni yo‘l harakati qoidalari darslariga kiritish, o‘quvchilarning mavzuni yaxshiroq tushunishiga yordam beradi. Xulosa: Yo‘l harakati qoidalarini to‘g‘ri va samarali o‘qitish — bu nafaqat o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish, balki ularning hayotini asrash demakdir. Shu sababli pedagoglar o‘z ishlarida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llashlari zarur. Yo‘l qoidalariga rioya qilish — bu faqat qonuniy majburiyat emas, balki inson umrini asrash vositasidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari. 2. Mustafoyev A. "Yo‘l harakati madaniyati". – Toshkent, 2019. 3. www.yhx.uz – Yo‘l harakati xavfsizligi portali. Xulosa: Foydalanilgan adabiyotlar: 1. YHQ bo‘yicha metodik qo‘llanma. – Toshkent, 2020. 2. A.Xolmatov "Yo‘l qoidalarining hayotdagi ahamiyati".

Доказательный фрагмент

«Maqolada politexnikumda yo‘l harakati qoidalari fanini o‘qitishdagi asosiy muammolar va ularning yechimlari haqida so‘z yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada politexnikumda yo‘l harakati qoidalari fanini o‘qitishdagi asosiy muammolar va ularning yechimlari haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xavfsizlik, metodika, fanlararo integratsiya, ta’lim sifati, politexnikum, Yo‘l harakati qoidalari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники