Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAHMUD KOSHG‘ARIYNING «DEVONU LUG‘ATIT TURK» ASARI – NODIR TURKIY TOPONIMIK MANBA SIFATIDA
TOPONIMIK MANBA SIFATIDA · Majitov Farrux Xasan o‘g‘li · Tangirov Sherzod Abduraxmonovich
Образование наука и инновационные идеи в мире · 2025
Аннотация
В данной статье рассматривается значение труда Махмуда Кашгари «Девону лугатит турк», написанного в XI веке, как уникального источника по тюркской топонимике. На основе анализа около 200 топонимов, этнонимов и географических терминов, упомянутых в произведении, раскрываются сведения о территории расселения тюркских народов, их языковых особенностях и культурной среде того времени. Особое внимание уделено историко- топонимической ценности карты, прилагаемой к «Девону», а также фонетическому и семантическому анализу названий населённых пунктов. Статья подчёркивает актуальность и научную значимость наследия Махмуда Кашгари для современных исследований в области топонимики. Annotation https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 329 Часть–6_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 This article explores the significance of Mahmud al-Kashgari’s 11th-century work Dīwān Lughāt al-Turk as a unique and valuable source in the field of Turkic toponymy. Based on the analysis of nearly 200 toponyms, ethnonyms, and geographical terms mentioned in the work, the article provides insights into the settlement areas of Turkic peoples, their linguistic characteristics, and cultural environment of that time. Special attention is given to the historical and toponymic value of the map included in the Dīwān, as well as to the phonetic and semantic aspects of place names. The study highlights the continued relevance and scientific importance of Mahmud al-Kashgari’s legacy for modern toponymic research. Kalit so‘zlar: Mahmud Qoshg‘ariy, «Devonu lugatit turk», turk qabilalari, 200 ga yaqin toponimlar, xarita. Ключевые слова: Махмуд Кашгари, «Диван лугат ат-турк», тюркские племена, около 200 топонимических названий, карта. Keywords: Makhmud Qoshgariy, «Devonu lugatit turk», Turkic clans, about 200 toponymies, map. Toponimika – xalqning tarixiy, madaniy va lingvistik xotirasini saqlovchi muhim fan sohalaridan biridir. Har bir joy nomi o‘zida o‘tmish avlodlarning yashash tarzi, til xususiyatlari va madaniy tasavvurlarini mujassam etgan bo‘ladi. Ana shunday bebaho tarixiy-lingvistik manbalardan biri bu – XI asrda yashab ijod qilgan buyuk turkiy olim Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asaridir. Bu asar nafaqat tilshunoslik, balki tarix, etnologiya, geografiya va ayniqsa toponimika sohasida ham g‘oyat katta ahamiyatga ega. Mahmud Qoshg‘ariy «Devon» orqali o‘z davrida mavjud bo‘lgan turkiy qabilalar, ularning yashash joylari, madaniyati va tili haqida keng qamrovli ma’lumotlar beradi. Ayniqsa, unda tilga olingan 200 ga yaqin toponimlar bugungi toponimika fanining boy https://scientific-jl.org/obr Выпуск журнала №-71 330 Часть–6_ июня–2025 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ 2181- 3187 manbaiga aylangan. Asardagi xarita va geografik izohlar orqali XI asrda turkiy xalqlarning joylashuvi va o‘zaro aloqalari haqida tasavvur hosil qilish mumkin. Shunday qilib, «Devonu lug‘atit turk» faqatgina lug‘aviy emas, balki tarixiy-toponimik qo‘llanma sifatida ham o‘rganilishi lozim bo‘lgan noyob asardir. O‘zbek milliy madaniyatining tobora gurkirab o‘sishi milliy madaniyat tarixini yanada chuqurroq o‘rganish talabini qo‘yadi. Boy madaniy merosga ega bo‘lgan o‘zbek xalqining tarixida «Devonu lug‘atit turk» asari alohida ahamiyat kasb etadi. XI asrning mashhur olimi, tilshunos Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug‘atit turk» (Turkiy so‘zlar devoni) asari o‘z davridagi turkiy qabilalar lug‘atini izohlashga bag‘ishlangan. Turkiy Mahmud Koshg'ariyning bu nodir asari bebaho bir qomuski, undan har bir mutaxassis o‘ziga kerakli ma’lumot topa oladi. Mashhur rus sharqshunosi V.V.Bartold ta’kidlaganidek, «Mahmud Qoshg‘ariy hayot voqealarini, fakt va dalillarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, bilib yozgani uchun» bu asar hamon o‘zining ilmiy, tarixiy, ma’rifiy qimmatini saqlab kelmoqda1. «Devonu lug‘atit turk»ni ayni vaqtda qimmatli toponimik asar ham deyish mumkin. Chunki bundan uch yuz-to‘rt yuz yil oldin yozib olingan nomlar ham hozirgi talaffuzdan ko‘ra qadimgi toponimiyaning dastlabki shakliga ancha yaqin bo‘ladi. Shuni aytish kerakki, toponim qanchalik ilgari yozib olingan bo‘lsa, shunchalik qimmatli sanaladi. Ushbu asarning toponimika fani uchun ahamiyati shundan iboratki, 200 ga yaqin turkiy toponimlar, ko‘plab etnonimlar, ko‘plab geografik atamalar aytib o‘tiladi2. Unda yo‘l-yo‘lakay berilgan geografik ma’lumotlar ham diqqatga sazovor. Mahmud Qoshg‘ariy o‘z asarida shuncha keng va katta hududda o‘sha davrda bo‘lgan hamma shahar va qishloqlardan, dengiz va ko‘llardan, ularning tarixidan, geografiq mavqeidan, ularda yashovchi xalqlardan ma’lumot beradi. Bu jihatdan asarning qiymati benihoya ulug‘ va tensizdir3. Mahmud Koshg'ariyning «Devon»idagi xaritada tilga olingan nomlar to‘g'risida I.I.Umnyakov, S.Umurzoqov, H.Hasanov 1 Homidjon Homidiy. Ko’hna sharq darg’alari. Toshkent, Sharq, 2000 yil, 84 bet. 2 S.Qorayev. Toponimika. Toshkent. O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2006 yil, 47 bet 3 Mahmud Qoshqari
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассматривается значение труда Махмуда Кашгари «Девону лугатит турк», написанного в XI веке, как уникального источника по тюркской топонимике.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассматривается значение труда Махмуда Кашгари «Девону лугатит турк», написанного в XI веке, как уникального источника по тюркской топонимике. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Makhmud Qoshgariy, «Devonu lugatit turk», Turkic clans, about 200 toponymies, Mahmud Qoshg‘ariy, 200 ga yaqin toponimlar, xarita. Ключевые слова, turk qabilalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026